GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.4K photos
1.27K videos
49 files
3.9K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#umumxalq_xayriya_hashari

Hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi


Joriy yilning 16-18-mart kunlari O’zbekistonda “Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki” shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida mamlakatimizning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda

Jumladan, Guliston davlat pedagogika instituti mehnat jamoasi ham erta tongdan hasharda faol ishtirok etmoqda.

Hashar davomida atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish kabi yumushlar bajarilmoqda. Institut binosi va unga tutash hududlar saranjom-sarishta holatga keltirilib, manzarali daraxtlar va gul ko‘chatlari ekildi. Daraxtlar oqlanib, shakl berildi. Atrofdagi ariqlar, avtoturargoh hududlari chiqindilardan tozzalandi.

Umumxalq xayriya hashari davom etmoqda...

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website