GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#matbuot_anjumani

🏢 Joriy yilning 17-iyul kuni Guliston davlat pedagogika institutida “2023-2024-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasasida bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun belgilangan qabul kvotalari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

⚡️Anjumanda mas’ullar tomonidan mazkur oliygohda 2023/2024 oʻquv yili uchun bakalavriatning kunduzgi, sirtqi, kechki ta'lim shakllari bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari, yangi ochilgan ta'lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari, shuningdek, abituriyentlarga yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar, kasbiy ijodiy imtihonlarning o‘tkazilish vaqti, tartibi, ballar taqsimoti xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida OAV vakillari va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.

📥 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍4👏1
Forwarded from OTFIV ǀ Dolzarb 90 kun
#Matbuot_anjumani #LIVE

🖊 2023-2024 o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yakunlari

AOKAda Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida shu mavzuda matbuot anjumani boshlandi.

Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin:

📹 Жонли эфир



В Агентстве информации и массовых коммуникаций началась пресс-конференция по итогам тестовых вступительных экзаменов при участии ответственных лиц Министерства высшего образования, науки и инноваций и руководства Агентства по оценке знаний и квалификаций при Министерстве.

📹 Прямой эфир

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from Edu.uz
#live #matbuot_anjumani

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani boshlandi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori o‘rinbosari Farxod Mirzayev hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasini shakllantirish va taqsimotini amalga oshirish tizimini takomillashtirish; bilimli yoshlarni tanlov asosida qabul qilishning yangi tizimini joriy qilish; ta’lim grantlarini ikkinchi va undan yuqori kurslarda qayta taqsimlash amaliyotini joriy etish; oliy ta’lim yo‘nalishlarini maqbullashtirish kabi qator yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi.

Anjuman tafsilotlari vazirlikning Youtubedagi sahifasida jonli efirga uzatilmoqda 👉

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#live #matbuot_anjumani

Yangi tizim respublika bo‘yicha eng bilimli yoshlarni saralash imkonini beradi


Joriy yilning 6-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda quyidagi islohotlarni joriy qilish taklif etildi:

Davlat buyurtmasi (grant kvotalar)ni shakllantirish bo‘yicha:
davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi;
ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartirilib, ushbu kvotalarni ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalari orasida taqsimlanadi;
2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash va ularga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi (amalda 1 yil);
oliygohlar moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, keyingi o‘quv yili uchun umumiy qabul parametrlarini (grant va kontraktga ajratmagan holda) bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha shakllantiradi;
davlat buyurtmasi asosida grant o‘rinlari har bir yo‘nalish uchun respublika bo‘yicha to‘plangan ballar ketma-ketligiga ko‘ra abituriyentlarning tanloviga muvofiq amalga oshiriladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from Edu.uz
#Matbuot_anjumani

“Oliy taʼlimda grantlar: yangi tartib va imkoniyatlar” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi

26-mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Press-konferensiyada Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev hamda departament boshligʻi Abduvali Xoliqov ishtirok etdi.

Qarorga koʻra, oliygohlarda davlat granti kvotalarini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlash amaliyoti joriy etildi. Endilikda ikkinchi va undan yuqori kurslarda tahsil olayotgan, oʻzlashtirish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan ijtimoiy faol talabalarga taʼlim granti toʻliq va toʻliq boʻlmagan shakllarda taqdim etiladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/42114

➡️На русском
➡️In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🎉1511🔥11👍9