GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#taqdirlash_marosimi

🇺🇿 Bugun Yoshlar ishlari agentligida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy izlanish olib borayotgan yosh manbashunos olimlar, tadqiqotchi va magistrlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida” tanlovi g‘oliblarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🎓 Tanlov g‘oliblari 1-o‘rin 30 million, 2-o‘rin 20 million va 3-o‘rin 10 million so‘m miqdoridagi pul yutuqlari, diplom hamda maxsus statuetka bilan taqdirlandi.

🏆 Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar bilan tanishing:

🟢“Besh muhim tashabbusni keng joriy etishning ilg‘or texnologiyalari” nominatsiyasi bo‘yicha:
🔵1-o‘rin: Pirmatova Farangiz, TMI;
🔵2-o‘rin: Joniqulov Nurali, TKTI;
🔵3-o‘rin: Orziqulova Gavharxon, JizPI.

🟢“Yoshlar o‘rtasida IT-texnologiyalarini rivojlantirishning zamonaviy usullari” nominatsiyasi bo‘yicha:
🔵1-o‘rin: Omonov Ravshanjon, O‘zMU;
🔵2-o‘rin: Tursunniyozov Fazliddin, TerDU;
🔵3-o‘rin: Sandiboyev Suhrob, GulDU.

🟢“Xorijiy tillarni o‘zlashtirishning zamonaviy usullari” nominatsiyasi bo‘yicha:
🔵1-o‘rin: Dilshodov Asilbek, ADTI;
🔵2-o‘rin: Isroilov Sardorbek, NamMTI;
🔵3-o‘rin: Xasanova Sevara, JizPI.

🟢“Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishning ta’sirchan mexanizmlari” nominatsiyasi bo‘yicha:
🔵2-o‘rin: Otajonov Botirbek, TATU UF;
🔵3-o‘rin: Mengturayev Samandar, TerDU.

🟢“Yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullari” nominatsiyasi bo‘yicha:
🔵2-o‘rin: Kamoliddinov Murodjon, NamMQI;
🔵3-o‘rin: Narzullayev Boburjon, NDKTU.

Izoh: so‘nggi 2 ta nominatsiya bo‘yicha ishtirokchilar yetarli ball to‘play olmagani sababli 1-o‘rin sohiblari e’lon qilinmadi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chinakam jasorat va bahodirlik namunasi, Yangi O‘zbekiston tarixining chinakam yangi sahifalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashdi va ularga davlat mukofotlarini topshirdi.

#Mirziyoyev #marosim #olimpiyachilar #taqdirlash

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7
Forwarded from Edu.uz
#YoshlarAkademiyasi #Taqdirlash

“Yoshlar Akademiyasi”ning V Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

Assambleyani Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ochib berdi.

Anjumanda respublika miqyosida 107 ta oliy ta’lim muassasalarining liderlari o‘z loyihalari bilan ishtirok etib, ko‘rsatgan natijalari haqida ma’lumot berishdi.

Hududlardan eng iqtidorli, innovatsion faoliyat bilan shug‘ullangan 556 nafar yigit-qizlar “Yoshlar akademiyasi” a’zoligiga qabul qilindi. Eng faol 8 nafar “Yoshlar akademiyasi” liderlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, faoliyatini yaqinda boshlagan Yoshlar akademiyasi liderlariga ham “Yoshlar akademiyasi guvohnomasi” hamda belgisi topshirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41919

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍6
Forwarded from Edu.uz
#Taqdirlash #MirzoUlugʻbekVorislari

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi: Respublika bosqichi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi

To‘rt kun davom etgan ushbu bellashuvlar davomida respublikamizning barcha hududlaridan kelgan iqtidorli yoshlar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Bellashuvlar doirasida yoshlar nafaqat ilmiy loyihalarini taqdim etdilar, balki o‘zaro tajriba almashish, yangi do‘stlar orttirish va ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

24-may kuni g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, akademik Oqil Salimov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, professor Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati, shuningdek, bir qator oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/56541

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍3