GulDPI. uz | Rasmiy
4.66K subscribers
11.9K photos
1.32K videos
49 files
4.03K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🇺🇿“Yangi Oʻzbekiston - maktab ostonasidan boshlanadi”, yohud hamkorlikning yangi davri!

Joriy yilning 12-fevral kuni Guliston davlat pedagogika instituti professor o'qituvchilari Guliston shahridagi 16-umumta'lim maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad bitiruvchi sinf o‘quvchilarini kasb tanlashida ko‘maklashish hamda institut faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Joriy yilda ham davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yangi Oʻzbekiston - maktab ostonasidan boshlanadi” g‘oyasi asosida umummilliy ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga misli ko‘rilmagan e’tibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan tashrif doirasida institut professor-o‘qituvchilari doimiy ravishda umumta’lim maktablari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Guliston davlat pedagogika instituti talabalari diqqatiga! ⚡️

"Mirzo Ulugʻbek vorislari" tanlovi:

🎉1 - bosqich mukofoti: 1 700 000
( 5 ta gʻolib har biriga)


🎉2 - bosqich mukofoti: 3 400 000
( 20 ta gʻolib har biriga)


🎉3 - bosqich mukofoti: 6 800 000
( 100 ta gʻolib har biriga)


Tanlovda qatnashish uchun vorislar.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻting!

IQ testdan 110 dan yuqori toʻplang va boshlang.

Namunaviy IQ testlar va loyiha nizomlari boʻyicha ma'lumot:
📞 Temur 93 321 31 44 (215-xona)

(Guliston davlat pedagogika instituti
Yoshlar Akademiyasi institut lideri,
"Mirzo Ulugʻbek vorislari" tanlovi respublika bosqichi gʻolibi)
.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Ochiq_muloqat

Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi koordinatorlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan institiut boshlang'ich tashkilot yetakchisi D.Rayimov boshchiligida ochiq muloqat tashkil qilindi.

Ochiq
muloqat Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkilot koordinatorlarning 2023-2024-yillar davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobatlari tinglandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#baytchellenj

Buyuk shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag'ishlanadi

Guliston davlat pedagogika instituti O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkilot koordinatorlari chellenjni davom ettirish uchun Guliston davlat universitetiga topshiradi.

Buyuk ajdodlarimizni yod etmoq biz uchun sharafdir!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
⚡️ “O‘zbekiston -2030” strategiyasi amalda

Guliston davlat pedagogika institutida 13 fevral kuni haftalik doirasida institut professor-o‘qituvchilari tomonida talaba qizlarni ilmiy-ijtimoiy munosabatlaga yo‘naltirish maqsadida Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi SH.Musurmonova, “Oliy ta‘lim muassasalari talaba qizlarining ijtimoiy intellektual kompetentligini rivojlantirish masalalari” mavzusida talabalarga ma’ruza qildi. Strategiyaning 11 bandida keltirilgan yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash masalasiga qaratilgan vazifalar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Talaba qizlarni ilmiy tadqiqotchilik tafakkurini shakllantirishda “Ustoz-shogird” an’analarining o‘rni katta ahamiyatga ega ekanligi ta‘kidlandi. Talabalar tadqiqotchilik faoliyatining bosqishlari to‘g‘risida qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ilmiy-ma‘rifiy tadbir manfaatli va mazmunli o‘tdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
"Biz, kelajak liderlari Ekopartiyani tanlaymiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Bugun  Guliston davlat pedagogika institut majlislar zalida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyat partiya tashkiloti tomonidan institut talabalari bilan birgalikda  2024-yil "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash" yili munosabati bilan "Biz, kelajak liderlari Ekopartiyani tanlaymiz" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Suhbat davomida yurtimizda va dunyoda bo'layotgan ekologik o'zgarishlar, orol muammosi, yoshlar o'rtasida yashil makon tashkil qilish bo'yicha taklif va tavsiyalar berib o'tildi.

Yakunda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollar ga partiya ma'sullari tomondan javob olishdilar.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website