#xorijiy #til #kursi
🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 19.05.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida хorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5117-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston davlat pedagogika instituti hamda Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bilan hamkorlikda chet tilini o‘rganishga layoqati va xorijga chiqish istagi bor bo‘lgan bir guruh yoshlar uchun xorijiy til kursini tashkil etdi.
⚡️Mazkur til kursi 30 nafar o‘quvchilardan iborat 2 ta guruhdan tashkil topgan bo‘lib, asosan 9-10-11-sinflarda tahsil olayotgan sportchi yoshlarni qamrab olgan.
👩🎓GulDPI o‘qituvchisi Charos Abdullayeva dars o‘tish davomida o‘quvchilarning har biriga individual yondashib, samarali usullardan foydalangan holda til o‘rganish ko‘nikmasini rivojlantirib bormoqda. Dastlab, o‘quvchilarning chet tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida test o‘tkazildi. Hozirgi kunda beginner, elementary va pre-intermediate bilim darajasiga mos ravishda darslar tashkil etilgan.
📝 Ushbu kurs 6 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda o‘quvchilar tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini turli mashg’ulotlar orqali rivojlantirmoqda.
💫 Kurs yakunida albatta, ingliz tilini puxta o‘zlashtirgan o‘quvchilar imtixon asosida til bilish sertifikatiga ega bo‘lishi rejalashtirilgan.
GulDPI axborot xizmati
🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website

👏2