GulDPI. uz | Rasmiy
4.49K subscribers
13.3K photos
1.58K videos
56 files
4.64K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
“ Birinchi kurs maktabi“

Guliston davlat pedagogika institutida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun “ Birinchi kurs maktabi“ tadbirlari davom etmoqda. Bugungi tadbirlar talabalarning o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha qanday sohada yoki qaysi tashkilotlarda ishlashi mumkin degan savolga javob berishga qaratilgan bo‘lib, bunda dastlab mutaxassis yo‘nalishlari tanishtirildi.

So‘ngra tegishli hududlar bo‘yicha tashkilotlar va korxonalarga ekskursiyalar tashkil etildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#talabalar_xavfsizligi_oyligi

"Talabalar xavfsizligi" oyligi doirasida davra suhbati tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-iyundagi 32/21-QQ-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ilovasi bilan tasdiqlangan yo‘riqnomada har yili 15-sentabrdan 15-oktabrgacha “Talabalar xavfsizligi” oyligini tashkil etish vazifasi belgilab qo'yilgan. Guliston davlat pedagogika instituti XQMB inspektori katta leytenant N.Omonova , institut boshlang'ich ta'lim yetakchisi A.Dehqonov,institut shifokori T. Jarekeva, shuningdek yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlari N.Boyjigitov va A.Abduvahobovlar tomonidan TTJda istiqomat qiluvchi talaba- qizlar bilan davra suhbati tashkil etildi.

Batafsil:

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
1👍1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_bazalardan_foydalanish
#videoqo‘llanma

Ilmiy maqolalarni xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash bo‘yicha videoqo‘llanmalar yaratildi

Tadqiqotchilarning xalqaro ilmiy bazalardan foydalanish borasidagi tajribalarini oshirish maqsadida xalqaro
reyting va boshqa bir qancha tashkilotlar bilan hamkorlikda samarali ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Buyuk Britaniyaning Clarivate kompaniyasi hamkorlikda ilmiy maqolalarni xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash yo‘nalishda videoqo‘llanmalar tayyorlandi.

Videoqo‘llanmalardan foydalanish davomida ilmiy maqolalarni xalqaro maʼlumotlar bazalaridan unumli foydalangan holda ilmiy jurnal talablariga mos ravishda tayyorlash va chop etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘linadi.

👉https://youtu.be/pJ8m_w63d_w?si=bv2UGphHwb42k9Ir

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1
Forwarded from Edu.uz
#prezident #yig‘ilish #kambagʻallikni_qisqartirish

⚡️Talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish, kambagʻal oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yigʻilishda maʼlum qilindi.

Prezident har bir kambag‘al oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratilishini e’lon qildi. Bunda:

- oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi;

- oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballni 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi.

Bundan tashqari, moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qiladi.

Bu grantlar hisobidan, fanlarni o‘zlashtirishidan kelib chiqib, kambag‘al oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi.

Kambag‘al oilalar farzandlarini bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli ta’lim olishini tashkil qilish, ularga har tomonlama ko‘mak berish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1
#OAV

O‘zbekiston 2030 strategiyasi ijrosi mahalliy nashrlarda


📰Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.Karshibayev fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

"Birinchi kurs maktabi" mashg'ulotlari tashkil etilmoqda mavzusidagi maqolasi «Yangi O'zbekiston» va «Правда Востока» gazetalari tahririyati rasmiy saytida e'lon qilindi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍5👏2🏆2
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#prezident #yig‘ilish

Prezident: Har bir kambagʻal oilada, ayniqsa xotin-qizlar orasida kamida bir nafar oliy maʼlumotli boʻlishi uchun sharoit qilib beramiz


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish, kambagʻal oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yigʻilishdan

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👏6👍1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash tartibi qanday Bunday bo‘lib to‘lash imkoniyati “super” kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlarga ham tegishlimi

📹 Ushbu savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Qurbonnazar Ortiqov batafsil javob berdi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi


Bu haqda Prezidentning tegishli qarori tasdiqlandi.

Hujjatga muvofiq Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligiga bag‘ishlangan qator ilmiy-adabiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib, turli tanlovlar tashkil etiladi. Jumladan:

🔠“Jahon tamadduni rivojida Mirzo Ulug‘bek ilmiy-ma’rifiy merosining o‘rni va ahamiyati” mavzusida ilmiy-adabiy tadbirlar o‘tkaziladi;

🔠Samarqand shahrida 2024-yil 10–11-oktyabr kunlari “Mirzo Ulug‘bek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi;

🔠Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini tadqiq etishga oid ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovi e’lon qilinadi;

🔠allomaning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari o‘zbek, rus va ingliz tillarida, “To‘rt ulus tarixi” nomli tarixiy asarining o‘zbek tiliga tarjimasi qayta nashr qilinadi;

🔠Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi;

🔠Shuningdek, 2024-yil oktyabr oyida:
ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida Mirzo Ulug‘bek asarlari nashrining taqdimotlari o‘tkaziladi;
Mirzo Ulug‘bek davriga oid asarlar qo‘lyozmalarining ko‘rgazmasi tashkil etiladi;
Mirzo Ulug‘bek haqida yaratilgan “Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” nomli hujjatli film taqdimoti uyushtiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from Edu.uz
#Hay’at_yig‘ilishi

12-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida vazirlikning Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda vazirlik mas’ullari, tizim tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Hay’at faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq tashkiliy va 2024-yil uchun Prezident Davlat stipendiyalariga munosib topilgan tayanch doktorantlarni tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Batafsi: https://gov.uz/oz/edu/news/view/21347

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1