GulDPI. uz | Rasmiy
4.54K subscribers
13.2K photos
1.54K videos
52 files
4.57K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
⚡️Endi milliy sertifikat test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi

Matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga talabgorlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshiriladi.

Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilgani sababli talabgordan belgilangan to‘lovning 90 foizi undiriladi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llanadi.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:

70 balldan yuqori
ball olgan talabgorga — A+ daraja;
65 - 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja;
60 - 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja;
55 - 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja;
50 - 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja;
46 - 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja.

A+, A darajali
sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi.

B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍7🎉2
⚡️Iqtidorli talabalar safi yana bittaga ko'paydi

🎨Guliston davlat pedagogika instituti “TS va MG” ta’lim yo’nalishi 26-22 guruh talabasi Ismatullaeva Shaxrizoda 2024-yil 14-yanvar kuni Rossiya federatsiyasi, Moskva shahrida bo’lib o’tgan "Парад талантов" xalqaro tanlov festivalida “Мои фантазии (творческие работы)” nominatsiyasida “Yangi O`zbekiston” rangtasvir asari bilan ishtirok etib 1-darajali diplomi bilan taqdirlandi.

👩‍🎓 Ismatullaeva Shaxrizodaning ilmiy rahbari dots. R.Xayrovni shogirdi yutuqlari bilan tabriklaymiz.

Shaxrizoda Ismatullaevaning kelgusidagi o’qish va ijodiy ishlariga omad tilaymiz!

GulDPI axborot xizmati

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍16🎉73
Guliston davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida Afg‘on urushi qatnashchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Institut tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda Afg‘on urushi qatnashchilari va boshqa urush qahramonlari hamda professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

💬 Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirish, tinch-osoyishta yurtimizni qadrlash, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga sodiqlik bilan tarbiyalashga qaratilgan.

➡️Uchrashuv davomida urush faxriylari achchiq urush xotiralari, shiddatli janglarda qatnashganligi va g‘alabalari haqida so‘zlab berdi.

Vatan va kelajak avlod uchun o‘z jonlaridan voz kechib jang maydonlarida mardonavor jang qilgan urush faxriylari hayoti talabalarda katta taassurot qoldirdi.

🔵Tadbir davomida urush faxriylari talabalarga Vatanimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish lozimligini ta’kidladi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍12🎉1
🖌“Harbiy sport o‘yinlari” musobaqasi bo'lib o'tdi

Bugun Guliston davlat pedagogika institut tashqi sport maydonida talaba-yoshlar o‘rtasida “Harbiy sport o‘yinlari” musobaqalari bo'lib o'tdi.

Musobaqada ishtirokchilar “Arqon tortish”, “Turnikga tortinish”, “Qisqa masofaga yugirish" kabi shartlar boʻyicha oʻzaro bellashishdi.

Yakunda institutning "Qalqon" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍3🎉1
🎨Guliston davlat pedagogika instituti “Tasviriy san’at va MG” ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida 2023-2024- o‘quv yilining 1-yarim yilligi uchun “Qalamtasvir” va “Rangtasvir” fanidan bajargan amaliy va mustaqil ishlari namoyishi bo‘lib o‘tmoqda. Talabalar o‘quv natyurmortlari va mustaqil bajargan portret ishlarini namoyish etdi.

🖼✏️Fan o‘qituvchilari dots. R.Xayrov va katta o‘qituvchi N.Jumaboyev, o‘qituvchilar Sh.Yusupova, N.Yakubovalar talabalarning fan yuzasidan bajargan amaliy ishlaridagi kamchiliklar va yutuqlarini ustoz, tajribali mutaxassis sifatida baholab, keyingi ishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kerakli ko‘rsatmalarini berishdilar.

GulDPI axborot xizmati

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍32👏1🎉1
Imtixonlar shaffof, adolatli o‘tmoqda

⚡️Guliston davlat pedagogika institutida 2023-2024-o‘quv yili kuzgi semestr yakuniy nazorat imtihonlari davom ettirilmoqda, yakuniy nazorat ishlarini adolatli hamda shaffof o‘tkazilayotganini tekshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari fakultetlarda kuzatuv ishlarini olib bormoqda.

Yakuniy nazorat imtihonlarini ochiq va shaffof, adolatli o‘tkazish bo'yicha fakultet dekanlari, dekan o'rinbosarlari, professor-o'qituvchilar va talabalarga ushbu jarayonlarda korrupsiyaviy holatlar sodir etilishini oldini olish bo'yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi tomonidan targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda.


Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🎉3👍2
‼️Diqqat muhim eslatma!!!

🏆Guliston davlat pedagogika institutining ochiqlik, shaffoflik va halollikni ta’minlash hamda mazkur jarayonlarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida, vijdonli va korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘q deya oladigan talabalarni hamkorlikka chorlaymiz!

Agarda sizda qiziqtirayotgan savollar bo‘lsa, @anti_corruption_gspi_bot telegrami yoki +998 99 789-97-00 telefon raqamiga anonim xabar qoldirishingiz mumkin.

✔️Xabar bergan talabaning shaxsi qat’iy sir tutiladi!

📍Eslatib o‘tamiz, Siz o‘z murojaatlaringizni asosiy bino 1-qavat 106-xonada joylashgan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi faoliyat yurituvchi xodimga ma’lum qilishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍3👏1🎉1