GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#qabul2024
#magistratura

⚡️ 2024/2025-oʻquv yili MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi


💬 Ushbu roʻyxat orqali qaysi taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasasi MAGISTRATURASI mutaxassisligiga turdosh ekanini bilib olishingiz mumkin.

✔️Shuningdek:

🔹respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar OTM yoki filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari mos (muvofiq) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadi;
🔸turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlar bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.

➡️Faylni yuklab olish

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏1
Forwarded from Edu.uz
#Magistratura_2024

⚡️6–8-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin


2024/2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul boʻyicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.


🟥Arizalarni koʻrib chiqish natijasida koʻplab murojaatlar turli muayyan (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, yuklangan hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablar) sabablarga koʻra rad etilgan.

⭐️Shuni inobatga olib, 1–30-iyul kunlari magistr.edu.uz tizimidan magistraturaga oʻqishga kirish uchun ariza yuborgan va kamchiliklar mavjud boʻlganligi sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga 6–8-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

☝️Muhim eslatma, xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida boʻlmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar esa koʻrib chiqilmaydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM