GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#UmummilliyLoyiha #YashilMakon

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oliy ta’lim muassasalarida “Ziyolilar bog‘”lari tashkil etildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jizzax politexnika instituti hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i”da ko‘chat ekish marafoniga rasmiy start berildi.

Katta tantana, ko‘tarinki shukuhda o‘tkazilgan marafon ochilish marosimida Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Savurboyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari, hududiy boshqarmalar va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, 2000 nafarga yaqin ko‘ngilli talabalar bevosita ishtirok etgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida respublikamizning 14 hududidagi studiyalardan turib vazirlik markaziy apparati hamda barcha kasbiy va oliy ta’lim muassasalari jamoalari onlayn qatnashdi.

Bahor mavsumida vazirlik tizimidagi 200 ta oliy ta’lim muassasasida jami 648 ming tup daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan. 15-mart kuni mamlakat bo‘ylab 30 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekilib, “Ziyolilar bog‘i” tashkil etildi.

“Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladiki...” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir doirasida Jizzax politexnika institutining 1,5 gektar maydonida 1700 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Mazkur tashabbus oliy ta’lim muassasalarida yashil hududlar barpo etish, talabalar va yoshlarning ekologik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍4❤‍🔥1👏1👌1
#UmummilliyLoyiha #YashilMakon

🌳“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oliy ta’lim muassasalarida “Ziyolilar bog‘”lari tashkil etildi.


🗣Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jizzax politexnika institutida “Ziyolilar bog‘i”ni barpo etish jarayonlarida Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.Karshibayev ham ishtirok etmoqda. Bugun ko‘tarinki ruhda boshlangan ko‘chat ekish marafonida vazirlik mutasaddilari, hududiy boshqarmalar va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari faol ishtirok etishmoqda.

💬Mamlakat bo‘ylab 30 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, “Ziyolilar bog‘i”ga asos solindi. Ushbu tashabbus talaba-yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish va yashil hududlar barpo etishga xizmat qiladi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍49🔥35👏31🤩2825🥰25🎉192