Jalilov. Qaydlar
4.07K subscribers
1.47K photos
17 videos
22 files
2.29K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
"Endi, Prezident maktablari agentligi qoshida “Olimpiadalarga tayyorlash markazi” ochilib, maxsus laboratoriyalar bilan jihozlanadi".

"Oddiy" maktablar va agentlik o'rtasidagi tengsizlikni kuchaytirishda davom ettiramiz.
😢10👍2
Bakiroo aytgan "sharmandali lotereya"ni toʻxtatishning boshqa, bundan ham zoʻr yoʻli bor.

Televizor sotuvchilar shunday sharmandali lotereya oʻtkazadimi? "Falon kuni Samsung (LG va hokazo va hokazo) televizoriga kontraktatsiya ochilarkan" desa yuz minglab odam "koʻzi toʻrt" boʻlib kutib oʻtiradimi? Pulini toʻlab, keyin puli toʻlangan mahsuloti qoʻliga tegishini poylab oʻtiradimi? Yoʻq. Istagan doʻkoniga boradi, pulini toʻlaydi, mahsulotni olib chiqib ketadi. Doʻkonga borishga erinsa - kerak boʻlsa, uyiga olib kelib oʻrnatib ketishadi.

Muzlatgich / kompyuter / telefon / ... sotib oladiganlar-chi? "Sharmandali lotereya"ni kutadimi? Yoʻq.

Endi menga tushuntiringlar-chi, iqtisodiyot nuqtai nazaridan, avtomobil va televizor, muzlatgich, kompyuter, boring-ki, non yoki kolbasa oʻrtasida qanday farq bor? Mening tushunishimcha, hech qanday - unisi ham, bunisi ham sotiladigan va sotib olinadigan iqtisodiy tovar. Shunday ekan, nega avtomobil sotib olish qandaydir sharmandali lotereyalar-u oldindan toʻlov qobiliyatini isbotlash bilan bogʻliq boʻlishi kerak?

Bu sharmandali lotereyani toʻxtatishning yagona yoʻli - bozorni ochish. Rosmana ochish. Yopiq bozor ichida monopolistlarga goʻyoki raqobatchilar (aslida - kartelchilar) paydo boʻlayotganday illyuzilya hosil qilish emas. Bu, kerak boʻlsa, bitta imzo bilan hal boʻladigan masala. Faqat xohish va iroda boʻlsa boʻldi. Monopolistdan oʻz monopoliyasini yoʻqotish xohishini kutish esa mantiqsizlikdir.
👍17🔥6
Back to the USSR?

"Все новое - это хорошо забытое старое".

"Har qanday yangilik - unutilgan eskilikdir".
🤯26😢6👎4👍1
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar (masalan, 1, 2 ,3) rasmiy tasdigʻini topdi: maktabgacha taʼlim agentligi tugatildi. Bir oz oldin Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bevosita Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boʻysunuviga oʻtkazilgan edi.

Xullas, "maʼmuriy islohotlar" davom etmoqda. Oʻzi aslida oldin maktabgacha taʼlim tizimi uchun ham Xalq taʼlimi vazirligi javob berardi. Keyin alohida vazirlik qilindi, keyin agentlik sifatida yangi vazirlik tarkibiga kirdi. Bunday "islohotlar"dan qanday maqsad koʻzlangan, bilmadim, lekin vazir Hilola Umarova tizimdagi tashkilotlarni shaxmat donalariday u yoqdan bu yoqqa surish va nomini oʻzgartirishdan koʻra taʼlim mazmuni va sifati bilan shugʻullansa foydaliroq boʻlardi, degan fikr bor. Masalan, haligacha umumiy oʻrta taʼlimning yagona dasturi yoʻq va turli sinflar turli yillarda yaratilgan, bir-biriga mos tushmaydigan dasturlar bilan tahsil olmoqda. Kelayotgan oʻquv yilida 5-6 sinflar uchun Singapurning matematika va tabiiy fanlar darsliklari joriy qilinishi bu muammoni yanada kuchaytiradi.
👍9
Kanal kuzatuvchilaridan kelgan xabar:

Assalomu alaykum, bugun ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlarida 1- smenaga kirgan o'quvchilarning savollari tarqalib ketib, keyingi smenadagilar ularni ustozi bilan ishlab, javoblarini yodlab kirishdi. Agentlik tizimida shunaqa xatolar gapirilsa ham har yili bo'laveradimi? Qani bu yerda jajji bolajonlarimiz uchun adolat? Yana eng qiziq tomoni 2- smenada kirgan o'quvchilar o'sha yod olgan savollar va ularning javoblari o'zlariga qaytib tushganini aytmoqda. Smena qilar ekan shuni ehtiyotini qilib bir xil kuchdagi har xil savollar tuzmaydimi? Birinchi smenaga kirgan boladan ko'ra keyingi smenada kirgan bolaning kirish ehtimoli yuqori bo'ladiku bunaqada!

Xabar muallifi bilan bog'langanimda farzandi Qarshida imtihon topshirganini aytdi, lekin bunday holat (1-smena test topshiriqlarining 2-smenada aynan takrorlangani) nafaqat Qarshida, balki butun respublikada kuzatilganini iddao qildi.

Test topshiriqlarining test topshiruvchilarining ma'lum bir guruhiga oldindan ma'lum bo'lishi testning validligini yo'qqa chiqaradi. Agar shunday holat haqiqatda kuzatilgan bo'lsa, bu test natijalari asosida qaror qabul qilish aslo mumkin emas.

Qizig'i, o'tgan yili Prezident maktablariga kirish imtihonida shunga o'xshash holat kuzatilgan edi. Nahotki xatolardan tegishli xulosalar chiqarilmagan bo'lsa?
👍15🤯1
Tizimsizlik - bizning shiorimizdir?

Qandaydir bahsli talablar joriy etib, "doʻppi tor kelganda" ularni bekor qilish emas, talablarni joriy qilishdan oldin ularning ehtimoliy taʼsirlarini tahlil qilish lozim. Shunda har xil qarorlar qabul qilib, keyin ularni bekor qilib, keyin yana qabul qilib bekor qilish va kulgiga qolishga hojat qolmaydi.
👍6😱2
Darvoqe.

Mana bu xabarga koʻra, 2024-yil 6-iyul kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova va vazir oʻrinbosarlari bir qancha jurnalist va blogerlar bilan muloqot qilishgan ekan. Qiziq, qaysi nashlardan jurnalistlar va qaysi blogerlar bo'lgan, qanday masalalarni ko'tarishgan? Bunday muloqot bo'lishi haqida oldindan xabar berilganmi, muloqot istalgan jurnalist / bloger uchun ochiq bo'lganmi? Yoki "noqulay" savollar bermaydiganlarni yig'ish ma'qulroq ko'rilganmi?

Masalan, mening ta'lim sohasi mutaxassisi sifatida ham, ta'lim masalalarini tahlil qiladigan kolumnist / bloger sifatida ham, farzandlari davlat maktabiga va davlat bog'chasiga boradigan ota sifatida ham vazirga savollarim bor edi ...
👍7
Negadir, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi oxirgi oʻzgarishlar eʼlon qilinganda maqsad oʻzi shu boʻlsa kerak, degan fikr oʻtgan edi xayolimdan.
"Maʼrifat" gazetasining ertaga chiqadigan soni muvoqasida men yaqinda koʻtargan masala - ixtisoslashtirilgan maktablar kirish imtihonida 1-smena test topshiriqlari 2-smenada ham takrorlangani ham koʻtarilibdi. Agentlik vakillari kanaldagi post tagida bunday holat boʻlmaganligi haqida izoh yozish bilan cheklanishdi, lekin rasmiy izoh ham berishmadi, test topshiriqlari qaytarilmaganligiga ishonch hosil qilish imkonini beradigan tahlillar (yoki boshqa dalillar) ham taqdim qilishmadi.
🔥5👍2
Sohada ham "oʻyinchi", ham regulyator va ham litsenziya beruvchi vakolatlarini bitta qoʻlga berish oqibati: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilganini maʼlum qildi va buni "O‘zbekistonda xususiy oliygohlar yetarlicha" ekani bilan izohladi.

Aslida, vazir u boshqarayotgan vazirlik qonunga "tupurib qoʻygani"ni tan oldi. "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi qonunda vakolatli organ "litsenziyaga ega tashkilotlar yetarlicha" degan asos bilan litsenziya berishni toʻxtatib qoʻyishi mumkin emas. Vakolatli organ litsenziyaga talabgor yuridik shaxsning hujjatlarini qabul qilishga majbur va qonunning 29-moddasida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgandagina litsenziya berishni rad qilishi mumkin.
👍3😱3🔥1
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufida OTMlar boʻlishi va vazirlik nodavlat OTMlariga litsenziya berish vakolatiga ega boʻlishi sogʻlom mantiqqa ham, qonunga ham zidligi haqida oldin yozgan edim. Natijani koʻrib turibmiz: vazirlik qonunga xilof ravishda litsenziya berishni toʻxtatganini, yaʼni sohaga raqobatchilar kirib kelishiga sunʼiy toʻsiq qoʻyganini tan olmoqda.
🔥13👍3
Bu deputatlar oʻzlari oʻtgan yili ikki qoʻllab - ikki oyoqlab yoqlagan va "meniki, seniki, hammamizniki" deb eʼlon qilishgan hujjatni varaqlab koʻrishganmi?

"Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.
O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi". Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 25-modda.
🤯12👏1
Bakiroo 9-sinfdan keyin oʻquvchilarni ilm yoki kasbga qarab yoʻnaltirish zarurati haqida yozmoqda.

Bakiroo postidagi koʻp fikrlarga qoʻshilgan holda, ayrim fikrlar bahstalab ekanligini ham aytib oʻtmoq lozim. Tashqi mehnat migratsiyasini sivilizatsiyalashgan, inson, shu jumladan, mehnat migranti huquqlari hurmat qilinadigan bozorlar tomon yoʻnaltirish, albatta, zarur. Yoshlarimiz xorijga kasb bilan birga til va boradigan davlati qonun-qoidalarini bilib borishlari, oʻz huquqlarini himoya qila olishlari ham muhim.

Kasb yoʻnalishini tanlagan yoshlar uchun majburiy maktabni bitirish davrini qisqartirish - bahsli masala. Maktab berishi zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar yigʻindisi bor. Shundan kelib chiqib majburiy taʼlim davri belgilanadi. Koʻp davlatlarda bu - 12 yil va undan kamroq muddatda maktabni bitirganlar taʼlimning keyingi bosqichiga oʻtishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Masalan, ayrim davlatlarda ular oliy taʼlimga toʻgʻridan toʻgʻri qabul qilinmaydi (qoʻshimcha tayyorlov kurslarida oʻqish kerak boʻladi). Shunday ekan, kasb oʻrganaman, degan oʻquvchiga apil-tapil maktab attestatini berish keyinroq ular uchun muayyan eshiklarni yopib qoʻyishi mumkinligini oʻylab koʻrish kerak. Umuman, maktabning vazifasi - yoshlarni OTMga kirishga yoki kasb oʻrganib mehnat bozoriga kirishga tayyorgarlash emas, balki kengroq - yoshlarni hayotga, jamiyatning toʻlaqonli aʼzosi boʻlishga, hayoti davomida oʻrganish va rivojlanishga tayyorlashdir. Shu nuqtayi nazardan maktabga nisbatan qarashlarimiz oʻzgarmasa koʻp narsani toʻgʻrilashimiz qiyin boʻladi.

Yana bir narsa. Bakiroo aytgan 9-sinfdan keyin oʻquvchilarni ilm-fan yoki kasb-hunarga yoʻnaltirish tizimi bir necha yil oldin bor edi. Taʼlim sifati qanday edi - bu haqida obyektiv tadqiqotlarni men koʻrmaganman, lekin tizim va infratuzilma bor edi va bu infratuzilmadan samarali foydalanish mumkin edi. Lekin "ikkinchi maʼmuriyat"ning qilgan birinchi ishlaridan biri - "burgaga achchiq qilib koʻrpani kuydirish", yaʼni ayrim kollejlardagi jinoyatchilikni bahona qilib 12 yillik tizimni demontaj qilish va 11 yillik tizimni qaytarish boʻldi. Bu oʻquvchilarni "oʻzlari oʻrgangan muhitdan ajratmaslik" zarurati bilan izohlandi. Lekin, birinchidan, oʻquvchilar majburiy taʼlimning turli bosqichlarini turli maktablarda olishi (yaʼni muhitni almashtirishi) normal holat. Xususan, ikki yilcha oldin jar solingan Finlyandiya tizimida ham. Ikkinchidan, turli muhitlarga, jamoalarga moslasha olish ham muhim hayotiy koʻnikmadir va unga maktabdan oʻrgatish muhim. Lekin oʻsha paytda eng yuqori minbardan yangragan taklifni, tabiiyki, hech kim qabul qilishdan oldin baland-pastini tahlil qilib koʻrish kerakligini aytmadi. "Ura ura" bilan qabul qilindi.

Shu jihatdan, mening ham orzuim borki, davlat va jamoat ahamiyatiga molik muhim qarorlarni faqat bitta odam qabul qilmasa. Har qanday sohaga oid qarorlar mutaxassislarning asoslangan tahlillari asosida va kerak boʻlsa, jamoatchilik fikrini ham inobatga olgan holda qabul qilinsa. Bitta odam (kim boʻlishidan qatʼiy nazar) har qanday sohaning taqdirini hal qilishni zimmasiga olishi ... nazarimda, taraqqiyotning xatarli yoʻli. Tarixda bunga misollar yetarli.
👍22🔥5😱1
"Yoki yana eski davrga qaytyapmizmi?"

"Eski davr"dan hech qayerga chiqib ketganimiz yoʻq edi. Davlat test markazining nomi oʻzgargani bilan, test topshiriqlari tuzishga yondashuvi oʻzgargani yoʻq edi. Va DTM tashkil topganidan beri oʻzgarmagan bu yondashuv - PISAdagi ayanchli natijalarimiz sabablaridan biri ekanligi haqida yozgan edim. "Bukrini goʻr tuzatadi" - DTMning yondashuvi hech qachon oʻzgarmaydi. Nomi oʻzgarsa ham.
🤬15👍1