GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#ogohlik

🔥 Is gazi va yong‘in xavfidan ogoh bo‘ling. Xavfsizlik qoidalariga amal qiling!

nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang;

isitish pechlari va dudburonlarning sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini nazoratga oling;

gaz plitalaridan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

xonalarni vaqti-vaqti bilan shamollatib turing;

isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;

gaz uskunalarini rezina shlanglar orqali ulamang;

tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;

isitish moslamalari yaqinida tez yonuvchi buyumlarni saqlamang.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
"Kasbim faxrim" mavzusida uch avlod uchrashuvi bo'lib o'tdi.

🏛 Guliston davlat pedagogika institutining Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari, magistrlari va Guliston shahri 18-umumta'lim maktabining pedagogik sinf o'quvchilari bilan "Kasbim faxrim" mavzusida uch avlod uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbirda pedagogik sinf o'quchilarining kelajakdagi maqsadlarini yanada aniqlashtirish, ta'limga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish, xorijiy tillarga bo'lgan qiziqishlarini oshirish bo'yicha ishlar olib borildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👏5
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Endi bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etiladi

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi.


Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi.

Qaror bilan oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar ham tasdiqlandi.

Shuningdek, quyidagilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi:

➡️oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining attestatsiyasini tashkil etishda ish beruvchi korxona va tashkilotlarga har tomonlama uslubiy jihatdan ko‘maklashish hamda ularning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
➡️kasbiy ta’lim tashkilotlarida attestatsiyani tashkil etishdan kamida bir oy oldin manfaatdor vazirlik va idoralar takliflari asosida bitiruvchilarning attestatsiyasi o‘tkaziladigan korxona va tashkilotlar hamda ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini tasdiqlash va e’lon qilish;
➡️2025-yil 1-yanvardan boshlab kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish o‘quv rejalariga “Germaniya tajribasi” asosida bitiruvchilarni baholash bo‘yicha o‘quv kursini kiritish.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1👌1
#diqqat_tanlov

🟦🟦🟦

Turkiyaning “BALIKESIR” universitetiga yosh olimlar stajirovka uchun yuboriladi!

Shu maqsadda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi doirasida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi (Yo‘l xaritasi)da Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida yosh olimlarni xorijiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish uchun maqdasli tanlov eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra 2025-yil davomida 30 kunlik muddatga stajirovka o‘tash uchun 40 nafar yosh olim saralab olinadi.

Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni 2025-yilning 31-yanvar sanasiga qadar (edo.ijro.uz, info@ilmiy.uz yoki mininnovation@exat.uz elektron manzili orqali) Agentlikka taqdim etishlari mumkin.

🌐Batafsil

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
Talabalar uchun yana bir qulaylik: GulDPIda talabalar uchun yana bir bino foydalanishga topshirildi.

Guliston davlat pedagogika institutida yangi TTJning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlat xususiy sherikchilik asosida talabalar uchun 400 o‘rinli yangi TTJ foydalanishga topshirildi.Yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi oshib borishi bilan bir qatorda, yotoqxonalarga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Guliston davlat pedagogika instituti talabalari uchun barcha qulayliklarga ega 400 o‘ringa mo‘ljallangan yangi 2-talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍132👏2🎉1👌1