"Doctor D" || rasmiy sahifa
1.46K subscribers
222 photos
109 videos
2 files
899 links
"DOCTOR D" gospitalining YAGONA RASMIY telegram kanali 🏨

Tibbiy xizmatlarning barcha turlari!

Ambulator-statsionar davolash, laboratoriya, funksional diagnostika, 24/7 tez yordam xizmati 🚑 - qisqa 1057 ☎️ raqami orqali
Download Telegram
"Kelib chiqish sababi noma'lum bo’lgan bepushtlik”

Allohim – o’zing qo’llagin! 🙏🏻

Menga Qoraqalpog'istonlik 4 yil davomida befarzand nikohda yashayotgan juftlik murojaat qildi.
Kasallik tarixi: Birinchi nikoh, qarindoshlar emas. Spermogramma ko'rsatkichlari yaxshi. Ayolda har oy ovulyatsiya jarayoni bo’ladi. Diagnostika maqsadida gisteroskopiya bilan laparoskopiya o'tkazilgan. Operatsiyadan so'ng unga "Kelib chiqishi noma'lum bo’lgan bepushtlik" tashxisi qo'yilgan.
Ha, ha, ana shunday tashxis mavjud. Barcha ko'rsatkichlar normada, ammo homiladorlik sodir bo'lmaydi. Bachadon naychalari - ochiq, ovulyatsiya har oyda, spermogramma yaxshi. Bunday holatlarda biz BIU (bachadon ichi urug'lantirish) amaliyotini tavsiya etamiz. Stimulyatsiya boshlandi. Ikkita follikul yetishdi. Ikkita follikul ovulyatsiyasi - va biz urug'lantirishni tugatdik.

BIU (bachadon ichi urug'lantirish) - kateter yordamida bachadon bo'shlig'iga tozalangan urug'ni kiritish. Butun dunyoda BIU samaradorligi 17-20% ni tashkil qiladi. Agar homiladorlik biror sababsiz yuzaga kelmayotgan bo’lsa, urug'lantirishdan boshlang. Ammo buning uchun urug’ ko'rsatkichlari va bachadon naychalari mukammal bo'lishi kerak!

Shunday qilib, 12 kundan so'ng biz telegramdan ijobiy testning fotosuratlarini va 9 oydan keyin ajoyib chaqaloqlarning fotosuratlarini oldik! Ikkinchi ovulyatsiya - egizaklar!

Agar homiladorlik sodir bo’lmayotgan bo’lsa, har doim biz bilan bog'lanishingiz, kelib uchrashishingiz mumkin!

Sababchi qildirganingga shukur!

«DOCTOR D» ko’p tarmoqli gospitali ginekolog-reproduktologi
Muzaffarova M.X.

*****

«Бесплодие неясного генеза» - не повод

Аллохим – узинг куллагин! 🙏🏻

Обратилась пара с Каракалпакстана которая была в браке 4 года.
История болезни: Брак первый, не родственный. Спермограмма - имела отличные показатели. Овуляция у супруги каждый месяц. Была проведена лапароскопия с гистероскопией с диагностической целью. После операции был выставлен диагноз «Бесплодие неясного генеза».
Да да, есть такой диагноз. Все показатели в норме, но беременность не наступает. Идеальные маточные трубы, овуляция – каждый месяц, спермограмма – в норме. В таких случаях мы рекомендуем сделать ВМИ (внутриматочную инсеминацию). Начали стимуляцию. Завершили цикл инсеминацией. Два фолликула выросли, овуляция двух фолликул – и мы завершили цикл инсеминации.

ВМИ (внутриматочная инсеминация) – это введение очищенной спермы в полость матки с помощью катетера. Результативность ВМИ во всём мире 17-20%. Если без причины не наступает беременность, начинайте с инсеминации. Но для этого должна быть хорошие показатели спермы и идеальный маточные трубы!

Так вот, через 12 дней мы получили по телеграмм фото положительных тестов и через 9 месяцев фото чудесных малышей! Две овуляция - и двойня!

Если у Вас не наступает беременность, то всегда можете обратиться к нам!

Бизни сабабчи килдирганинга шукур!

Врач гинеколог-репродуктолог многопрофильного госпиталя «DOCTOR D»
Музаффарова М.Х.

#ИсторияУспеха #Алхамдулиллах #ХудогаШукур #ДокторД #ДокторДЭКО #ЭКО #ВРТ #ГоспитальДокторД
📢 Barchani 2020 yil 28 noyabr Buxoro shahrida bo'lib o'tadigan master-klassga "CITCO CHEMICALS" LTD kompaniyasi taklif qiladi!

👨🏻Master-klass qatnashchisi: M.D., Ph.D., "Doctor D" gospitali asoschisi, shifokor androlog-seksopatolog-reproduktolog
IRGASHEV DILMURAD SAATOVICH

⚠️🔥 Master-klass soat 9:00 dan 12:00 gacha bo'lib o'tadi. Shoshiling! ️🔥⚠️

📍Manzil: Buxoro shahar, Buxoro viloyati ko'p tarmoqli shifoxonasi.

📲 qo'shimcha ma'lumotlar:
++998 90 9980262 Abduqaxxor
​Hayrli kun barcha obunachilarimizga! Sizlarni zeriktirib qo'ymadik degan umiddamiz! 😊

Ayni damda Irgashev Dilmurod Saatovichdan yangi videolavhani suratga olish jarayonidan fotolavha bilan Sizlar bilan bo'lishmoqchimiz.

#DoctorD #ДокторД #tezkunda #backstage #KadrOrtida

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

🔰 Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz

©️ Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️👨🏻‍⚕️
Hayrli tong barchaga! Kuningiz hayrli o'tsin! ☀️

Xozirgi paytda gospitalimizda bo'lib o'tayotgan konferenciyadan fotolavha 📸

#DoctorD #ДокторД #tezkunda #backstage #KadrOrtida

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

🔰 Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz

©️ Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️👨🏻‍⚕️
#bilasizmi

IKSI - bu intratsitoplazmatik spermatozoid in’eksiyasi. Jarayonning mohiyati tanlangan materialni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuxum sitoplazmasiga in’eksiya qilish orqali hayotga yaroqli embrionlarni olishdir, ular yordamida bepushtlikni yengib o‘tish mumkin.

#ДокторД #DoctorD
Глобозооспермия и история беременности

Обратилась пара, которая в браке 4 года. Беременность первая, которая завершилась неразвивающейся беременностью на 7-неделе. Помню слова супруга пациентки: «У нас все анамнезы шикарные! Но моя жена не беременеет. Моя спермограмма идеальная!».
Но! В этой «идеальной сперограмме» наша андрологическая лаборатория нашла серьёзную проблему: глобозооспермия! Глобозооспермия — это наличие в эякуляте патологических булавовидных, нездоровых сперматозоидов. В обычной нативной спермограмме обнаружить эту патологию невозможно и лечение данной патологии - только программа ИКСИ, то есть оплодотворение яйцеклетки здоровым сперматозоидом. Наши андрологи назначили супругу пациентке мощную антиоксидантную терапию на 3 месяца, далее начали программу ЭКО+ИКСИ и достали 28 ооцитов. До 5 суток остались всего лишь 2 эмбриона, почему так много потеряли: потому что эмбрионы перестали развиваться на 3ие сутки. И вина в этой ситуации мужской фактор. Мы подсадили 2х эмбрионов супруге и получили двойню!
Пока она донашивает беременность 18 недель, сообщим ин шаа Аллах о рождении детишек!

Врач репродуктолог многопрофильного госпиталя «DOCTOR D»
Музаффарова М.Х.

***

Globozoospermiya va homiladorlik tarixi

#Alhamdulillah #Allohga shukur

Bizga 4 yildan beri turmush qurgan juftlik murojaat qildi. Homiladorlik birinchisi bo'lib, 7-haftada rivojlanmagan homiladorlik bilan yakunlangan. Bemorning turmush o'rtog'ining so'zlari esimda: «Ikkovimiz anamnezimiz hammasi a’lo darajada. Ammo ayolim homilador bo'lmayapti. Mening spermogramma juda zo'r, mukammal!"
Ammo! Ushbu "mukammal spermogramma"da bizning andrologik laboratoriyamiz jiddiy muammo topdi: globozoospermiya! Globozoospermiya - bu eyakulyatda patologik, nosog'lom spermatozoidlarning mavjudligi. Ushbu patologiyani oddiy mahalliy spermogrammada aniqlash mumkin emas. Bu patologiyani davolash faqat IKSI amaliyoti orqali mumkin, ya'ni tuxumni sog'lom sperma bilan urug'lantirishdir. Androloglarimiz bemorning turmush o'rtog'i uchun 3 oy mobaynida kuchli antioksidant terapiyani buyurdilar, so'ngra ularga EKO+IKSI dasturini boshlashdik va natijada 28ta ootsit olishga musharraf bo’ldik. 5-kungacha faqat 2ta embrion qoldi, nima uchun juda ko'p yo'qotish sodir bo’ldi: chunki embrionlar rivojlanishini 3-kunga kelib to'xtatdi. Va ushbu vaziyatda ayb – erkaklar omilidir. Ayolga 2ta embrion ko'chirib o’tkazdik va egizak xomilaga erishdik!
Bemorimiz 18 haftalik homilasini yuragi ostida olib yurishni davom ettirar ekan, In Shaa Alloh chaqaloqlarning tug'ilishi xaqida xabar berish nasib etsin!!!

«DOCTOR D» ko’p tarmoqli gospitali reproduktologi
Muzaffarova M.X.

#ИсторияУспеха #Алхамдулиллах #ХудогаШукур #ДокторД #ДокторДЭКО #ЭКО #ВРТ #ГоспитальДокторД

#DOCTORD #ДОКТОРД

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

🔰 Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord


🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz


©️ Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️👨🏻‍⚕️
🇺🇿🇺🇿🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiya kuni muborak bo'lsin!🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"DOKTOR D" ko'p tarmoqli gospitali jamoasi barcha poytaxtimiz mehmonlari va yurtdoshlarimizni 8-dekabr Konstitutsiya kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Tinchlik, sihat-salomatlik, baxtu-saodat, omad va Vatanimiz ravnaqi yo'lida samarali mehnat qilishimiz uchun samimiy tilaklarimni qabul eting! Hamisha yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin! 🎊🎉🎆

***

🇺🇿🇺🇿🇺🇿С Днем Конституции Республики Узбекистан!🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Коллектив Многопрофильного Госпиталя "DOCTOR D" сердечно поздравляет всех жителей и гостей нашей столицы c Днем Конституции!

Примите искренние пожелания благополучия, крепкого здоровья, счастья, удачи и плодотворной работы на благо нашей Родины! Мира над головой и благополучия вам и вашему дому!!!
🎊🎉🎆
Hayrli, qorli tong azizlar! ❄️🌨

Kuni kecha Irgashev Dilmurod Saatovich MY5 telekanalining "OMON-OMON" ko'rsatuvi uchun bergan interv'yularini o'tkazib yubormang!

Dushanbadan jumagacha
Soat 08:00 da MY5 telekanalida!



Do'stlaringizga ulashing! 🔥

🔰 Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz

©️ Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️👨🏻‍⚕️
#bilasizmi #qisqafaktlar

Xomilaning o'sib, rivojlanishi bilan u bachadondagi yetarlicha barqaror pozitsiyani egallaydi va tug'ruq vaqtida (o'rtacha 40 xaftaga qadar) aksariyat bolajonlar tug'ruq uchun afzalroq bo'lgan ko'rinishni tanlaydilar.

#ДокторД #DoctorD
​Hayrli kun barcha obunachilarimizga! Sizlarni zeriktirib qo'ymadikmi? 😊

Ayni damda Irgashev Dilmurod Saatovich yangi videoni suratga olish jarayonidagi fotolavha bilan Sizlar bilan bo'lishmoqchimiz.

#DoctorD #ДокторД #tezkunda #backstage #KadrOrtida

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

🔰 Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz

©️ Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️👨🏻‍⚕️
Assalomu alaykum!
Vaginizm

Bemorning tarixi: "Men turmushga chiqqunimga qadar erkak zotidan oʼzimni chetga olib yurardim. Sababi, onam hamisha «oʼgʼil bolalar juda yovuz, qoʼrqinchli, sen ularga qayrilib ham qarama” der edilar. Shu soʼzlar kichikligimdan miyamga singib qolgani uchunmi, nikoh kechasida kuyovni oʼzimga yaqinlashtirmadim. Sal qoʼl tekkizsa, dagʼ-dagʼ titray boshlardim, ahvolimdan uning oʼzi ham qoʼrqib ketardi. Ishonasizmi, bu hol besh oycha davom etdi, qovusholmadik. Аxiri turmush o'rtog'im buni qaysidir shifokor tanishiga aytibdi. Shundan soʼng sirimiz ochilib, men ancha vaqt psixolog muolajalarini oldim. Onam menga nima uchun shunday deganikin-a? Nega men ham oʼsha gapga yopishib oldim? Turmushimizdagi tushunmovchiliklarda kimning aybi koʼproq?"

Bu xol aslida "vaginizm" deb ataladi. Yaʼni, baʼzi bir onalar qizlarini uyatchan va iboli qilib tarbiyalamoqchi boʼladilaru, lekin koʼpincha qosh qoʼyaman deb, koʼz chiqaradilar. Natijada qizlarda erkaklarga nisbatan nafrat paydo boʼladi. Qizlar voyaga etgani sayin oʼsha nafrat yanada kuchayaveradi. Mana shu narsa nikohdan keyingi jinsiy hayotni mushkullashtiradi.

Bir voqeani aytib o'tishim lozim. Yigirma besh yoshli S. ismli qiz turmush qurganiga sakkiz oy boʼlsada, kuyovni yaqiniga yoʼlatmagan. Otasi tez-tez ichib uyga mast holda kelgani onasi bilan doim janjallashgani bois qiz erkaklarni yomon koʼrib qolgan. Hatto turmushga chiqishga xohishi boʼlmagan. Qarindoshlarining qistovi bilan nikohga rozilik bergan. Biroq kechalari kuyovga jon-jahdi bilan qarshilik qilgan. Shu tufayli, qizning jinsiy aʼzolari, son va qorin devori mushaklari qisqarib ketgan… Tibbiy tekshiruvda bu qizga «vaginizmning ikkinchi bosqichi” deb tashxis qoʼyilgan. Demak, muhtarama onalarimiz qizlarni jinsiy tarbiya sirlaridan asta-sekin ogoh etib borishlari kerak. Yaʼni oʼz hayosini saqlagan holda erkak zotiga hurmat va mehr bilan qarashga oʼrganganlari maʼqul. Аna shunda koʼngil xiraliklar yuz bermaydi.

«DOCTOR D» ko’p tarmoqli gospitali ginekolog-reproduktologi
Muzaffarova M.X.

#DOCTORD #ДОКТОРД

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

🔰 Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz

©️ Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️👨🏻‍⚕️
#bilasizmi #qisqafaktlar

Sintetik matolardan ichki kiyim kiyish erkaklar sog'lig'iga zarar yetkazadi: moyaklar harorati ko'tarilib, elektromagnit maydon hosil bo'ladi - bularning barchasi esa bepushtlikka olib kelishi mumkin.

#DOCTORD #ДОКТОРД
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar!

​Ayni damda "Yotube" ijtimoiy tarmog'idagi "Jinsiy Hayot" kanalimiz uchun Irgashev Dilmurod Saatovich bilan bo'lib o'tayotgan syomka jarayonidan fotolavxa 📷

#backstage #закадром #кадрортида #DoctorD

Tez kunda yangi video! 🔥🔥🔥

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
www.t.me/hospitaldoctord

Instagram:
www.instagram.com/hospitaldoctord

Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👨🏻‍⚕️🏨
💊🔞 Lirika, tramadol va ularning dahshatli oqibatlari

Er-xotin uch yildan beri bepushtlik-I shikoyatlari bilan bizga murojaat qilishdi. Ko’rikdan o’tkazish vaqtida ma’lum bo’ldiki, er-xotin oyiga atigi 1-2 marta jinsiy aloqada bo'lar ekan, chunki erkakda bir necha muammolar, ya’ni erektil disfunksiya, libidoning pasayishi, ish faoliyatining keskin pasayishi, befarqlik, asabiylashish kabi shikoyatlar mavjud. Eng muhimi, qabul vaqtida erkak “tramadol” va “lirika” preparatlari muntazam ravishda qabul qilib yurishini tan oldi. Bular psixotrop preparatlar, ya’ni morfinga o'xshash opioid analgetiklar. Ular markaziy asab tizimiga ta’sir qiladi, ya'ni bu qaramlikka olib keladigan giyohvand moddalar kabidir.

U to'ydan oldin do'stining "bir marta ta’tib ko'r, bu giyohvand moddasi emas!" degan ahmoqona gapiga ishonib, bir marta ta’tib ko'radi va shu bilan boshlandi! O'sha-o’sha ushbu dorilarga qaram bo'lib qoldi…

Yoshgina ayoli, homiladorlikni rejalashtirish, farzandlar, ota-ona, karyera - bularning barchasi endi ikkinchi darajalidir... chunki erkak uchun har doim va hamma joyda TRAMADOL birinchi navbatda...
Ushbu juftlik bilan ishlash qiyin kechdi, deyarli barcha mutaxassislar jalb qilindi: psixologlar, gipnologlar va androloglar - chunki opioidlar, ya'ni tramadol – reproduktiv funksiyani, libidoni, jinsiy quvvatni pasaytiradi. Yigitning normal hayotga qaytishi uchun deyarli 1 yil vaqt talab etildi. Davolash choralari ko’rilganidan so’ng, ayol homilador bo'ldi. Ular xozirda shiringina o'gilchaning baxtli ota-onalariga aylanishdi!

Tavakkal qilmang, hech qachon opioid dorilarini qabul ham, sinab hjam ko’rmang!

«DOCTOR D» ko’p tarmoqli gospitali reproduktologi
Muzaffarova M.X.

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
www.t.me/hospitaldoctord

Instagram:
www.instagram.com/hospitaldoctord

Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👨🏻‍⚕️🏨
"Boshlang'ich MAR testi va 9 yillik bepushtlik"

Immunologik bepushtlik - bu nima?

Sizni ish kunlarimdagi yana bir voqea bilan tanishtirmoqchiman...

Shunday qilib, menga 9 yil davomida nikohda bo’lgan Qashqadaryolik er-xotin murojaat qilishdi. Ayol 9 yil mobaynida bir marta ham homilador bo'lmagan. Olib borilgan tekshiruvlar MAR-testdan tashqari barcha tahlillar normada.

Immunologik bepushtlik nima? Bu inson organizmi spermatozoidlarni patogen organizmlar deb xisoblab, ularni yo'q qilish uchun antitanachalarni ishlab chiqaradigan kasallikdir. Shu bilan homila bo’lish ehtimoli keskin kamayadi.

Biz jusftlikka IKSI dasturini taklif qildik va homiladorlik birinchi urinishdayoq sodir bo'ldi. 9 yillik oilaviy hayot davomida ular juda ko'p marta tekshiruvlardan o'tganlar va faqatgina bizning "Doktor D" klinikamizda birinchi marta MAR-test nima ekanligi, shu bilan birga bepushtlik qanday davolanishi xaqida bilib oldilar.

MAR-test — eyakulyatdagi IgG va IgA sinflarining spermatozoidlarga qarshi antitanachalarini aniqlashdir. Antispermal antitanachalar spermaning turli qismlariga qaratilgan o'ziga xos immunoglobulinlaridir.

MAR-test erkaklarda immunologik bepushtlikni istisno qilish yoki aniqlash uchun o'tkaziladi. Sababi aniq bo’lmagan bepushtik xolatlarining 20%i immunologik sabablar bilan bog'liq deb xisoblanadi.

Xozir ularda Yordamchi Reproduktiv Texnologiyalar dasturining IKSI programmasidan keyin paydo bo'lgan go'zal qizaloqchaligi bor va yana 5 ta muzlatilgan embrion mavjud. Ular ikkinchi farzand uchun qaytishga va'da berishdi.

«DOCTOR D» ko’p tarmoqli gospitali reproduktologi
Muzaffarova M.X.

***

«Первичный MAR-тест и 9 лет бесплодия»

Иммунологическое бесплодие - Что это такое?

Хочу ознакомить Вас ещё одним случаем из моих рабочих будней…

Итак, обратилась пара с Кашкадарьи, которые были в браке 9 лет. У нее за 9 лет не было ни одной беременности. Все анализы в норме, кроме MAR-теста.

Что такое иммунологическое бесплодие? Это заболевание, при котором человеческий организм принимает сперматозоиды за патогенные организмы и вырабатывает антитела для их уничтожения. Шансы на зачатие при этом резко снижаются.

Мы предложили программу ICSI, и беременность наступила с первой попытки. За 9 лет супружеской жизни они были обследованы много-много раз и только в нашей клинике «Доктор Д» впервые узнали, что такое MAR -тест и как лечится бесплодие.

MAR-тест – определение антиспермальных антител классов IgG и IgA в эякуляте. Антиспермальные антитела (ACA) — это специфические иммуноглобулины, действие которых направлено к различным частям сперматозоидов.

MAR-тест выполняется с целью исключения или выявления иммунологического бесплодия у мужчин. Считается, что 20% случаев необъяснимого бесплодия связано с иммунологическими причинами.

Сейчас у них растёт красивая дочь, которая появилась после ICSI в программе ВРТ и есть еще 5 замороженных эмбрионов. Обещали вернуться за вторым ребенком.

Врач-репродуктолог многопрофильного госпиталя «DOCTOR D»
Музаффарова М.Х.

#ДокторД #ДокторДЭКО #ЭКО #ВРТ #ГоспитальДокторД
​​Hayrli kun! ❄️

Ayni damda Irgashev Dilmurod Saatovich yangi videolavhani suratga olish jarayonidalar!

#DoctorD #ДокторД #tezkunda #backstage #KadrOrtida

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

🔰 Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz

©️ Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️👨🏻‍⚕️
🔞Mavzu: Ayolni qondirish psixologiyasi👸🏻(erkaklar uchun)

Erkaklar va ayollar bir-biridan katta farq qilishini unutmaslik kerak. Ayollar psixologiyasining ba’zi xususiyatlarini yodga olib, bu farq nimada ekanligini tushunib olish mumkin.

Birinchi qoida. Ayollar uchun jinsiy aloqa — munosabatlarning mantiqiy davomi. Agar uni tushki vaqt xafa qilgan bo’lsangiz, tunda yaxshi munosabatlarni umid qilmaslik ham mumkin. Shuning uchun mavjud kelishmovchiliklarga kunning birinchi yarmida aniqlik kiritib olish kerak. Qarabsizki, kechga yaqin yarashib olishga ulgurasiz.

Ikkinchi qoida, har bir kishi biladi, lekin muhim daqiqada ko’pincha unutadi — ayol quloqlari bilan sevadi. U bilan iltifotli bo’lish, unga naqadar go’zal va betakror ekanligini eslatib turishdan charchamaslik ijobiy natija beradi.
Ayollar romantikani sevadi. Qizil yelkanli yaxta tashkillashtira olmasangiz ham, hech bo’lmaganda, bitta guldasta yoki boshqa yoqimli sovg’a bilan ham ko’ngillarga iliqlik ulashish mumkin. Ko’rasiz, u buning qadriga yetadi.

Uchinchi qoida. Yaqinlik toza-ozoda xonada bo’lishi kerak. Kishining ko’nglini bexush qiladigan, kulgisini keltiradigan narsalar imkon qadar bartaraf etilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

To’rtinchi qoida. Erogen zonalarni qidirishni to’xtatmaslik. Ularni stimulyatsiya qilish ayollar ehtirosini oshiradi. Tajribali erkaklar yaxshi biladilar: quloqlarning yumshoq qismini yengil tishlash, qorinning pastki qismini siypalash yoki umurtqa bo’ylab qo’lni ohista o’tkazish ayollarni ehtiroslantiradi. Boshqalarda esa ehtiros ko’krakni silash natijasida uyg’onadi.

Beshinchi qoida: ayollar erkaklardan kam emas, ba’zida esa ko’proq, jinsiy monotoniyaga toqat qilmaydi. Ular tajribalarga, syurprizlarga, yangi holatlarga tayyor. Buni yodda saqlang va fantaziyalarni amalga oshirish uchun ularni ayolga taklif qilishdan qo’rqmang.

Har qanday holatda, ayollar qanday jinsiy aloqani xohlashi va ularni maksimal darajada qondirish usullarini o’rganish uchun tez-tez va samimiy yaqinlik qilishga harakat qilish kerak. Bu masalada, har qanday ishda bo’lgani kabi, tajriba amaliyot bilan kela boshlaydi.

#DoctorD #ДокторД

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

🔰 Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz

©️ Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️👨🏻‍⚕️
#bilasizmi #qisqafaktlar

Ekstrakorporal urug'lantirish (EKU)

EKU usulining mohiyati shundaki, tuxum xujayrani spermatozoid bilan urug'lantirilishi ayol tanasidan tashqarida, laboratoriya sharoitida, maxsus sharoitda amalga oshiriladi. Usulning yakuniy bosqichi - embrionni (urug'lantirilgan va bo'linishni boshlagan tuxum xujayra) ayolning bachadoniga o'tkazish.

#DoctorD #ДокторД
Erkaklik bezlari (moyaklar)

Erkaklik bezlari, boshqacha qilib aytganda moyaklar (yimirta eski oʼzbekchada, testis-lotinchada) jinsiy olatning oʼng va chap tomonida joylashgan boʼladi. Moyaklarning erkaklik gormonlarini (eng mashhuri testosteron) ishlab chiqish, urugʼ ishlab chiqish va erkaklikka xos tashqi koʼrinishni taʼminlash asosiy vazifalaridandir. Urugʼni sifatli ishlab chiqarishlari uchun tana haroratidan 1-2 gradus pastroq haroratda boʼlishlari kerak. Shuning uchun ota-bobolarimiz oʼgʼil bola chaqaloqlarga tagliklarni (pamperslarni) kamroq ishlatishlarini va voyaga yetish davrida tor kiyim kiyishdan bekorga qaytarishmagan.

Moyaklar xaltasida – yorgʼoqda osilib turushining siri ham aynan shunda siz ham eʼtibor bergansiz issiq kunlari moyaklar juda ham osilib, sovuq kunlari esa aksincha badanga taqalib turadi, sababi esa moyak xaltasidagi aqlli harorat boshqaruvchi (intelligent temperature control system) mavjudligidadir, urugʼni sifatli ishlab chiqishi uchun kerakli haroratni boshqarib turadi.
Shu oʼrinda bir ogʼiz moyak oʼsmalari haqida aytib oʼtishimiz kerak. Moyaklarni yuqorida boʼlishi - moyak oʼsmalari, hattoki xavfli oʼsma (saraton)ga oʼtib ketish xavfi yuqori. Moyak saratonlari boshqa saratonlarga qaraganda aksincha, juda yosh yigitlarda 15-35 yoshlarda uchraydi. American Cancer Sociyetyning statistik maʼlumotlariga koʼra, bir yilda taxminan 8700ta bemorda moyaklar saratoni aniqlanadi.

Moyak oʼsmasining eng koʼp uchraydigan belgisi – xech qanday ogʼriqlarsiz moyakning oʼz-oʼzidan kattalashishidir. Kamdan-kam hollarda biroz ogʼriq, noqulaylik, moyaklar oldingidan nisbatan ogʼirlashgandek his paydo boʼlishi mumkin. Umuman olganda shu kabi belgilar Sizni bezovta qilsa, vaqtni boy bermay, shifokorga murojaat qilib, koʼrik va tekshiruvlardan oʼtish eng toʼgʼri yoʼldir!

Sizlarga 10 ta maʼlumotni taqdim etamiz:
1. Moyaklarda bir kunda taxminan 200 million spermatozoid ishlab chiqariladi.
2. Tanasining 14% ogʼirligini tashkil qiladigan moyak - chigirtka moyagidir. Insonlarda esa 0,7%ni tashkil qiladi.
3. "Avokado" soʼzi, qadimgi Misrliklarining Aztek tilida moyak degani, Orxideya ham yunonchadan moyak soʼzlaridan asos qilib olingan. Moyak yalligʼlanishi – orxit qulogʼingizga chalingan boʼlsa kerak.
4. Moyak oʼlchami va ovoz qalinligi munosabati toʼgʼri yemas, moyagi kichik baqiroq maymunlarni ovozi ancha qalindir.
5. Moyaklarni tashqarida turishi tashqi xavf riski yuqori boʼlsa ham, urugʼ ishlab chiqarish uchun optimal sharoit uchun kerak.
6. "Right Whale" kitining moyaklari 1.1 tonnadir, boʼshalganda 4.5litr maniy boʼshatadi.
7. Islandiyada ishlab chiqariladigan mashhur pivoni bijgʼitish uchun ham kit maniysidan foydalaniladi.
8. Har bir spermatozoid taxminan 5 megabaytlik maʼlumotni oʼz ichida saqlaydi (avvallari kompyuterlarda fluppi A disk boʼlardi, shunga atigi 4.5 megabayt maʼlumot sigʼardi). Shu maʼlumotlarga asoslanib, bir martalik jinsiy aloqada erkak kishi oʼz geniga tegishli maʼlumotlaridan taxminan eng kamida 110 gigabaytini ayol organizmiga boʼshatar ekan.
9. Butun tanamiz aʼzolari ichida eng koʼp turli tuman proteinlar miqdori moyaklarda mavjuddir. Ilmiy tekshirishlar maʼlumotiga koʼra, inson organizmidagi proteinlarni 77% turi moyaklarda mavjud boʼlib, bularning 999tasi faqat moyaklarga tegishlidir. Bosh miyada bosh miyaga tegishli oqsil turi 318tagina xolos. Shu maʼlumotdan ham xulosa qilib hayvon (xalq tilida qoʼy lampochkasi) moyaklarini isteʼmoli toʼgʼri ish emasligiga kishi amin boʼladi. Sababi oqsillar oʼta allergen hisoblanadi va organizmlarga foydasi yoʼq, ichidagilar hazm traktida oʼzligi yoʼqotib odam moyagiga yetib bormaydi.
10. Erkaklarining 65%ida chap moyak pastroqda joylashadi, ilmiy asosi: chap moyak embrional rivojlanish davrida arteriyasini aortadan oʼng moyakka nisbatan pastroqdan oladi.

#DoctorD #ДокторД

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

🔰 Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz

©️ Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️👨🏻‍⚕️