GulDPI. uz | Rasmiy
4.66K subscribers
11.9K photos
1.33K videos
49 files
4.05K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik
#GulDPI_olimlari

🌐Ayni vaqtda, 4 nafar professor-o‘qituvchilarimiz, Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori Faxriddinov Yoqubjon Abubakir o‘g‘li,  O'zbek tili va tillarni o'qitish kafedrasi dotsenti Jabbarova Dilbar Darmanovna, Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik kafedrasi dotsenti Kanimkulov Olimjon Sheraliyevich hamda Pedagogika kafedrasi dotsenti Isayeva Guli Parpiyevnalar Qozog'istonning QS dunyo universitetlari xalqaro reytingida 250-o‘rindan joy olgan Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy Universitetida ilmiy stajirovka o'tashmoqda.

🏛Shu qatorda Almati shahrida Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetining 90 yilligi munosabati bilan xalqaro tashkilotlar, yetakchi ilmiy markazlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda 2024-yil 4-apreldan 12-aprelgacha o'tkazilayotgan III Xalqaro Farobiy Forumida ishtirok etishmoqda.

💡Professor-o‘qituvchilarimiz hamda  forumga tashrif buyurgan xorijiy ta'lim sohasidagi ekspertlar o‘zlarining bilim va ko'nikmalarini bir birlari bilan o'rtoqlashmoqdalar.

🤝 Ta’lim muassasalari o'rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolashga va ilmiy sohada maqolalar va darsliklarni hammualliflikda nashr etishga kelishib olindi.

Xalqaro tashrif davom etmoqda...

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🖌Moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha o‘quv seminar trening tashkil etildi

💫Guliston davlat pedagogika institutida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan “Global Money Week” (Umumjahon pul haftaligi) xalqaro ta’lim kompaniyasi doirasida institut talalabarining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha o‘quv seminar trening tashkil etildi.

💵Seminar trenigda bank xodimlari talabalarga moliyaviy firibgarlik, uning turlari, ulardan himoyalanish yoʻllari va boshqa koʻplab ajoyib maʼlumotlar berishdi. Talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

🔥Amaliy tarzda o‘tkazilgan seminar trening qizgʻin baxs munozaralarga boy bo‘ldi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Diqqat e'lon

Hurmatli Guliston davlat pedagogika instituti talaba-yoshlar sizlarni joriy yilning 5-18-aprel kunlari talaba-yoshlar o‘rtasida shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishayotgan yoshlarni izlab topish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ilhom” mukofoti tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovda talaba-yoshlarni ishtirok etishga taklif qilamiz.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🖥 “Yosh dasturchilar” to'garak mashg'ulotlari davom etmoqda

Guliston davlat pedagogika instituti "Aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi M.A.O'rozboyev tomonidan institutning barcha yo'nalishi talabalari orasida "Yosh dasturchilar" to'garak mashg'ulotlari olib borilmoqda.

Ushbu to'garakni o'tkazishdan maqsad yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazib, ularda kasbiy metodik tayyorgarlikni, kompyuter savodxonligini va dasturlash bilimlarini  takomillashtirishdir.

To'garak mashg'ulot davomida kompyuterda ofis dasturlari hamda dasturlash yo'nalishlari bo'yicha reja asosidagi bilimlar berib borilmoqda.

Agarda sizda zamonaviy texnologiyalarga qiziqish bo'lsa, "Yosh dasturchilar" to'garak mashg'ulotlariga qatnashing!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Moziyga bir nazar

Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti boshchiligida "O'zga tilli guruhlarda rus tili" yo'nalishi 11-22 guruh talabalari bilan "Ustoz- shogird" an'analarini davom ettirish hamda tariximizni o'rganish maqsadida Guliston davlat universiteti qoshidagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Tashrif davomida talabalar qatag'on yillari o'z vatanparvarligi bilan tariximizda chuqur iz qoldirgan ajdodlarimizning kelajak avlodga qoldirgan cheksiz ma'naviy boyligidan bahramand bo'lishdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
⚡️Talabalar amaliyoti davom etmoqda

💸Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti talabalari PQ "Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 289-sonli qaroriga asosan, 4+2 dasturi bo'yicha maktablarda malakaviy pedagogik amaliyot o'tashmoqda.

2-bosqichning amaliyotchi talabalari Guliston shahrida joylashgan 1-2-3-4-5-7-8-9-11-16-17-18 -sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, 9-10-15 MTTlarida amaliyotda faol ishtirok etishmoqda.

Amaliyotchi talabalarning dars jarayonlari GulDPI Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig’i S.Qo‘ldoshev va bosh mutaxassis N.Botirova tomonidan kuzatib borilmoqda.

✔️GulDPI professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan amaliyotchi talabalar dars tahlil jarayonlarida muntazam ravishda ishtirok etib, pedagogik mahoratini oshirmoqda.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
AMIR TEMUR TAVALLUDINING 688 YILLIGI NISHONLANMOQDA

Guliston davlat pedagogika instituti talabalari ishtirokida Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirda buyuk ajdodimizning yoshlar ma’naviy kamolotida tutgan o‘rni va ahamiyati xususidagi nutqi bilan ochib berdi.

Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid qiziqarli ma’lumotlar, uning jasorati va matonatini o‘zida aks ettirgan jarayonlar fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan sahna ko’rinishlari orqali namoyish etildi.

Tadbirda institutda tashkil etilgan talabalar teatr studiyasi tomonidan Amir Temur hayoti va uni naqadar adolatli hukumdor bo‘lganligini ko‘rsatib beruvchi sahna ko‘rinishlarini namoyish etildi. Tarix yo'nalish talabalarining kompozitsion chiqishlari, Amir Temurni madh etuvchi she’rlari yig‘ilganlarga birdek manzur bo‘ldi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website