GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.2K photos
1.25K videos
49 files
3.85K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
"Vatanparvarlik" oyligi doirasida davra suhbati tashkil etildi

Bugun Guliston davlat pedagogika institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda institut boshlang‘ich tashkiloti tomonidan "Vatanparvarlik" oyligi doirasida tashkil etilgan Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi masul hodimi mayyor G‘ulomjon Tog‘ayev hamda talaba yoshlar ishtirokida davra suxbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida Favqulotda vaziyatlarda olib borilayotgan ishlar, ishga joylashish hamda faoliat bo'yicha talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdilar.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Iqtidorli yoshlar safi yana bittaga ko‘paydi.

Joriy yilning 11-yanvar kuni Rossiya davlatida bo‘lib o‘tgan Xalqaro 12- konkursida Qo'l mehnati doirasida "Opa singillar" asari bo'yicha Guliston davlat pedagogika instituti Texnologik ta’lim yo'nalishi 23-22-guruh talabasi Iskandarova Nodira Orifjon qizi faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritib oltin medal va sertifikat bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
“Mard o’g’lon” shiori ostida guruhlar o’rtasida musobaqa bo’lib o’tdi

Guliston davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14 yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan “Mard o’g’lon” shiori ostida guruhlar o’rtasida musobaqa bo’lib o’tdi.

Bayram munosabati bilan tashkil qilingan tadbir Vatanimiz madhiyasining tantanavor jarangi bilan ochib berildi.

Tadbirda o’quvchi yigitlar tomonidan tayyorlangan chiqishlar, Vatanga boʻlgan sadoqat, mardlik, jasorat aks etgan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
Bayram tadbirida yaxshi qatnashgan o’quvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#LIVE
#Koordinator_faoliyati

Ayni damda Guliston davlat pedagogika instituti "Boshlang'ich tashkilot haftaligi" doirasida Oliy ta'lim muassasalari boshlang'ich tashkiloti koordinatorlari o'rtasida mini futbol sport musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jarayonlar qizg'in davom etmoqda

Batafsil: Video lavhada👆

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yakuniy nazoratlar haftaligi boshlandi

Ayni kunlarda Guliston davlat pedagogika institutida bakalavriat ta'lim turi bo'yicha talabalari uchun 2023-2024-o‘quv yili kuzgi semestr yakuniy imtihonlari bo'lib o'tmoqda.

Institutida yakuniy imtihonlarni ochiq va shaffof o‘tkazilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Barcha talabalarga ushbu yakuniy nazoratlarda omad tilaymiz!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎖"Mard o‘g‘lon" davlat mukofotining 2024 yilgi saralash bosqichiga start berildi!

⚔️Shu munosabat bilan, Respublika hamda xalqaro miqyosida o‘tkazilgan musobaqalar, loyiha va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan, jamiyatimiz hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan hamda mardlik va jasorat, qat’iyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi fazilatlari, shuningdek, o‘zining chuqur bilimi, tashabbuskorligi, ishbilarmonligi, shijoati va fidoyiligi bilan ajralib turgan iqtidorli 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigitlar o‘z hujjatlarini joriy yilning 1 martga qadar yashash manzili joylashgan hudud bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishi tavsiya etiladi.

• Nizom bilan tanishish.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Qalqon
#Koordinator
#Yoshlar_Ittifoqi

⚡️Chavandozlar maktabiga sayohat tashkil qilindi

Guliston davlat pedagogika institutining ma’muriyati, institutning yoshlar ittifoqi, “Qalqon” jamoatchilik guruhi bilan hamkorlikda talaba yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy sport o‘yinlarini keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi huzurida tuzilgan Chavandozlar maktabiga sayohat uyushtirdi.

Sayohat davomida yoshlar, ot sportning kelib chiqish tarixi, bugungi kunda umidli sportchilarimiz tomonidan jahon arenalarida erishilayotgan yutuqlar hamda hukumatimiz tomonidan ot sportini ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlardan xabardor bo‘lish bilan birga, sportchilarning mashg‘ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishdilar hamda ot ustida sayr qildilar.

Tadbir davomida, ot sportiga qiziquvchan yoshlar tomonidan berilgan savollarga masʼullar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website