GulDPI. uz | Rasmiy
4.63K subscribers
12.4K photos
1.39K videos
49 files
4.2K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🖼 “Milliy liboslar haftaligi”

💫Guliston davlat pedagogika institutida joriy yilning 22-27-aprel kunlari “Milliy liboslar haftaligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, haftaliklar doirasida Pedagogika fakulteti tyutorlari

⚡️Joriy yilning 23-aprel kuni talabalar turar joyida Boshlang'ich ta'lim, Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 1-bosqich talabalari bilan birgalikda Oʻzbek milliy liboslari ko'rgazmasi tashkil etildi.

🌟Ko'rgazma talaba-yoshlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Institut va ixtisoslashtirilgan maktab o‘rtasidagi navbatdagi hamkorlik!

Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi ixtisoslashtirilgan maktablar bilan oliygoh dasturlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlash maqsadida Sardoba tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lishdi.

Uchrashuv davomida ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qitiladigan fanlarni institutning tegishli ta’lim yo‘nalishlariga uzviyligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek ixtisoslashtirilgan maktabning bitiruvchi o‘quvchilari bilan suxbatlar o‘tkazildi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar bilan hamkorlikni yanada samarali tashkil etish va ularning rivojlanishiga hissa qo‘shish institutimizning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#iqtibos

"Hayratlanish uchun bir daqiqa kifoya qiladi. Hayratlanarli narsani yaratish uchun esa ko'p yillar kerak"

©️C. Gelvetsiy

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🌐 Joriy yilning 24-aprel, Chorshanba kuni Guliston davlat pedagogika institutining "Ma'naviyat" xonasida "Xalqaro hamkorlik doirasidagi ilmiy stajirovkalar" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tadi.

🎓Seminar-trening 2 qismdan iborat bo'lib, unda Qozog‘iston ta'lim tizimining e'tiborga molik jihatlari, ta'lim texnologiyalarini amaliyotga joriy qilish to'g'risida so'z boradi.

Soat 11:30 da O'quv-uslubiy bo'lim boshlig'i Y. Faxriddinov va Pedagogika kafedrasi dotsenti G. Isayevalar o'zlarining Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy Universitetidan olgan yangi tajriba va taasurotlari bilan taqdimot ko'rinishida institutimiz magistrlari va yosh tadqiqotchilari bilan o'rtoqlashadilar.

Soat 13:10 da esa Ijtimoiy fanlar va san'atshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi O.Kanimkulov va O'zbek tili va tillarni o'qitish kafedrasi dotsenti D. Jabbarovalar so'zga chiqishadi

🤝O'z dunyoqarashingizni kengaytirish uchun ajoyib imkoniyat!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Xalqaro miqyosdagi olimlar tomonidan “mahorat darslari” o‘tilmoqda

Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat pedagogika institutiga Qozog‘iston Respublikasining Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti o‘qituvchilari siyosiy fanlari nomzodi, dotsent Primbek Suleimenov va geografiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi Alim Mylkaidarovlar tashrif buyurishgan.

Siyosiy fanlari nomzodi, dotsent Primbek Suleimenov tomonidan Guliston davlat pedagogika institutining “Fizika va astronomiya”, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” va "Tarix" yo‘nalishi talabalariga “Falsafa ” fani, “Maktabgacha ta’lim” va “Pedagogika va psixologiya” mutaxassisliklari magistrantlariga “Kasbiy ma’naviyat” fanlaridan “mahorat darslari” o‘tilgan bo‘lsa, geografiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi Alim Mylkaidarov tomonidan esa “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” ta’lim yo‘nalishi 1 va 2 bosqich talabalriga “Umumiy yer bilimi” hamda “Tabiiy geografiya” fanlaridan dars mashg‘ulotlari olib borildi.