GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.6K photos
1.2K videos
42 files
3.66K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.
Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Хalqaro_hamkorlik
#GulDPI_olimlari

Ayni kunlarda Guliston davlat pedagogika institutining ilmiy salohiyatli professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya Turkiyaning Belikesir shahrida joylashgan Belikesir universitetida stajirovka o‘tamoqda.

🖇 Mazkur universitet QS EECA xalqaro reytingida 351-o‘rinda, Europe University Rankings bo‘yicha xalqaro reytinglar bazasida 58-o‘rindan joy olgan.

📌Stajirovkada GulDPI Pedagogika kafedrasi dotsenti D.Elmuratova va Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik kafedrasi dotsenti U.Mirzaliyevlarni Belikesir universiteti rektori PROF. DR. YÜCEL OĞURLU qabul qildi va universitet faoliyati to‘g’risida ma’lumotlar bilan tanishtirdi.

🔗Stajirovka davom etmoqda….

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#xalqaro_hamkorlik
#GulDPI_olimlari

Ayni vaqtda, Turkiyaning QS EECA xalqaro reytingida 351-o‘rinda, Europe University Rankings bo‘yicha xalqaro reytinglar bazasida 58-o‘rindan joy olgan Balikesir universitetida 2 nafar professor-o‘qituvchilarimiz, Pedagogika kafedrasi dotsenti D.Elmuratova va Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik kafedrasi dotsenti U.Mirzaliyevlarning ilmiy stajirovkada bo'lib turishibdi.

🤝 Professorlarimizni Boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani Prof.Dr.Mehmet Basturkning o‘zi xushmuomalalik bilan kutib oldi.

💡Balikesir universiteti professor-o‘qituvchilari tashrif buyurgan professorlarimiz bilan o‘zlarining innovatsion o‘qitish uslublari bilan o‘rtoqlashdilar.

🤝 Ta’lim muassasalari o'rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi hamda yaqin kelajakda maqolalar va darsliklarni birgalikda nashr etishga kelishib olindi.

🌐 Hamkorlikdagi onlayn konferentsiyalar va o'quv seminarlari tashkil qilinishi rejalashtirildi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#xalqaro_hamkorlik
#GulDPI_olimlari

🌐Ayni vaqtda, 4 nafar professor-o‘qituvchilarimiz, Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori Faxriddinov Yoqubjon Abubakir o‘g‘li,  O'zbek tili va tillarni o'qitish kafedrasi dotsenti Jabbarova Dilbar Darmanovna, Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik kafedrasi dotsenti Kanimkulov Olimjon Sheraliyevich hamda Pedagogika kafedrasi dotsenti Isayeva Guli Parpiyevnalar Qozog'istonning QS dunyo universitetlari xalqaro reytingida 250-o‘rindan joy olgan Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy Universitetida ilmiy stajirovka o'tashmoqda.

🏛Shu qatorda Almati shahrida Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetining 90 yilligi munosabati bilan xalqaro tashkilotlar, yetakchi ilmiy markazlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda 2024-yil 4-apreldan 12-aprelgacha o'tkazilayotgan III Xalqaro Farobiy Forumida ishtirok etishmoqda.

💡Professor-o‘qituvchilarimiz hamda  forumga tashrif buyurgan xorijiy ta'lim sohasidagi ekspertlar o‘zlarining bilim va ko'nikmalarini bir birlari bilan o'rtoqlashmoqdalar.

🤝 Ta’lim muassasalari o'rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolashga va ilmiy sohada maqolalar va darsliklarni hammualliflikda nashr etishga kelishib olindi.

Xalqaro tashrif davom etmoqda...

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇰🇿
#GulDPI_olimlari

🌐Avval xabar berganimizdek, 4 nafar professor-o‘qituvchilarimiz, Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy Universitetida ilmiy stajirovka safarida bo'lib turishibdi.

🤝 Tashrifning navbatdagi kunida, professor-o'qituvchilarimiz hamda universitetning tarix fakulteti dekani prof. Dosbol Suleymanovich o'rtasida kelgusidagi sohalar kesimida hamkorlik qilish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi.

Batafsil: 👉https://telegra.ph/GulDPI-04-05

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website