GulDPI. uz | Rasmiy
4.58K subscribers
12.9K photos
1.48K videos
50 files
4.45K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#XalqaroHamkorlik #Bitim

O‘zbekiston va Fransiya ta’lim sohasida yangi hamkorlikni boshladi

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi strategik hamkorlik doirasida O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish bo‘yicha muhim bitim imzolandi. Hujjatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Fransiya Respublikasi Oliy ta’lim va tadqiqotlar vaziri Filip Batist imzo chekdi.

Rasmiy imzolash marosimida Fransiyaning nufuzli oliygohlari – Puatye, Gavr-Normandiya, Lion 2 va Renn universitetlari prezidentlari ham ishtirok etib, ushbu hamkorlikning istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Qayd etilganidek, ushbu universitetning tashkil etilishi ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash bilan birga, O‘zbekistonda xalqaro standartlarga mos bilim va innovatsiya markazini yaratishga xizmat qiladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/39958

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
3👍1👌1
#GDPI #XalqaroHamkorlik #ShenyannormalUniversiteti

💖 Guliston davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti Dilrabo Elmuratova Xitoy Xalq Respublikasining Shenyan normal universitetida tashkil etilgan malaka oshirish va madaniy almashinuv dasturlarida ishtirok etmoqda.

Ushbu xalqaro loyiha doirasida ishtirokchilar Shenyan normal universitetining ilmiy-tarbiyaviy faoliyati, zamonaviy pedagogik yondashuvlari, o‘quv jarayonlari va ta'lim-tarbiya sohasidagi ilg‘or tajribalari bilan yaqindan tanishdilar. Bundan tashqari, ular institutda yaratilgan qulay shart-sharoitlar, ta’lim sifati va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan imkoniyatlar bilan ham tanishdilar.

Ushbu tashrif xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashuvini kengaytirishda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 🌐 Instagram
🌐 Youtube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤‍🔥21