GulDPI. uz | Rasmiy
4.66K subscribers
11.9K photos
1.33K videos
49 files
4.05K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoya milliy agentligi qator davlat idoralari bilan birgalikda 20 000 nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta'minlash maqsadida hamkorlikni yo'lga qo'ydi.

🤝 Unga ko‘ra, endilikda vazirlik va idoralar hamda ularning tizim va tasarrufidagi tashkilot va muassasalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylash bo‘yicha doimiy ravishda vakant lavozimlar uchun ochiq tanlov e’lon qilib boradi.

👮‍♂️ Hamkorlik ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bunda dastlab, 1-iyulga qadar reja-grafik asosida 10 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat idoralari va tashkilotlarida, qo‘shimcha 1000 nafarini esa tijorat banklarida bandligi ta’minlanadi.

2-bosqichda esa yana 10 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

🖋 Arizalar topshirish “vacancy.argos.uz” platformasidagi maxsus sahifa orqali amalga oshiriladi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚔 #Diqqat_piyoda!

Yo‘ldagi ehtiyotsizlik hayotingiz uchun qimmatga tushishi mumkin. Ogoh bo‘ling!👇

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#xalqaro_hamkorlik
#GulDPI_olimlari

🌐Ayni vaqtda, 4 nafar professor-o‘qituvchilarimiz, Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori Faxriddinov Yoqubjon Abubakir o‘g‘li,  O'zbek tili va tillarni o'qitish kafedrasi dotsenti Jabbarova Dilbar Darmanovna, Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik kafedrasi dotsenti Kanimkulov Olimjon Sheraliyevich hamda Pedagogika kafedrasi dotsenti Isayeva Guli Parpiyevnalar Qozog'istonning QS dunyo universitetlari xalqaro reytingida 250-o‘rindan joy olgan Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy Universitetida ilmiy stajirovka o'tashmoqda.

🏛Shu qatorda Almati shahrida Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetining 90 yilligi munosabati bilan xalqaro tashkilotlar, yetakchi ilmiy markazlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda 2024-yil 4-apreldan 12-aprelgacha o'tkazilayotgan III Xalqaro Farobiy Forumida ishtirok etishmoqda.

💡Professor-o‘qituvchilarimiz hamda  forumga tashrif buyurgan xorijiy ta'lim sohasidagi ekspertlar o‘zlarining bilim va ko'nikmalarini bir birlari bilan o'rtoqlashmoqdalar.

🤝 Ta’lim muassasalari o'rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolashga va ilmiy sohada maqolalar va darsliklarni hammualliflikda nashr etishga kelishib olindi.

Xalqaro tashrif davom etmoqda...

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🖌Moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha o‘quv seminar trening tashkil etildi

💫Guliston davlat pedagogika institutida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan “Global Money Week” (Umumjahon pul haftaligi) xalqaro ta’lim kompaniyasi doirasida institut talalabarining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha o‘quv seminar trening tashkil etildi.

💵Seminar trenigda bank xodimlari talabalarga moliyaviy firibgarlik, uning turlari, ulardan himoyalanish yoʻllari va boshqa koʻplab ajoyib maʼlumotlar berishdi. Talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

🔥Amaliy tarzda o‘tkazilgan seminar trening qizgʻin baxs munozaralarga boy bo‘ldi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Diqqat e'lon

Hurmatli Guliston davlat pedagogika instituti talaba-yoshlar sizlarni joriy yilning 5-18-aprel kunlari talaba-yoshlar o‘rtasida shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishayotgan yoshlarni izlab topish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ilhom” mukofoti tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovda talaba-yoshlarni ishtirok etishga taklif qilamiz.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🖥 “Yosh dasturchilar” to'garak mashg'ulotlari davom etmoqda

Guliston davlat pedagogika instituti "Aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi M.A.O'rozboyev tomonidan institutning barcha yo'nalishi talabalari orasida "Yosh dasturchilar" to'garak mashg'ulotlari olib borilmoqda.

Ushbu to'garakni o'tkazishdan maqsad yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazib, ularda kasbiy metodik tayyorgarlikni, kompyuter savodxonligini va dasturlash bilimlarini  takomillashtirishdir.

To'garak mashg'ulot davomida kompyuterda ofis dasturlari hamda dasturlash yo'nalishlari bo'yicha reja asosidagi bilimlar berib borilmoqda.

Agarda sizda zamonaviy texnologiyalarga qiziqish bo'lsa, "Yosh dasturchilar" to'garak mashg'ulotlariga qatnashing!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website