GulDPI. uz | Rasmiy
4.66K subscribers
11.9K photos
1.32K videos
49 files
4.03K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Ekologiya va atrof muxitni asarash yuzasidan memorandum xamkorlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bugun Guliston davlat pedagogika instituti ma’muriyati hamda O‘zbekiston Ekalogik partiyasi Sirdaryo viloyati kengashi o‘rtasida ekologik vaziyat, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari yuzasidan bir qancha yo‘nalishlarga tegishli ikki tomonlama memorandum xujjati imzolandi.

Bundan asosiy ko‘zlangan maqsad, talaba-yoshlar orasida ekologik ong va ekologik madaniyat to‘g‘risidagi tushunchalarni mustahkamlash va rivojlantirish, shuningdek, so‘nggi yillardagi qabul qilingan hukumat qarorlari va farmonlarini talaba-yoshlarga yetkazib borish.

Yoshlarni ona tabiatga mehr bilan yondashishi, uni asrab-avaylash, umumiy va shaxsiy mas’uliyatni oshirish va ikki tomonlama 2024yil davomida oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalar kelishuvidir.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuning 541 yilligiga bag‘ishlangan hayoti va ijodi haqida tadbirlar davom etmoqda

Bugun Guliston davlat pedagogika instituti faollar zalida O'zbek shoiri, mutafakkir olim, davlat arbobi, tarixchi , shoh va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Alisher Nur, Ximoyat Nazarova, Xanifa Yo‘lchiyevalar so‘zga chiqib talaba-yoshlarga Zahiriddin Muhammad Boburning boy ilmiy ijodi, ma’naviy me’roslari asarlarini mutolaa qilishga undash bugungi kunning muhim jarayoni ekanligini ta’kidladlar.

Shuningdek, xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishi jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixi to‘g‘risida ma’lumotlar ham berib o‘tildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari tadbir ishtirokchilarga taqdim etildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#baytchellenj
#OTM_MATBUOT_KOTIBLARI

O'zbek shoiri, mutafakkir olim, davlat arbobi, tarixchi , shoh va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur
tavalludining 541 yilligiga bag'ishlanadi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti matbuot kotibi Charos Hamrayevadan chellenjni qabul qilib oldi baytchellenjni davom ettirish uchun O'zbekiston Fillandiya pedagogika instituti matbuot kotibi Xamza Burxonovga topshiradi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Diqqat, e'lon!

Guliston davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati jurnalistika sohasiga qiziqishi bo'lgan talaba-yoshlarni media guruhga taklif etadi.

🎤 Jurnalistikaga qiziquvchilar;
✍️ Kanal yuritishga qiziquvchilarni o’z safimizga chorlab qolamiz.

Biz bilan ishlasangiz quyidagilarni kafolatlaymiz:
Eng yaxshi jamoada ishlash;
Jurnalistika sohasini o’rganish.

✍️ Murojaat uchun:
@Zulhaydarov_Iskandar
Bu yil Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi keng nishonlanmoqda.

Joriy yilning 14-fevral kuni Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyida o’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir , tarixchi, davlat arbobi, sarkarda va boburiylar sulolasi asoschisi Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirdni Yoshlar masalasi bo’yicha direktor o’rinbosari Doston Jo’raboyev ochib berdi. U o‘z sozida bobokalonimizdan meros boʻlgan badiiy adabiyotlarni koʻproq mutolaa qilish va munosib avlod boʻlish kerakligini taʼkidlab oʻtdi hamda yigʻilganlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website