GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.4K photos
1.27K videos
49 files
3.89K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#MUHIM

⚡️Magistraturaga kirolmaganlar uchun qoʻshimcha imkoniyat

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq joriy oʻquv yilida faqatgina davlat oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga С1, В2 milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatiga ega boʻlib, hujjat topshirgan, ammo kvota doirasida talaba boʻlolmaganlarga belgilangan bazaviy toʻlov-kontraktning 1.5 baravaridan oshmagan miqdordagi toʻlov asosida magistraturada oʻqish imkoniyati yaratildi.

Oʻqish istagini bildirganlar oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalariga murojaat qilishlari mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#MUHIM

⚡️Magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar sertifikati borlar hujjat topshirishi mumkin

2022/2023 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga dekabr-yanvar oylaridagi tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi.

Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida talab etilganidek milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlarga 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.

Tanlov natijalari bakalavriat diplomning oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi.

Maʼlumot oʻrnida, Prezidentning tegishli qaroriga koʻra abituriyent filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida C1, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlish talabi belgilangan.

👉Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#Muhim
#Qo‘shimcha

Hozirda 1-kursga tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati o‘z ishini boshlamadi.

Ushbu ishlar yakuniga yetganidan so‘ng ariza berish imkoni yaratiladi. Bu bo‘yicha yana qo‘shimcha maʼlumot beriladi.


На данный момент услуга подачи заявления на размещение в студенческих общежитиях не запущена, так как информация о рекомендованных к обучению на 1-м курсе вносится в электронные базы данных.

После завершения данных работ услуга будет доступна. Дополнительная информация о статусе услуги будет предоставлена.


At the moment, the service of applying for accommodation in student dormitories has not been launched, since information about those recommended for study in the 1st year is entered into electronic databases.

After the completion of these works, the service will be available. Additional information about the status of the service will be provided.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#muhim_yangilik

C1 darajaga ega professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘qituvchilariga 50% ustama beriladi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar, taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlar, xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) roʻyxati hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini belgilash toʻgʻrisida”gi qo‘shma qarorni imzoladi.

Unga koʻra joriy yil 1-sentabrdan boshlab professional taʼlim muassasalar (kasb-hunar maktabi, kollej va texnikum) va akademik litseyning xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan kamida С1 darajadagi sertifikatlarga ega umumtaʼlim fan oʻqituvchilari bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorda ustama haq toʻlash yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, qaror bilan:

Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar roʻyxati;

Taʼlim sohasida xizmat kо‘rsаtuvсhi vakolatli xalqaro tashkilotlar roʻyxati;

Xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ulаrning kombinatsiyasi) rо‘yxati tasdiqlandi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube