GulDPI. uz | Rasmiy
4.6K subscribers
13K photos
1.49K videos
50 files
4.47K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#XUSHXABAR

Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro reytingda 4 yulduzli universitet sifatida baholandi

Buyuk Britaniyaning eng nufuzli xalqaro reyting tashkilotlaridan biri QS (Quacquarelli Symonds) tomonidan tashkil qilingan QS Stars reytingi natijalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ichida birinchi bo‘lib Toshkent davlat yuridik universiteti ushbu ro‘yxatga kiritildi va 4 yulduzli universitet sifatida baholandi.

Ma’lumot uchun: QS Stars xalqaro reyting tizimi universitetlarni 13 ta yo‘nalish bo‘yicha baholaydigan, ko‘pqirrali metodologiya asosida tuzilgan reyting tizimi hisoblanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#XUSHXABAR

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi raqamlashtirish sohasida 2021-yilga nisbatan 16 pogʻonaga yuqorilab, vazirliklar orasida 2-oʻrinda

Davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish loyihalarining amalga oshirilishini reytingli baholash tizimi (NIS.UZ)ning 2022-yil 2-chorak natijalari eʼlon qilindi.

Baholash natijasiga koʻra, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vazirliklar orasida 2-oʻrinni, davlat boshqaruvi organlari orasida esa 4-oʻrinni qayd etib, “yashil” roʻyxatga kiritildi.

Bu esa oliy taʼlim tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish, bunda taʼlim jarayonlarida korrupsiyagen holatlar oldini olish, inson omilining har qanday aralashuviga chek qoʻyish, turli hujjatlar tayyorlashning qogʻoz shaklidan butkul voz kechish borasida samarali ishlar qilinganidan darak.

👉Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#xushxabar

Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo'nalishi 28-22-guruh talabasi Salimova Matluba Bahrom qizi (15.04.2023) Rossiya Federatsiyasining Tyumensk viloyati, Tobolsk shahrida o'tkazilgan “San'at asri (Век искусства)” nomli san'at tarixiga bag'ishlangan II xalqaro tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib,1-DARAJALI LAUREAT DIPLOM ini qo'lga kiritdi.

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍17
#XUSHXABAR

🏅Chempionlik muborak

🤼‍♀️🇨🇳 Xitoyning Xanjou shahrida o'tkazilayotgan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi a'zosi, Sirdaryo viloyatidan, Guliston davlat pedagogika instituti, Pedagogika fakulteti Jismoniy madaniyat yo'nalishi (XQS) 35-22-guruh talabasi Ulbo'sin Hakimova 48 kilogramm vazn toifasida KURASH bo'yicha OSIYO CHEMPIONI bo'ldi.👏👍👊

🇺🇿 Yashavor o'zbek qizi. Vatanimiz bayrog'ini ko'klarga ko'tarishing bardavom bolsin!

📥GulDPI axborot xizmati

✈️Telegram | 📷Instagram | 🖤YouTube | 📒Facebook | 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍45
#XUSHXABAR

🥇🥇Chempionlik muborak!

🎗Guliston davlat pedagogika instituti Jismoniy tarbiya yo‘nalishi 2-bosqich 30-22-guruh talabasi Mansurov Zuhur Karate bo'yicha o'tkazilgan Jahon chempionatida tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

⚡️Quvonarlisi, musobaqaning yakunida Mansurov Zuhur shohsupaning yuqori pog'onasiga ko'tarildi va 🥇🥇2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

🥋Ushbu musobaqada 31 mamlakatdan 1500 nafardan ziyod sportchi g'oliblik uchun kurash olib bordi.

🏆Yosh sportchimizni g'alaba bilan muborakbod etib, keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz!

📩GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍20🎉73🏆1
Forwarded from Edu.uz
#XUSHXABAR

AOKA reytingida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 1-o‘rinda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarining reytingi e’lon qilindi.

2023-yil yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 131 nafar matbuot kotibi faoliyati baholandi.

Baholash natijasiga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbarining faoliyati vazirliklar orasida 1-o‘rinni egalladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍5👏3🎉2
Forwarded from Edu.uz
#xushxabar #talaba_yutuqlari

☄️O‘zbekiston delegatsiyasi 26 yil kutilgan oltin medalni qo‘lga kiritdi

Xitoyning Xarbin shahrida davom etayotgan IX qishki Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi yutuqqa erishdi.

26 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alabani O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari – figurali uchish bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish taqdim etdilar.

Sportchilarimiz 176.43 ball to‘plab, musobaqaning eng yuqori natijasini qayd etdilar va qishki Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7👍1