GulDPI. uz | Rasmiy
4.56K subscribers
13.1K photos
1.52K videos
51 files
4.53K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#tabrik #Prof_ta’lim #bitiruvchi2024

Assalomu alaykum, aziz bitiruvchilar!

Shu kunlarda yurtimizdagi 689 ta professional ta’lim muassasasida o‘quv yili yakunlanib, 177 ming nafardan ortiq yoshlarimiz o‘zlari tanlagan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olib, O‘zbekiston mehnat bozoriga kirib kelmoqda.

Qadrli yoshlar!

Sizlarni eng avvalo, mana shu muhim kun – professional ta’lim to‘g‘risidagi diplomni qo‘lga olib, mustaqil katta hayotga qadam qo‘yayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Hech shubhasiz, bilim, ko‘nikma va malakangizni Vatanimizga munosib farzand bo‘lishdek maqsadlarga sarflashga bel bog‘lagan siz kabi yoshlar – yangi O‘zbekistonning bebaho oltin xazinasidir.

Aziz farzandlarim!

Sizlar zamonaviy ta’lim olib, kasb-hunar o‘rganib, jamiyatimizda munosib o‘rin egallashingiz uchun mamlakatimizda beqiyos imkoniyatlar yaratilgan. Ulardan foydalanib, kelgusida yurtimizdagi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, katta-katta nufuzli tashkilotlarda mehnat qilib, egallagan bilim va malakangiz bilan mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishingizga ishonaman.

Barchangizga kelgusi hayotda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Shuni unutmangki, kelajakda Sizni buyuk va mas’uliyatli marralar kutmoqda.

Oldingizga aniq orzu-maqsadlar qo‘yib, bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, ko‘zlagan cho‘qqilarga, albatta, erishasiz.
 
Qo‘ng‘irotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍3👏1