GulDPI. uz | Rasmiy
4.63K subscribers
12.4K photos
1.39K videos
49 files
4.2K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇰🇷

Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida oliy ta’lim sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda

Gulistonda O‘zbekiston — Janubiy Koreya, Sirdaryo — Kvansan-Gu
biznes forumi ish boshladi. "Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi"da o‘tayotgan forum ochilishida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, Janubiy Koreyaning Kvandju metropoliten shahri Kvansan-Gu tumani hokimi Pak Byung Kyu, Koreya-O‘zbekiston biznes assosiatsiyasi (KUBA) raisi o‘rinbosari Kim Chang Keon, Koreyaning yirik biznes vakillari, viloyat tadbirkorlari, ikki tomon OTMlari rahbarlari ishtirok etdi.

Forum doirasida Guliston davlat pedagogika instituti rektori Jaxongir Karshibayev, Honam Universiteti prezidenti Park, Sang cheol hamda Gwangju Universiteti prezidenti Dongjin Kim o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv davomida OTMlari o'rtasida ta'lim, fan va innovatsiyalar borasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari kelishib olindi.

Uchrashuv so‘ngida Guliston davlat pedagogika instituti Gwangju universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolashga kelishib olindi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Assalomu alaykum aziz kitobxonlar! Joriy yil 22-26 aprel kunlari Axborot va ommaviy kommunikatsiyalari agentligi tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazida "Kitobsevar millat" shiori ostidagi IV Respublika Kitobxonlik haftaligi bo'lib o'tadi

"Kitobxonlik haftaligi" dasturini taqdim etamiz!

Barcha kitobsevarlarni haftalikka taklif qilamiz!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Тezkor
#Xush_xabar

O‘qituvchilar uchun xushxabar!

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning topshirig‘i bilan:

Umumta’lim muassasalarida “Tabiiy fan“, «Tarbiya» va «Informatika va axborot texnologiyalari» fanlarini boshlang‘ich sinflarda «Boshlang‘ich ta’lim» o‘qituvchilari, “Tabiiy fan“ni 5-6-sinflarda esa «Geografiya», «Biologiya» va «Fizika» o‘qituvchilari, 5-11-sinflarda «Tarbiya» fanini, Tarix, Milliy istiqlol g‘oyasi va huquq mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari dars o‘tishlariga:

“Tabiiy fan“ va «Tarbiya» fanidan dars berayotgan boshlang‘ich ta’lim, shuningdek, fizika, geografiya, biologiya, tarix, davlat va huquq asoslari fanidan amaldagi malaka toifalariga mos ravishda haq to‘lanishiga rozilik berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#UZA_nogohida_Biz

Guliston davlat pedagogika instituti rektori, professor Jaxongir Karshibayevning
"Zamonaviy ta’limning zamonaviy talablari" nomli maqolasi O'zbekiston Respublikasi UZA axborot agentligining rasmiy sahifasida chop etildi.

BATAFSIL: https://uza.uz/posts/583221

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔉OAV_BIZ_HAQIMIZDA

“Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo'lib o'tdi

BATFSIL: Sirdaryo MTR Diyor Yangiliklari ko'rsatuvida so'z boradi

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Xalqaro hamkorlik davom etmoqda

💫Bugun Guliston davlat pedagogika institutiga Qozog‘iston Respublikasining Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti o‘qituvchilari, siyosiy fanlari nomzodi, dotsent Primbek Suleimenov va geografiya fanlari nomzodi, katta o’qituvchi Alim Mylkaidarovlar tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrif ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida tuzilgan memorandum doirasida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website