GulDPI. uz | Rasmiy
4.53K subscribers
13.2K photos
1.54K videos
52 files
4.59K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#talabaga_madad

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 30-iyuldagi 269-sonli buyrug'iga asosan Guliston davlat pedagogika institutida "Talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam ko'rsatish markazi" o'z faoliyatini boshladi.

Markazga tajribali volontyorlar jalb etilgan bo'lib, ular talabalarga talabalar turar joyiga joylashish uchun Axborot tizimiga onlayn ariza berish, ijara manzillari bo'yicha ma'lumotlar olish masalalarida yordam ko'rsatmoqdalar.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍7❤‍🔥3🎉2
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#abituriyent2024 #tanlov_ustuvorligi #foydali_tavsiya

📹 Ushbu video “Tanlov ustuvorligi nima?” deb so‘rayotgan abituriyentlar uchun

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️Endilikda ilmiy rahbarligida DSc (yoki 2 ta PhD) darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilinganligi mustaqil malaka oshirish shakli sifatida qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 415-son qarori tasdiqlandi.


Unga ko‘ra:

Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti etib qayta nomlandi.

institutning asosiy vazifalari va yangi tuzilmasi tasdiqlandi.

▪️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etildi.

▪️Shuningdek, hukumatning 797-son qarori (23.09.2019-y.) bilan tasdiqlangan nizomga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan:

malaka oshirishning muqobil shaklini bajargan tinglovchilardan mutaxassislik bo‘yicha mahorat darsini o‘tib berish majburiyati olib tashlandi;

masofaviy malaka oshirish kurslari tinglovchilariga kurs yakunidagi test sinovlari hamda bitiruv (loyiha) ishi himoyasiga onlayn ishtirok etishga ruxsat berildi;

xorijiy mamlakatlarda umumiy davomiyligi 4 hafta yoki 144 soat miqdoridan kam bo‘lmagan malaka oshirish yoki stajirovka o‘tash muqobil malaka oshirish shakli sifatida qabul qilinadi.

▪️Quyidagilar muqobil malaka oshirish shaklidan mustaqil malaka oshirish shakliga o‘tkazildi:

xorijiy mamlakatlarda qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovkalar;
pedagoglar tomonidan davlat buyurtmasi asosida yaratilgan ijodiy ishlar;
yakka mualliflikda tayyorlangan darslik va o‘quv qo‘llanmalar;
ilmiy rahbarligida DSc (yoki 2 ta PhD) darajasini olish uchun dissertatsiyalarning himoya qilinganligi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Qabul_2024

🔘 Guliston davlat pedagogika institutiga hujjat topshirgan alohida ta’lim imkoniyatlari mavjud (ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi) abituriyentlar uchun kasbiy imtihonlar boshlandi.


Joriy yilning 6-avgust kuni Guliston davlat pedagogika institutida ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi abituriyentlar uchun kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda.

Kirish imtihonlarida viloyat ko‘zi ojizlar jamiyatidan, ommaviy axborot vositalaridan vakillar ishtirok etishmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍2