"Doctor D" || rasmiy sahifa
1.46K subscribers
222 photos
109 videos
2 files
899 links
"DOCTOR D" gospitalining YAGONA RASMIY telegram kanali 🏨

Tibbiy xizmatlarning barcha turlari!

Ambulator-statsionar davolash, laboratoriya, funksional diagnostika, 24/7 tez yordam xizmati 🚑 - qisqa 1057 ☎️ raqami orqali
Download Telegram
​​​Hayrli tong azizlar! ☀️

Ayni damda Irgashev Dilmurod Saatovich yangi videolavhani suratga tushirmoqdalar 🎥

#DoctorD #ДокторД #tezkunda #backstage #KadrOrtida

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

🔰 Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz

©️ Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️👨🏻‍⚕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Savol: "Doctor D" ning Tik-Tok ijtimoiy tarmog'ida "Jinsiy Hayot" nomli kanali bormi?

Video-javob
👆🏻👆🏻👆🏻

Albatta ko'ring va do'stlaringizga ulashing!!! Hamma xabardor bo'lsin!
Ⓜ️avzu: Testorsteron kamligi belgilari

Erkaklarda testosteron pasayishida bir qator alomatlar kuzatiladi. Ular quyidagilar:
• Depressiya, atrofdagi dunyoga qiziqishni yo’qotish;
• Libidoning kamayishi yoki impotentsiya;
• Semizlik;
• Feminizatsiya — tanadagi tuklarning to’kilishi, ginekomastiya;
• Mushaklar massasining kamayishi;
• Xotira buzilishi, tarqoqlik.

🔹 Testosteronning kamayishi sabablari
Gormon darajasi turli sabablarga ko’ra kamayishi mumkin. Ammo, qoida tariqasida, ular endokrin kasalliklar tomonidan chaqirilgan birlamchi va tashqi omillar va insonning turmush tarzi bilan bog’liq bo’lgan omillar tomonidan chaqirilgan ikkilamchi sabablarga bo’linadi.

🔹 Qaysi omillar testosteron darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin?
Ular quyidagilardir:
• Turmush tarzi, masalan, kamharakatlik;
• Spirtli ichimliklar ichish;
• Turli kasalliklar;
• Kam, sifatsiz ovqatlanish;
• Ortiqcha vazn;
• Muntazam bo'lmagan jinsiy hayot;
• Zararli odatlar;
• Stress;
• Uyqusizlik;
• Medikamentoz davolanish;
• Atrof muhitdagi zararli moddalarning ta’sir qilishi.

🔹 Kamharakat hayot tarzi
Yaxshi ma’lumki, harakatchanlik – bu hayot demakdir. Bu qoida barchaga tegishli, ayniqsa erkaklar uchun! Erkak organizmi doimo jismoniy harakat qilish uchun qulay qilib yaratilgan. Avvallari erkaklar dala ishlari, ov va jang qilishar edi. Bu ishlarning barchasi jismoniy kuchni talab qilardi va aynan ana shu harakat testosteron gormonini ko’tarishga hissa qo’shardi. Hozirgi kunda ko‘pchilik erkaklar ko’p harakatni talab qilmaydigan o’troq ish bilan shug’ullanmoqda.
Albatta testosteronni kuchaytirish uchun oldingi avlodlar hayot tarziga qaytish kerak emas, shunchaki jismoniy mashqlar bilan ko‘proq shug‘ullanib turish kerak. Anchadan buyon ma’lumki, jismoniy mashqlar erkaklar qonida testosteron oshishiga sabab bo’ladi. Bu organzimning tabiiy reaktsiyasi, chunki mazkur gormonsiz mushak massasining o’sishi qiyin.

🔹 Noto‘g‘ri ovqatlanish
Shuni yodda saqlash lozim: biz iste’mol qiladigan mahsulotlarning barchasi ham testosteron miqdorini me’yorda ushlab turish uchun hissa qo’shmaydi. Ovqat tarkibida yetarli miqdorda ham o’simlik, ham hayvon manbalaridan bo‘lgan mikroelementlar, vitaminlar, oqsil, uglevod va yog‘lar bo‘lishi kerak. Haddan ziyod ko‘p yeyish ham, yetarlicha ovqatlanmaslik ham testosteron miqdorining kamayishiga olib keladi.

🔹 Ortiqcha vazn
Erkaklarda ortiqcha vazn – bu faqatgina tashqi ko‘rinish nuqsoni emas. Aslida yog‘ hujayralari testosteronning antogonisti bo‘lgan estrogen gormonini ishlab chiqarish fabrikasi hisoblanadi. Bundan tashqari, yog‘ to’planmalarida testosteron parchalanishi va estrogenga aylanishi ham mumkin.

🔹 Muntazam bo'lmagan jinsiy hayot
Muntazam jinsiy hayot testosteron ishlab chiqarilishiga hissa qo’shadi, ayniqsa yetuk yoshda. Ammo betartib, tez tez bo'lib o'tadigan jinsiy aloqa ham tavsiya etilmaydi (haftasiga 2-3 martadan ko’p), bunda aks ta’sir kuzatilib, testosteron miqdori kamayib ketishi mumkin.

🔹 Alkogol
Mashhur stereotip - ko’p miqdorda alkogol ichishni erkaklik xususiyati bilan assotsiatsiyalaydi. Bu noto’g’ri tushunchadir. Aniqlanishicha, alkogol erkaklik gormonlari shakllanishiga javobgar bo’lgan bosh miya tizimlariga salbiy ta’sir etadi, natijada organizmda teskari ta’sir — testosteronning estrogenga aylanishi jarayoni boshlanib ketadi.
Pivo ichishni xush ko‘ruvchilar bu yerda xursand bo’lishsa kerak, chunki pivo tarkibida alkogol kam miqdorda bo’ladi. Bu haqiqat bo’lishiga qaramasdan, pivoda o’simlik kelib chiqishli estrogenlar ko’p miqdorda bo’ladi va o’z navbatida bu erkaklar uchun tarkibida alkogol ko’proq bo’lgan ichimliklarga nisbatanda yomonroq hisoblanadi.

#DoctorD #ДокторД

Do'stlaringizga ulashing!🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
👇👇👇
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

:web: Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️🏨👨🏻‍⚕️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar hamda poytaxtimiz mehmonlari. Kirib kelayotgan yangi 2021 yilingiz muborak boʼlsin❗️

Mana 2020 yilning xam oxirgi kuni, daqiqalari, soniyalari oʼtib bormoqda... Bu yilda ushalmagan eng ezgu orzu-niyatlarimizga kelayotgan yilda erishib yuraylik! Xar doim martabangiz bundanda ulugʼ boʼlsin, olingu oldirmang, izzatda, xurmatda, obroʼda boʼling! Xamisha oilangizda mexr oqibat, sevgi muxabbat, baxt saodat xukm sursin!  Farzandlaringiz xar doim sizga faqat raxmat, xurmat, obroʼ hamda e'tibor olib keladigan boʼlishsin! Ota - onangizni umrlariga Аlloxim umr , sogʼliklariga sogʼlik qoʼshsin! Bundan yuqori choʼqqilarni zabt etib, olgʼa qadam tashlab yuring! Bolajon xalqimizning har bir xonadonida chaqaloq yig'isi jaranglab tursin! Kelayotgan yangi yil oilalarimizga baxt, omad, tinchlik, xotirjamlik olib kelsin !!! 🎊🥳

Xurmat bilan "Doctor D" jamoasi
🔞🔥Mavzu: Erta bo’shanish — sabablari, turlari, davolash va uni oldini olish

Olimlarning ta’kidlashicha, sayyoramizdagi erkaklarning uchdan bir qismi jinsiy aloqada erta bo’shanish bilan duch keladi. Va, ehtimol, bu yakuniy ma’lumotlar emas — ko’pchilik kuchli jinsiy vakillar bunday muammolar haqida gapirishdan tortinishadi va ularni ovoza qilishmaydi. Erkak jinsiy aloqa paytida 25 ta harakatni amalga oshirishidan oldin urug’ otilishi sodir bo’lsa, bu jinsiy aloqada tez bo’shlnish deb hisoblanadi.
Vaqti bo’yicha bu o’rtacha 1-2 davom etadi. Biroq, bu ko’rsatkichlar yetarlicha shartli. O’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, turli mamlakatlarda jinsiy aloqaning o’rtacha davmoiyligi farqlanadi. Masalan, AQShda bu qiymat 13 daqiqa, Germaniyada esa 7 daqiqaga teng. Kasalliklar Xalqaro Tasnifining 10-chi reviziyasiga ko’ra (KXT-10), erta bo’shalish deb, har ikkala juft ham emotsional va fiziologik qoniqishga erishguniga qadar shaxvat otilishi holatiga aytiladi.

Jinsiy aloqada erta bo’shalish turlari
1️⃣ Birlamchi: patologiyaning bu turi tug’ma hisoblanadi va eyakulyatsiya jarayoniga mas’ul bo’lgan markaziy asab tizimining faoliyatida muammolar mavjudligi tufayli kelib chiqadi. Bundan tashqari, erta bo’shanishning sababi ko’pincha tug’ruq paytida olingan jarohat yoki bachadon ichidaligida rivojlanish buzilishlari bo’lishi mumkin. Tibbiyotda bu kabi anomaliya kam uchraydi va u bilan bog’liq muammolar birinchi jinsiy tajribadayoq yuzaga keladi;
2️⃣ Ikkilamchi: buzilish salbiy atrof-muhit omillari ta’siri ostida rivojlanadi. Ko’pincha uning kelib chiqishi infektsion kasalliklar, jarohatlar va boshqalar tufayli bo’ladi.

Jinsiy aloqada erta bo’shalishning sabablari
1️⃣ Olat boshining yuqori sezuvchanligi.
Gap shundaki, aynan shu qismda nerv oxirlari joylashgan bo’ladi. Agar u yerda retseptorlar juda ko’p bo’lsa, tashqi qo’zg’atuvchilarga noto’g’ri reaktsiya yuzaga keladi. Natijada, erta bo’shalish kuzatiladi.
Bundan tashqari, yuqori sezuvchanlik ko’pincha jinsiy olatining patologiyasi tufayli yuzaga keladi: fimoz yoki olat boshning va kertmakning yallig’lanishi. Yuqori sezuvchanlikda har bir jinsiy yaqinlik davomiyligi bir xil bo’ladi, istisnolik spirtli ichimliklar ta’siri ostida yoki maxsus vositalardan foydalangan holda o’tadiganlari. Bundan tashqari, olatning yuqori sezuvchanligidan kelib chiqadigan tez bo’shalishning o’ziga xos xususiyatlari ham bor. Birinchidan, prezervativ jinsiy aloqa vaqtini uzaytiradi. Ikkinchidan, urug’ otilishi faqat olat kiritilgandan so’ng sodir bo’ladi.
2️⃣ Erta bo’shalishning psixogen omillar ko’pincha qo’rquvlar bo’ladi: kulgi bo’lish yoki hamrohini ko’nglini ololmaslik, birinchi jinsiy tajribada muvaffaqiyatsizlik, oldingi muvaffaqiyatsizliklar, nostandart sharoitlarda jinsiy aloqa, boshqalar sezib qolishi mumkinligi qo’rquvi. Oxirgi fobiya yoshlar orasida keng tarqalgan.
Katta erkaklarda erta bo’shalishning sababi zo’riqqan hayot ritmi va tez-tez stressli vaziyatlarga duch kelish bo’lishi mumkin. Ish joyidagi qiyinchiliklar, uyqusizlik, avtoprobkalar va boshqa qiyinchiliklar jiddiy tushkunlikka olib kelishi mumkin. Yaqin munosabatlardagi muammolar buni yanada og’rilashtiradi. Bu yerda juftlarning o’zaro ziddiyatlarini keltirib o’tish ham mumkin. Oiladagi muammolar, tez-tez janjallar, ro’zg’or muammosi, xiyonat — bularning hammasi erta bo’shalish mexanizmini ishga tushiradi. Va, albatta, jinsiy aloqada erta bo’shanishning psixologik sabablari orasida yoshning kichikligi, ortiqcha ehtiroslanish va tartibsiz jinsiy hayot ham o’rin tutadi (davomi kelgusi maqolalarimizda)

#DoctorD #ДокторД

Do'stlaringizga ulashing!🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
👇👇👇
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️🏨👨🏻‍⚕️
🔞🔥Mavzu: Erta bo’shanish — sabablari, turlari, davolash va uni oldini olish (davomi)

3. Erkaklar uchun eng xavfli bo’lgan organik sabablar:
🅰️ Siydik-tanosil tizimi faoliyatining buzilishi — uretrit, enurez, kollikulit (urug’ tepaliklarining yallig’lanishi), prostata adenomasi, prostatit bilan birga kechuvchi vezikulit.
🅱️ Ichki a’zolar faoliyatida buzilishlar, kichik tos a’zolari jarohatlanishi. Umurtqaning dumg’aza-bel bo’limi muammolari: osteoxondroz yoki umurtqa churrasi ham erta eyakulyatsiya sababchisi bo’lishi mumkin.
Jinsiy aloqa qisqa davom etishining alohida omillari organizmdagi gormonal fon buzilishi (testosteron yetishmasligi), Parkinson kasalligi, nikotin, alkogol yoki boshqa toksik moddalar bilan zaharlanishdir. Ko’pincha erta bo’shanishning sababi ayrim dorilarni qabul qilish bo’ladi.

Tez bo’shanishni davolash
Tez bo’shalishni davolash uchun shifokor bir nechta usulni qo’llashi mumkin:
• Xulq-atvor terapiyasi — bunda mutaxassis har ikkala juftga ham jinsiy aloqa paytida bajarilishi kerak bo’lgan maxsus mashqlar majmuasini buyuradi;
• Psixoterapiya — bu holatda mutaxassis komplekslarni, qo’rquv va fobiyalarni yo’qotishga qaratilgan bir nechta davolash seanslarini o’tkazadi;
• Medikamentoz (dori-darmonli) terapiya;
• Jarrohlik aralashuvi;
• Fizioterapiya, akupunktura, refleksoterapiya;
• Xalqona vositalar.

Tez urug’ otilishidan qutulish uchun konservativ davolash usullarida turli dori va preparatlar qo’llaniladi. Bular lidokain yoki shifokorlar ko’pincha bemorlarga tayinlaydigan tabletkalar bo’lishi mumkin.

#DoctorD #ДокторД

Do'stlaringizga ulashing!🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
👇👇👇
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️🏨👨🏻‍⚕️
#bilasizmi #qisqafaktlar

Jinsiy aloqa uchun eng yaxshi vaqt - bu tong!

Bunda ayol organizmida taxminan soat tonggi 6da gormonlarning konsentratsiyasi eng yuqori bo'lib, hislar ayni cho’qqiga chiqqan vaqti bo'ladi.

Erkaklarda esa tonggi uyqudan so'ng tana dam olgan vaqt, testosteron konsentratsiyasi maksimal bo'ladi. Bu esa albatta o’z navbatida markaziy asab tizimiga, shu jumladan jinsiy markazlarga ta’sir etadi va eng yuqori erektsiyani keltirib chiqaradi.

Bundan tashqari, tonggi jinsiy aloqa tetiklashtiradi 😉

#ДокторД #DoctorD
#bilasizmi #qisqafaktlar

🚭Tamaki chekish olatni biroz kaltalashishiga olib kelishi mumkin. Bunday bo'lishiga sabab, bu odatdan qon tomirlari aziyat chekadi va qon aylanishi buziladi.

#ДокторД #DoctorD
#bilasizmi #qisqafaktlar

🔞Jinsiy olat to'g'risida hayolingizga kelmagan 8 ta fakt:

1. Birinchi erektsiya o'g'il bolalarda ona qornida bo’ladi.
2. Chekishga bo'lgan “muhabbat” jinsiy olat uzunligini naqd 1 santimetrga kamaytirishi mumkin. Axir ereksiya yaxshi qon aylanishiga bog'liq.
3. Xitoyning "Guo Li Zhuan" restoran tarmog'i o'z tashrif buyuruvchilariga 30 dan ortiq … olatdan tayyorlan taomni taklif etadi.
4. Jinsiy olatning ikki turi mavjud. Ereksiya vaqtida birinchi turdagi olat kengayadi va cho'ziladi. Ikkinchi turdagisini esa tashqi ko'rinishi katta bo'lib ko'rinadi, ammo ereksiya payti unchalik katta bo'lmaydi.
5. Miloddan avvalgi XIII asrda Misr qo'shinlari Liviyaga bostirib kirishadi va trofey o’rinda ular o'zlarining vatanlariga 13.200 fallos (vibrator) bilan qaytishdi.
6. 400 kishidan bittasi tashqi ta’sir yordamisiz o'zini qondira oladi.
7. Jinsiy olat shikastlanishining eng ko'p uchraydigan sababi — bu xaddan tashqari ko’p masturbatsiya qilish.
8. Eyakulyasiyadan keyin qattiq erektsiya paydo bo'lishi uchun, erkaklarga 2 daqiqadan 2 haftagacha vaqt kerak.

#ДокторД #DoctorD
#Alhamdulillah #YetkazganigaShukur

Assalomu alaykum hurmatli obunachilar. Kuni kecha bizga yo'llangan yana bir tashakkurnomani e'tiboringizga xavola qilmoqchimiz.

"Assalomu alaykum hurmatli Dilmurid aka. Men sizni klinikeyzga bepuslik sababi kegan edim sizni klinikezdan oldin kop joyga murojat qilgan edik, tabiblarga ham borganmiz. Lekn ikki yil bitta ham rezultat bolmagan edi. Qaytanga garmon larkop icvorganim ucun hatto oylikham kormi qogan edim. Qaynonam sizlarni klinikeylarni hamma maqtawini aytdilar va wu yerga murojat qildik.
Anca qatnadik oxiri qolimizni ham silkitgan edik. Dorilarimni icb leceniyani ginikolog etganlaridek oxiriga yetkazdim da bir oydan kegin,yani bir neca kun oldin testda korar korinmas poloska ciqdi!Avvalam bor Ollox lekn sizni hodimlariz wu baxtli kunimizga sababci boliwdi.
Sizga aytmoxci bolganim sizga va klinikeyz hodimlariga minnadorciligim ni bildirmoxci edim. Urolog Shuxrat aka ginkolog Lola opamlaga uzd Nazira opamlaga katta raxmat Olloxm sizdan va hodimlarizdan minnatdor bolsin. Sizlar qilayotgan mextaniylarga rozi bolinglar katta va katta raxmat etib qolmoxci edim☺️
" - deb murojaatini tugallaydi bemorimiz.

Bolajon xalqimizning har bir xonadonida chaqaloq yig'isi doim jaranglab tursin!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hayrli tong azizlar! 🌤

Irgashev Dilmurod Saatovich MY5 telekanalining "OMON-OMON" ko'rsatuvi uchun bergan interv'yularini e'tiboringizga xavola etamiz!

Youtube orqali tamosha qilish uchun:
https://youtu.be/Kkz-C9aLjRo


Do'stlaringizga ulashing! 🔥

🔰 Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz

©️ Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️👨🏻‍⚕️
​​​Hayrli tong barchaga! 🙋🏻‍♀

Ayni damda Irgashev Dilmurod Saatovich yangi videolavhani suratga olish jarayonidalar!

#DoctorD #ДокторД #tezkunda #backstage #KadrOrtida #закадром

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

🔰 Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz

©️ Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️👨🏻‍⚕️
🔞 Mavzu: Jinsiy aloqadan keyin bajarilishi kerak boʼlgan 5ta amal:

Jinsiy aloqadan keyin yoqimli hisni saqlab qolish va sogʼligʼingizga zarar yetkazmaslik uchun siz ushbu besh narsani qilishingiz kerak.

А) Peshob chiqarish. Jinsiy aloqadan keyin peshob chiqarish - infektsiyalardan himoya qilmaydi, ammo u siydik yoʼllariga kirib, siydik pufagida koʼpayishni boshlagan bakteriyalardan qisman xalos boʼlishga yordam beradi. Erkaklarda siydik chiqarish kanali uzunroq, bakteriyalar ular uchun unchalik qoʼrqinchli emas, lekin ushbu maslahat ularga ham tegishli, ayniqsa, uzilib qolgan jinsiy aloqa boʼlgan boʼlsa. Jinsiy aloqadan keyin, bir soat ichida xojatga borish uretrani urugʼ qoldigʼidan xalos qiladi. Agar siz ikkinchi bor aloqa qilishni rejalashtirgan boʼlsangiz, bu juda muhimdir. Ammo ishonchli kontratseptsiya vositasidan foydalanish yaxshiroq.

B) Dush qabul qilish. Аloqadan soʼng jinsiy aʼzolarni lubrikantlardan tozalash va siydik pufagiga bakteriyalar tushishini oldini olish uchun jinsiy aloqadan keyin 15 daqiqa davomida dush qabul qilish tavsiya etiladi, bu oʼz navbatida esa qovuq infektsiyalarini kelib chiqishini oldini oladi. Agar sizda dush boʼlmasa, hoʼl roʼmolcha yoki issiq suvga botgan sochiqcha yordam beradi. Qoʼllaringizni va tanangizni intim qismlarini artib oling.

Bunga jinsiy oʼyinchoqlar (seks-igrushki) gigienasi ham kiradi. Jinsiy aloqadan soʼng siz bunday zerikarli ish haqida oʼylashni xohlamasligingiz aniq, lekin oʼzingizni yengib, ishlatilgan jinsiy aloqa oʼyinchoqlarini darhol yuving. Shu ishni bajaring va keyingi safarga qadar ular haqida unuting.

V) Bir stakan suv iching. Jinsiy aloqa, shuningdek, jismoniy mashqlar tanani koʼpincha suvsizlantiradi. Tanangizni hayot beruvchi namlik bilan toʼldirish uchun dangasa boʼlmang va bir-ikki stakan suv iching.

G) Jinsiy hamroxingiz bilan suhbat. Jinsiy aloqadan keyin erkaklar koʼproq dam olishga muhtoj ekanligi isbotlangan. Ammo, jinsiy marafondan keyin ham suhbatlashish yoki har qanday mehrni namoyon qilish uchun bir necha daqiqa topishga harakat qilishingiz zarur. Bu hissiy yaqinlik va munosabatlarni mustahkamlash uchun muhim omil hisoblanadi. Orgazmdan keyingi lahza iltifot uchun juda yaxshi. Maqtash va kuylashning hojati yoʼq. Shuni aytish kifoya: "Аloqa menga juda yoqdi" yoki "Аloqa juda ajoyib boʼldi"). Agar siz umuman gapirishni istamasangiz, jinsiy hamrohingizni quchoqlashingiz, sochlarini silashingiz yoki boshqa biron bir xatti-harakat qilishingiz mumkin. Asosiysi, bu soʼzsiz boʼlsa ham samimiy harakat boʼlishi lozim.

D) Taom tanovvul qilish. Agar inson jinsiy aloqaga batmom kuchini sarf etgan boʼlsa, ular odatda ochlik hissini tuyishadi. Ammo orgazmdan soʼng darhol oshxonaga shoshilmang. Suhbatlashib, quchoqlashgandan soʼng, sherigingizga gazak va oqsil yoki vitaminlarga boy mahsulotlarni taklif qiling. Masalan, banan tarkibida sogʼliq uchun foydali boʼlgan fermentlar, B vitaminlari va riboflavinlar mavjud. Tabiiy yogurt kabi foydali bakteriyalarga ega oziq-ovqatlar ham tamaddi uchun toʼgʼri keladi. Jinsiy aloqadan keyin chia urugʼini isteʼmol qilish ham foydalidir, bu energiya zaxirasini toʼldirishga yordam beradi.

#ДокторД #DoctorD


Do'stlaringizga ulashing!🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
👇👇👇
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️🏨👨🏻‍⚕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Ayni damdagi navbatdagi videoni tasvirga olish jarayonidamiz! 🎦
Muxiba Xamzaevna bilan tasvirga tushurish jarayoni 📹
🔞 Mavzu: Libidoni o‘ldiradigan 10ta omil

Ayolning jinsiy istaklariga ko‘plab omillar ta’sir qilishi mumkin - noto‘g‘ri tanlangan kontratsepsiya vositalaridan tortib, to oddiy zerikishgacha.
1. Estrogen yetishmovchiligi. Yoshi bilan barcha ayollarda estrogen miqdori asta-sekin kamayib boradi, ammo 50 yildan keyin bu jarayon ancha tezlashadi. Ammo, hatto yoshligida ham, masalan, tuxumdonlarning noto‘g‘ri ishlashi tufayli estrogen yetishmasligi bo‘lishi mumkin. Natijada jinsiy a’zolar shilliq qavatining sifati o‘zgaradi. To‘qimalar quruq, ingichka bo‘lib, osonlikcha shikastlanadi. Belgilangan o‘zgarishlar bilan jinsiy aloqa chidab bo‘lmas og‘riqqa olib kelishi mumkin. Bu o‘z navbatida ayolni jinsiy aloqadan qochishga majbur qiladi. Boshqa tomondan, aynan estrogenlar shahvoniy istakning erotik tarkibiy qismi, erkalashlar va mehr uchun javobgardir. Estrogen yetishmovchiligi bilan ushbu komponent tushadi.
Ushbu holatni tuzatish uchun tanadagi estrogen darajasini tiklash kerak. Va agar menopauza davri haqida gapiradigan bo‘lsak, tuxumdonlar allaqachon ishlamay qolgan bo‘lsa, tizimli yoki mahalliy gormonal dorilar yoki fitoestrogenlarni buyurish haqida shifokoringiz bilan maslahatlashishga to‘g‘ri keladi.
2. Testosteron yetishmovchiligi. Bu buyrakusti bezi funksiyasining buzilishi yoki androgenlarning faoliyatini blokirovka qiluvchi gormonal dorilarni qabul qilish bilan rivojlanishi mumkin (bunday dorilar husnbuzarlarni davolash, sochlarning ko‘payishini (girsutizm), androgenetik alopetsiyani (kallik). Testosteron yetishmovchiligi bilan libidoning jinsiy komponenti, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinsiy aloqada bo‘lish istagi kamayadi. Agar test natijalari testosteron yetishmovchiligini ko‘rsatsa, avval sababini yo‘q qilish kerak. Shundan keyin shifokor testosteron preparatini buyurishi mumkin.
3. Ba’zi dorilarni qabul qilish. Ushbu dorilar orasida neyroleptiklar, trankvilizatorlar, qon bosimini pasaytirish uchun dorilar, shuningdek psixoaktiv moddalar, shu jumladan narkotik vositalari mavjud. Agar siz dori-darmonlarning bunday noju’ya ta’sirini sezsangiz, uni boshqa vositaga almashtirish imkoniyatini shifokor bilan muhokama qilishingiz kerak.
Jinsiy xamrohda umidsizlik. Jinsiy aloqada biron bir narsani isbotlash yoki nomukammalligi uchun hamrohni jazolash istagi bilan savdolashib bo‘ladigan munosabatlar paydo bo‘lganda. Agar o‘zingiz uchun biron bir foyda olish uchun sherigingizga jinsiy aloqani rad qilyapman deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, vaziyatni tahlil qiling. Psixolog yoki psixoterapevtga murojaat qilish mantiqan to‘g‘ri kelishi mumkin, chunki jinsiy istakning zaiflashishi izidan chiqayotgan jinsiy aloqaning eng keng tarqalgan belgisidir. Va agar siz ushbu ittifoqni saqlamoqchi bo‘lsangiz, aktyorlikni boshlash vaqti keldi.
4. Surunkali stress. Uzoq muddatli yoki o‘ta og‘ir stress bilan tanada kortizol - stress gormoni ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi. U xuddi jinsiy gormonlar singari pregnenolondan hosil bo‘ladi. Agar kortizolni sintez qilish uchun barcha pregnenolon ishlatilsa, jinsiy gormonlar kamroq hosil bo‘ladi. Va bu, o‘z navbatida, gormonal yetishmovchilik va libidoning pasayishiga olib keladi. Shifokorlar bu holatni pregnenolonning buzilish fenomeni deb atashadi. Surunkali stressni jismoniy mashqlar, yoga, massaj, meditatsiya, SPA muolajalari va o‘lchovli kun tartibi yordamida hal qilish kerak. Stress ta’sirini zararsizlantirish uchun ongli ravishda harakat qiling (davomi kelgusi maqolalarimizda)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uyqu holati sog'ligimizga qanday ta'sir qiladi?

Siz qaysi xolatda uyquda bo'lasiz?
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔞Ayol organizmiga sperma tushganidan so'ng nima bo'ladi?

Videoni ko'ring va do'stlaringizga ham ulashing!

#DoctorD #ДокторД
Hayrli kun aziz obunachilarimiz! ☀️

#KadrOrtida #Backstage

Ayni damda Irgashev Dilmurod Saatovich Youtube ijtimoiy tarmog'imizdagi "Jinsiy Hayot" nomli kanalimiz uchun navbatdagi videoni suratga olish jarayonidalar 🎥

#DoctorD #ДокторД