GulDPI. uz | Rasmiy
4.45K subscribers
13.4K photos
1.59K videos
57 files
4.66K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Madaniy #Tadbir

🧍‍♀️🧍1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.

💫 Bayram munosabati bilan Guliston davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 18-22 hamda 19-22 guruh talabalari tomonidan “Bolalarga bering dunyoni“ mavzusida tadbir o‘tkazildi.

⚡️ Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilari To‘raqulova Malohat va Niyozova Gulnoza tashabbusi bilan tashkil etilgan madaniy tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan kuy-qo'shiqlar, raqslar hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

💥 Shuningdek, bir-biridan qiziqarli o‘yinlar talaba-yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat bag’ishladi.

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍13👏1🎉1👌1
#madaniy #tadbir

📓Joriy yilning 6-iyun kuni Guliston davlat pedagogika institutida rus adabiyotining namoyondalaridan biri shoir Aleksandr Sergeyevich Pushkinning hayoti va ijodiga bag’ishlangan madaniy tadbir bo‘lib olib o‘tdi.

📝O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishi talabalari tomonidan tashkil etilgan tadbirda iste’dodli shoir ijodidan she’riy na’munalar o‘qildi.

💃 Shuningdek, Musiqa ta’limi yo‘nalish talabalari tomonidan tayyorlangan ko‘ngilochar dasturlar, rus millatiga mansub bir-biridan ajoyib raqslar namoyish etildi.

💥 Madaniy tadbir Tillarni o‘qitish kafedrasi mudiri B.Qurbonov, katta o‘qituvchi Gizatulina Olga Ivanovna va o‘qituvchi D.Suyunova tashabbusi bilan ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
4❤‍🔥4👍4