GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.4K photos
1.27K videos
49 files
3.9K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#umumxalq_xayriya_hashari

Hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi


Joriy yilning 16-18-mart kunlari O’zbekistonda “Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki” shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida mamlakatimizning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda

Jumladan, Guliston davlat pedagogika instituti mehnat jamoasi ham erta tongdan hasharda faol ishtirok etmoqda.

Hashar davomida atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish kabi yumushlar bajarilmoqda. Institut binosi va unga tutash hududlar saranjom-sarishta holatga keltirilib, manzarali daraxtlar va gul ko‘chatlari ekildi. Daraxtlar oqlanib, shakl berildi. Atrofdagi ariqlar, avtoturargoh hududlari chiqindilardan tozzalandi.

Umumxalq xayriya hashari davom etmoqda...

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Akademik litsey o‘quvchilariga mahorat darslari davom etmoqda.

Guliston davlat pedagogika institutining “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Mahorat darsi “Diduragay chatishtirish yuzasidan masalalar yechish” mavzusida akademik litseyining Tabiiy fanlar yo‘nalishi talabalariga bo‘lib o‘tdi. Mahorat darsida irsiyat, o‘zgaruvchanlik, va duragaylash xillari yoritildi. O‘quvchilarga genetika faning hozirgi kunda yutuqlari, ijtimoiy hayotimizdagi o‘rni, oziq-ovqat taqchilligini qanday bartaraf etish, “Gold gen”larni saralash, genetika hozirgi shiddatli rivojlanayotgan zamonamizda mustahkam egallagan o‘rni haqida ma’lumot berildi.

Mazkur mahorat darsida akademik litsey o‘quvchilari genetikaning bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati, uni amaliy yo‘nalishli tarmoqlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TAVALLUD_KUN_MUBORAK

Bugun Guliston davlat pedagogika instituti rektori Karshibayev Jaxongir Xazratqulovich tavallud topgan kun.

Ushbu sana munosabati bilan institut ma’muriyati va jamoasi Jaxongir Xazratkulovichni chin dildan tabriklab, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va soha rivojida amalga oshirayotgan salmoqli ishlarida ulkan zafarlar tilaydi!

Kelajak avlod tarbiyasi borasida qilayotgan mehnatlaringiz samarasini ko‘rish baxti sizga muyassar bo‘lsin.

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Hashar – ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan qadimiy va doimiy qadriyat.

Bugun 17-mart “Umumxalq xayriya hashari"ning 2-kunida Guliston davlat pedagogika instituti rahbariyati, dekanlar, mudirlar, bo'lim boshliqlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

“Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki” shiori ostida e’lon qilingan umumxalq xayriya hasharida institut binolarida tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ana shunday ezgu niyatlarni ko’zlagan holda institut xodimlari, talaba-yoshlar qolaversa, xalqimiz tomonidan “Navro’z” umumxalq bayramini ko’tarinki ruhda o’tkazilishi uchun xayriya hasharlari davom etmoqda.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website