GulDPI. uz | Rasmiy
4.64K subscribers
12.2K photos
1.37K videos
49 files
4.14K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#apellyatsiya

Akademik litseylarga qabul test natijalari yuzasidan
apellyatsiya uchun arizalar qabul qilinmoqda

Ma’lumki, 2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilingan edi.

Ushbu kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali apellyatsiya shikoyatini 3-avgustga qadar (shu kuni ham) yuborishlari mumkin.

Arizalar faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

Apellyatsiya shikoyati vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi Apellyatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, abituriyentga Apellyatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida javob xati yuboriladi.

Apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

🔹apellyatsiya belgilangan Nizom talablari buzilgan holda taqdim etilgan bo‘lsa yoki ko‘rsatilgan dalillar o‘z tasdig‘ini topmasa test sinovi natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyati qondirilishini rad etish;
🔸shikoyatda ko‘rsatilgan dalillar o‘z tasdig‘ini topsa test sinovlari natijalarini o‘zgartirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish.

Takroriy apellyatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube