GulDPI. uz | Rasmiy
4.58K subscribers
12.6K photos
1.41K videos
49 files
4.28K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kinoparcha

Tiriksan, oʻlmagansan,
Senda odam, senda insonsen.
Kishan kiyma, boʻyin egma.
Ki sen ham hur tugʻilgonsen!

🎞 "Abdulla Oripov" filmidan parcha

O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning hayot yo‘li haqida hikoya qiluvchi filmning tasvirga olish jarayonlari asosan, shoir tug‘ilib, voyaga yetgan qishloq — Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi "Neko‘z" qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan. Shuningdek, Toshkent viloyatining Yangiobod shaharchasi, Toshkent shahri, Zomin tumani hamda AQShda ham suratga olingan.

Abdulla Oripovning bolaligini Jasurbek Abdumannopov, yigitlik va o‘rta yosh siymosini shoir Shodmonqul Salom, keksalik davrini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Qudratilla Burxonov gavdalantirgan. Shoirning rafiqasini yoshligini aktrisa Rayhon Asadova, keksalik paytini esa O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova ijro etgan.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website