GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.9K photos
1.45K videos
50 files
4.42K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Dolzarb90kun #YoshlarBandligi

Oliy taʼlim muassasalarida 2025-yil iyun oyi “Yoshlar bandligi oyligi” deb eʼlon qilindi

Bu oy davomida “Muvaffaqiyatli bandlik — sifatli taʼlimning ishonchli kafolati!” shiori ostida yoshlarga kasbiy yoʻnalish berish, ularni ish bilan taʼminlash, zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlashga qaratilgan tizimli va samarali tadbirlar oʻtkaziladi.

📌 Oylik doirasidagi asosiy yo‘nalishlar:
Mehnat yarmarkalari va vakansiyalar taqdimoti;
Ish beruvchi tashkilotlar bilan “Karyera kunlari”ni tashkil etish;
Talabalarni amaliyot va stajirovkaga yo‘naltirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminarlar;
Talabalarning startap va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturini amalga oshirish;
vacancy.argos.uz platformasidan foydalanish orqali davlat xizmatlariga ishga joylashish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.

🔍 Ushbu tadbirlar yoshlarga mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish va sifatli ta’lim natijasida barqaror bandlikka erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

✔️ Barcha talabalar, bitiruvchilar va ish izlovchilarni yoshlar bandligi oyligida faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌32