GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi

Rektorlar bilan investitsiya va eksport salohiyatini oshirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi


17-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiev ishtirokida xorijiy investitsiya mablag‘larini jalb qilish va eksport ko‘rsatkichlarini oshirishdagi imkoniyatlar va mavjud muammolar yuzasidan oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv o‘tkazildi. Unda oliygohlar rahbarli, tegishli vazirlik va idoralar vakillari qatnashdi.

Muloqot davomida oliygohlar rahbarlarining investitsiya jalb qilish yuzasidan takliflari tinglanib, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/36448

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍3🎉1
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi #sport #targʻibot

“Sog‘lom inson-sog‘lom millat” g‘oyasini umummilliy harakatga aylantiramiz.
Shavkat Mirziyoyev



🗣“Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umummilliy harakati doirasidagi tadbirlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2025-yil 13-fevral kuni olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Guliston davlat pedagogika institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi bilan hamkorlikda yana bir tashabbus yo‘lga qo‘yildi.

🏋️‍♀️Institut talabalari va institutga yaqin hududlarda yashayotgan aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar ko‘lamini oshirish maqsadida ertalabki gimnastika mashg‘ulotlari tashkil qilindi

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👌1
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi_amalda

📌Guliston davlat pedagogika instituti va maktablar hamkorligi davom etmoqda.

➡️Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi professor-oʻqituvchilari Boyovut tumanidagi biriktirilgan maktablarga borishdi. Tashrif davomida maktablarning muammolarini oʻrganishdi.

✔️Guliston davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘qituvchilarga uslubiy-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida oʻqituvchi va oʻquvchilar bilan suhbat olib bordilar.

◀️Mazkur seminarda o‘qituvchilarning zamonaviy talablar asosida bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ilmiy-metodik yangiliklar, hozirgi kunda joriy etilayotgan yangi pedagogik texnologiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.


💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👌1
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi_amalda

📌Guliston davlat pedagogika instituti xodimlariga biriktirilgan umumta’lim maktablarini oʻrganish boʻyicha “Aniq fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi M.A.Mavlyanov tomonidan Boyovut tumani Uchturgʻon MFY da joylashgan tuman maktab va maktabgacha ta’lim boʻlimiga qarashli 5-sonli maktabdagi holatlar boʻyicha oʻrganish olib borildi.

Oʻrganishlar mobaynida quyidagi kamchiliklar asosida tavsiyalar berildi:
↪️Bitiruvchilarni aniq va tabiiy fanlardan bilimini oshirish;
↪️Laboratoriya xonalarni toʻliq ishlatib metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
↪️Laboratoriya xonalarini invertarlar bilan toʻldirish kerak.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi_amalda

📌Guliston davlat pedagogika instituti va maktablar hamkorligi davom etmoqda.


🗣Guliston davlat pedagogika instituti xodimlariga biriktirilgan umumta’lim maktablarini oʻrganish boʻyicha “Pedagogika” kafedrasi jismoniy madaniyat  yoʻnalishi oʻqituvchisi O.M.Alijonov tomonidan Boyovut tumani Olmazor MFY da joylashgan tuman maktab va maktabgacha ta’lim boʻlimiga qarashli 8-sonli maktabdagi holatlar boʻyicha oʻrganish olib borildi.

Oʻrganishlar mobaynida quyidagi kamchiliklar asosida tavsiyalar berildi:
↪️Bitiruvchilarni aniq  fanlardan bilimini oshirish;
↪️Laboratoriya va texnologiya xonalarni toʻliq inventarlar bilan jihozlash;
↪️Maktab faollar zalini rekonstruksiya qilish va jihozlash;
↪️Maktab oʻquvchilari soniga nisbatan maktab hojatxonasini kichkinaligi sababli uni kengaytirish.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi_amalda

🗣Guliston davlat pedagogika instituti va maktablar o‘rtasidagi hamkorlik izchil davom etmoqda.

Ta’lim tizimi uzviyligini ta’minlash, yosh avlodga sifatli bilim berish va o‘qituvchilarning malakasini oshirish yo‘lida samarali loyihalar amalga oshirilmoqda.

👨‍🏫 Ushbu hamkorlik natijasida institutimiz professor-o‘qituvchilari maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan yaqindan ishlashmoqda, tajriba almashish jarayonlari o‘tkazilmoqda. Bu esa ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏2🔥1🎉1
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi_amalda

📌Guliston davlat pedagogika instituti va maktablar hamkorligi davom etmoqda.


◀️Xorijiy tillar kafedrasi professor-oʻqituvchilari Boyovut tumanidagi biriktirilgan maktablarga borishdi. Tashrif davomida maktablarning muammolarini oʻrganishdi.

☑️Guliston davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘qituvchilarga uslubiy-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida oʻqituvchi va oʻquvchilar bilan suhbat olib bordilar.

➡️Mazkur seminarda o‘qituvchilarning zamonaviy talablar asosida bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ilmiy-metodik yangiliklar, hozirgi kunda joriy etilayotgan yangi pedagogik texnologiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi_amalda

⚽️Sport — ham jismonan, ham aqlan rivojlantiradi.

📌Guliston davlat pedagogika instituti oʻqituvchi va talabalari tomonidan yugurish marafoni hamda ertalabki badantarbiya mashgʻuloti tashkil etildi.

     ▶️Muhtaram yurtboshimiz raisligida olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi hamda Guliston davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda Guliston shahrida yugurish marafoni hamda ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏1👌1
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi_amalda

📌Guliston davlat pedagogika instituti va maktablar oʻrtasidagi hamkorlik davom etmoqda.

🗣Guliston davlat pedagogika instituti ta’lim tizimi uzviyligini ta’minlash va kelajak avlod tarbiyasida maktablar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida faoliyat olib bormoqda. Shu munosabat bilan H.Bekpo‘latov va M.Fayzullayevlar Guliston tumanidagi maktablarga tashrif buyurib, ularning faoliyatini o‘rganib chiqishdi.

Tashrif davomida o‘quv jarayonining sifati, maktab infratuzilmasi, o‘qituvchilarning metodik ishlari va o‘quvchilarning bilim darajasi o‘rganildi. Institut jamoasi maktab pedagoglari bilan tajriba almashib, o‘quvchilarning oliy ta’limga yo‘nalishini kuchaytirish bo‘yicha fikr almashdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏3🔥1
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi_amalda

🗣Institut va maktablar hamkorligi doirasida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 31-maktabga tashrif

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida joylashgan 31-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurildi. Tashrif doirasida maktab o‘qituvchilarining faoliyati, bitiruvchilarning ta’lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik baza, laboratoriyalar, axborot-resurs markazi tahlil qilindi.

📊 Shuningdek, Guliston davlat pedagogika instituti vakili R.Z.Xayrov tomonidan 2025-2026 o‘quv yili uchun ta’lim yo‘nalishlari haqida maktab bitiruvchilariga batafsil ma’lumot berildi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤‍🔥11
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi_amalda
#Taʼlim #Rektor #Mahalla #YaxshilikkaQadam

🗣Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.Karshibayev hududdagi maktab va mahallani oʻrganib chiqdi.

📌Bu tashrif taʼlim tizimidagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yoʻlidagi muhim qadamdir. Mahalliy oʻquvchilarning ehtiyojlarini tushunib, maktablarning infratuzilmasini yaxshilash, oʻqituvchilarni qoʻllab-quvvatlash va taʼlim sifatini oshirishga oid takliflar ishlab chiqiladi.

➡️Bu kabi tashriflar taʼlimning barcha qirralarini yaxshilashga va imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥43👏2
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi_amalda

📌Guliston davlat pedagogika instituti va maktablar hamkorligi davom etmoqda.


🗣21-22 fevral kunlari “Tarix va sanʼatshunoslik” kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirokida Boyovut tumanidagi biriktirilgan maktablarda “Maktab va oliy taʼlim muassasasi integratsiyasi” shiori ostida kadrlar tayyorlash, maktab oʻquvchilarning imkoniyat va qiziqishlaridan kelib chiqib, ularni sohaga yoʻnaltirish boʻyicha muloqot davra suhbatlarini oʻtkazishdi.

➡️Jumladan, yoshlarni institutdagi mavjud yoʻnalishlar bilan tanishtirish va ularni kelgusida kasb tanlashlari uchun yetarli axborot berish uchun ochiq muloqotlar, mahorat darslari tashkil etildi.
Maktab va institut hamkorligi davom etmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42👏2🏆2🔥1
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi_amalda

📌Guliston davlat pedagogika instituti va maktablar hamkorligi davom etmoqda.


🗣Institut va maktablar hamkorligi doirasida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida joylashgan 54-umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurildi.

Tashrif doirasida maktab oʻquvchilarining faoliyati, maktabning moddiy-texnik bazasi, laboratoriya xonalari va bitiruvchi oʻquvchilardagi mavjud muammolar oʻrganildi.
Shuningdek, Guliston davlat pedagogika instituti tomonidan biriktirilgan oʻqituvchi Ch.Abdullayeva 2025-2026-oʻquv yili uchun institutdagi taʼlim yoʻnalishlari va imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏2🔥1
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi_amalda

📌Guliston davlat pedagogika instituti va maktablar hamkorligi davom etmoqda.


Oliy taʼlim tizimini ijtimoiy soha tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, taʼlim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini taʼminlash asosida taʼlim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, “Maktab va taʼlim muassasasi” hamkorligi rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Shu sababli Guliston davlat pedagogika instituti “Tarix va sanʼatshunoslik” kafedrasi katta oʻqituvchisi N.Raximov tomonidan Boyovut tumanidagi 39-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilariga musiqa ilmidan bilim va malakalarini mustahkamlovchi darslarini oʻtkazdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👌1🏆1
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi_amalda

📌Guliston davlat pedagogika instituti va maktablar hamkorligi davom etmoqda.


🗣Institut va maktablar hamkorligi doirasida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida joylashgan 55-umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurildi.

Tashrif doirasida maktab oʻquvchilarining faoliyati, maktabning moddiy-texnik bazasi, laboratoriya xonalari va bitiruvchi oʻquvchilardagi mavjud muammolar oʻrganildi.

➡️Shuningdek, Guliston davlat pedagogika instituti tomonidan biriktirilgan oʻqituvchi Salomat Xatamova 2025-2026-oʻquv yili uchun institutdagi taʼlim yoʻnalishlari va imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi_amalda

🤝Institut va maktablar hamkorligi davom etmoqda.

🗣Yurtimizda taʼlim va fan sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida umumiy oʻrta taʼlim va OTM oʻrtasida har tomonlama hamkorlikni kengaytirish maqsadida Guliston davlat pedagogika instituti tarix va sanʼatshunoslik kafedrasi ustozi Sh.Yulyaxshiyev tomonidan Boyovut tumanidagi 36-umumtaʼlim maktabida musiqa darsidan oʻquvchi yoshlarga mahorat darsi tashkil etildi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰10860🔥45👏39🤩35👍27🏆2
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi

➡️“Kelajakka qadam” – bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar!


🛡O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qaroriga binoan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashish jarayonini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kelajakka qadam” dasturi yo‘lga qo‘yildi.

💬Ushbu dastur yosh mutaxassislarning kelajakdagi faoliyatiga yo‘nalish berish, ularga kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda bandligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi.

Mazkur dastur doirasida Guliston davlat pedagogika institutida talabalar uchun seminar tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga mehnat bozoridagi imkoniyatlar, ishga joylashishning zamonaviy usullari va kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari haqida muhim tavsiyalar berildi. Mutaxassislar va tajribali soha vakillari bitiruvchilarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha qimmatli maslahatlar berib, ularning kelajakdagi rejalari haqida fikr almashishdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏19🎉19👍1716🔥9🥰8🤩71
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi_amalda

Sayhunobod tuman 2-son politexnikumida ta’lim sifatini oshirish va moddiy-texnik bazani rivojlantirish


🗣Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi Sayhunobod tuman 2-son politexnikumida bo‘lib, bu yerda ta’lim jarayonlari, mavjud sharoitlar va muammolarni o‘rganishdi. Institut vakillari tomonidan politexnikum jamoasiga zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida turli badiiy va ilmiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Uchrashuv davomida oliy ta’limga qamrab olish masalasi ham muhokama qilinib, kelgusida ta’lim sifatini oshirish hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishib olindi. O‘qituvchilar uchun foydali ma’lumotlar taqdim etilib, o‘quvchilarga ilm yo‘lida keng imkoniyatlar ochib berish bo‘yicha fikr almashildi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1816👏15🎉9🔥7🥰6🤩61
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi_amalda

📌 Guliston davlat pedagogika instituti va maktablar o‘rtasidagi hamkorlik izchil davom etmoqda.

Oliy ta’lim muassasalari bilan umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida Guliston davlat pedagogika instituti vakillari bir qator maktablarga tashrif buyurishmoqda.

🗣 Guliston davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti dekani Sh. Norqulov Guliston tumanidagi 11-maktabga tashrif buyurib, maktabdagi mavjud shart-sharoitlar, o‘quv jarayoni holati bilan tanishdi hamda pedagog kadrlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

📊 Maktab infratuzilmasi, ta’lim sifati, o‘quvchilarning bilim darajasi va o‘qitish uslublari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv davomida ta’lim sifatini yanada oshirish, institut va maktab o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏1