Jalilov. Qaydlar
4.14K subscribers
1.48K photos
17 videos
23 files
2.31K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
"Odamlar qultabiat fikrlashdan voz kechmas ekanlar, hech nima o‘zgarmaydi. Baribir bu diktatura adabiy davom etmasligini bilamiz. Tarix shuni ko‘rsatadiki, hammasi bir kunda, juda tez o‘zgarishi mumkin".

Impercha fikrlash va dekolonizatsiya haqida BBC Oʻzbek xizmati maqolasi. Bizda, afsuski, SSSR parchalaganiga 30 yildan oshsa hamki, dekolonizatsiya va dekommunizatsiya haqida haligacha jiddiy oʻylab koʻrilgani yoʻq.
👍6
"Yangi avlod" boshlangʻich sinf darsliklari mualliflari negadir vebinarda qatnashishmadi va savollarga javob olishning imkoni boʻlmadi. Darsliklar boʻyicha savollar nafaqat menda, balki boshqa ishtirokchilarda ham yigʻilib qolgan edi.
🔥3
Darvoqe. Yana bir qiziq narsa. Vebinarda rasmiylar tomonidan 1-11 sinf matematika va tabiiy fanlar darsliklari kelayotgan o'quv yilidan almashishi, Singapur darsliklari joriy qilinishi aytildi.

Lekin ... O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi e'lon qilgan 2024-2026 yillar byudjetnomasiga ko'ra, 2023-yilda "umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini Finlyandiya tajribasi asosidagi yangi avlod darsliklari bilan ta’minlash"ga 1,376 trln so'm (920 mlrd + 456 mlrd so'm) sarflangan, 2024-yilda esa "umumta’lim maktablari o‘quvchilarini Finlyandiya tajribasi asosida yaratilgan yangi avlod darsliklari bilan ta’minlashni davom ettirish" uchun 1,5 trln so'm ajratilgan.

Qiziq. Singapur - bu Finlyandiya emas. 1-11 sinflar uchun Singapur darsliklari joriy qilinsa, "Finlyandiya tajribasi asosida yaratilgan yangi avlod darsliklari" uchun sarflangan 1,3 trln va ajratilgan 1,5 trln so'm nima bo'ladi? Havoga uchadimi?
👍5🔥2🤬1
Shunchaki ma'lumot o'rnida. Ozodlik radiosining Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy saytidan olingan infografikalarga tayanib iddao qilishicha, 2024-yil 11-mart holatiga byudjet taqchilligi (defitsiti) 19,8 trln so'mni (yanvar uchun - 5,7 trln so'm, fevral uchun - 7,2 trln so'm, 1-11 mart uchun - 6,8 trln so'm) tashkil qilgan.
😢6🔥3🤬3
Bakiroo ta'biri bilan aytganda, "Rejalashtirish gorizonti tushgacha va buyam aniqmas, kechga yana kayfiyatga qaraymiz" qoidalari bilan yashayotgan O‘zbekiston.

2021-yil: 2025-yilda barcha maktablar to‘liq milliy o‘quv dasturiga o‘tadi.

2022-yil: "Darsliklar sifati va o‘qitish metodikasi har xil. Ulardan O‘zbekiston uchun eng ma’quli, bu — Finlyandiyaniki, deb qaror qabul qildi mutaxassislar".

2024-yil: Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Singapurda Marshall Cavendish Education tashkiloti vakillari bilan uchrashishdi. Uchrashuvda ... dars jarayonlarida zamonaviy metodika va darsliklardan foydalanish ... bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

P.S. Byudjet taqchilligi? Nima u?
👍19
Shunday qilib, Oʻzbekiston kimlarningdir xalqaro sanksiyalarni aylanib oʻtishi uchun qulay bir makonga aylanib qoldimi? Oxirgi video surishtiruvlardan negadir shunday xulosa kelib chiqyapti.
👏10🤯2👎1
Qiziq. Taʼlim sifatidan norozi ota-onalarning Bolalar ombudsmaniga murojaat qilish hollari koʻpaymoqda. Bu safar Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 103-sonli maktab oʻquvchilarining ota-onalaridan jamoaviy ariza kelib tushgan.

Oʻtgan safar Xorazmdan murojaat kelib tushgan va murojaatchining daʼvolari asosli deb topilgan edi.
🔥7👏3👎1😱1🤬1
Qancha kamroq bilsang, shuncha yaxshiroq uxlaysan ...

Gazeta.uz ning yozishicha, budjet jarayonini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasining 29 va 97-moddalarida Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar Oliy Majlisi palatalariga yuborilishidan oldin ularning jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi amaliyotiga chek qo‘yilmoqda.

Shunchaki ma'lumot o'rnida. Meniki, seniki, hammamizniki bo'lgan asosiy hujjatda xalq hokimiyatning birdan-bir manbai sifatida e'tirof etilgan hamda davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi belgilab qo'yilgan. ... Lekin hadeb xalqqa hisobot beraverish, hamma narsani jamoatchilik muhokamasiga olib chiqaverishning nima keragi bor, to'g'rimi?
👎15🔥7
Filolog, ona tili va adabiyot oʻqituvchisi Zulfiya Rashidova ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun imtihon topshirish tajribasi bilan boʻlishmoqda va DTMga (Bilimlarni baholash agentligiga) bir qancha oʻrinli savollarni qoʻymoqda.
🔥8👍4
Zulfiya Rashidovaning Milliy sertifikat testlari boʻyicha savollariga, tushunishimcha, DTM (Bilimlarni baholash agentligi) boʻlim (boshqarma?) boshligʻi Zafar Olimbekovning javobi:

Саволларингизга жавоб олмокчи булсангиз, агентликка боринг

Hurmatli Zafar Olimbekov, sizning tashkilotingiz xizmatidan pul toʻlab foydalangan fuqaro shaxsiy yoki davlat siri yoki tijorat siriga oid savollar qoʻyayotgani yoʻq, agentlikka chaqirib alohida muhokama qiladigan. Baholash bilan shugʻullanadigan har qanday oʻzini hurmat qiladigan tashkilot ochiqlashi kerak boʻlgan maʼlumotlarni - testlarni validligiga oid maʼlumotlarni soʻrayapti. Bilasiz, oʻzi normal dunyoda test tashkilotlarining natijalari shunchaki ularga davlat rahbari yoki hukumat qarori bilan monopol vakolat berib qoʻyilgani uchun tan olinmaydi. Normal dunyoda test tashkilotlarining natijalari ular shu testlarining validligini ilmiy isbotlay olgani uchun tan olinadi. Va bilasiz, normal dunyoda oʻz bilim va koʻnikmalarini tasdiqlash ehtiyoji tugʻilgan fuqaroda tanlov imkoni bor. Lekin koʻp sohada boʻlganidek, bu sohada ham Oʻzbekistonliklarni "eshik qisgan" - tanlash imkoniyatidan mahrum. Qoʻlingizdan kelsa - koʻtarilgan oʻrinli savollarga rasmiy kanallar orqali tayinli javob bering, qoʻlingizdan kelmasa - "testlarning validligini isbotlash qoʻlimizdan kelmaydi" deb aytib qoʻya qoling.
👍30🔥11