GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.2K photos
1.25K videos
49 files
3.84K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

Is gazi – inson sog'lig'i va hayoti uchun jiddiy xavf!

Is gazi (so) – juda xavfli. Inson nafas olganda uni sezmaydi, chunki uning hidi, rangi va taʼmi yo‘q. Is gazi inson organizmiga kirganidan so‘ng u qon tarkibidagi kislorod tashiydigan gemoglobinga birikadi va qonning miyani kislorod bilan taʼminlash funksiyasini izdan chiqaradi.

Uyni isitishda meʼyoriy talablarga to‘liq rioya eting hamda o‘zingiz va yaqinlaringizni hayotini asrab qoling!

🌐 Website  ✈️  Telegram 🌐 Facebook  📷 Instagram  📹 YouTube
Forwarded from Edu.uz
#O‘qishni_ko‘chirish

Bugundan qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli boshlandi

Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi.

➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📜 Assalom, ey ona yurt!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi shoir Anvar Tog‘ayev she'ri
.

🌐 Website  ✈️  Telegram 🌐 Facebook  📷 Instagram  📹 YouTube
Forwarded from Edu.uz
Fanlar majmuasi 2023_2024.pdf
1.6 MB
#abituriyent2024
#fanlarmajmuasi

⚡️⚡️2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi


2024/2025-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
______

⚡️Утверждён комплекс предметов для приема в бакалавриат высших образовательных учреждений и соответствующих тестов (профессиональный (творческий) экзамен)

При утверждении параметров приема на 2024/2025 учебный год будут дополнительно утверждены комплексы предметов вновь создаваемых образовательных направлений. Также при изменении названия курсов в результате оптимизации образовательных курсов, а также при создании новых курсов могут быть внесены соответствующие изменения.


👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#ogohlik

Is gazidan zaharlanish qurboniga aylanmaslik uchun nimalarni bilish kerak

🌐 Website  ✈️  Telegram 🌐 Facebook  📷 Instagram  📹 YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

Qo'lbola isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish bo'yicha juda ajoyib qo'llanma!

⚠️ Hurmatli fuqarolar qo'lbola isitish moslamalaridan foydalanishda mazkur tavsiyalarga amal qiling! Bu bilan birga o‘zingiz va yaqinlaringning hayotini saqlab qolasiz!

🌐 Website  ✈️  Telegram 🌐 Facebook  📷 Instagram  📹 YouTube
Forwarded from Edu.uz
#o‘qishni_ko‘chirish

⚡️Uzrli sababga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hujjatlar hududiy Ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinadi


Belgilangan nizomga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra davlat oliy taʼlim muassasalariaro o‘qishni koʻchirish haqidagi arizalarni qabul qilish uchun 13 ta oliy taʼlim muassasasida hududiy Ishchi guruhlar tashkil etildi (rasm).

Ishchi guruhlar 2024-yilning 20-yanvar kuniga qadar har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar arizachi ishtirokida (oflayn) taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;
PQ-279-son qaror 7(v)-bandida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
💫Xalqaro hamkorlik ishlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 11-apreldagi 17-son yig‘ilish bayoniga muvofiq, Guliston davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasining ingliz tili oʻqituvchisi Axmatkulova Maxfuza Shuhrat qizi Guliston tibbiyot kollejining ingliz tilini oʻrganish hamda xorijga chiqish istagida boʻlgan 16 nafar oʻquvchilaridan iborat guruhda oʻquv kurslarini olib bormoqda.

🌐 Website  ✈️  Telegram 🌐 Facebook  📷 Instagram  📹 YouTube
👨‍🎓Ta'lim uchun ajratilgan sarmoya eng yaxshi sarmoya

💫2023 yil 18 dekabr kuni Guliston davlat pedagogika institutiga Qozog‘iston Respublikasining Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi Bekkojanova Gulnar Kismetollayevna tashrif buyurdi.

Ushbu tashrif ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida tuzilgan memorandum doirasida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Yerjanova Saule Baymurzayevna Guliston davlat pedagogika institutining “Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili va adabiyoti)” ta’lim yo‘nalishining 1- va 2-bosqich talabalariga “O‘qish va yozish amaliyoti”, “Nutq ko‘nikmalari integratsiyasi” va “Til aspektlarini o‘qitish amaliyoti” fanlaridan “mahorat darslari”ni olib bormoqda.

🌐 Website  ✈️  Telegram 🌐 Facebook  📷 Instagram  📹 YouTube
#ogohlik

Is gazidan zaharlanish qurboniga aylanmaslik uchun nimalarni bilish kerak

🌐 Website  ✈️  Telegram 🌐 Facebook  📷 Instagram  📹 YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e’lon

“INNO X” inkubatsiya dasturi 3-mavsumining saralash bosqichiga start berildi

Vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi Sirdaryo yoshlar texnoparki tomonidan tashkil etilayotgan 3 oylik biznes-inkubatsiya dasturiga iqtidorli yoshlarni saralab olish maqsadida 3 bosqichli tizim joriy etildi.

1️⃣ Gʻoyani yuklash bosqichi:
sirdaryotexnopark.uz/innox platformasida roʻyxatdan oʻtib, ishtirokchi gʻoyasining qisqacha mazmunini yozib qoldiriladi.

2️⃣ Tanqidiy fikrlash test bosqichi:
Gʻoyalar moderatorlar tomonidan koʻrib chiqilib, tasdiqlangandan soʻng, tanqidiy fikrlash boʻyicha 15 ta maxsus test topshiriqlari taqdim etiladi.

3️⃣ Gʻoya taqdimoti bosqichi:
Test bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilar oʻz gʻoyasini prezentatsiya shaklida platformaga yuklashi talab etiladi. Gʻoya taqdimoti yuklangandan soʻng, belgilangan vaqtlarda Sirdaryo yoshlar texnoparki binosiga kelib gʻoya taqdimoti ekspert komissiya aʼzolari qarshisida himoya qilib beriladi.

Dastur yakunida muvaffaqiyatli loyiha egalariga 10 mln soʻmlik vaucherlar berilishi belgilangan

🕑 Roʻyxatdan oʻtish 15-yanvarga qadar davom etadi.

(Tanlovda 18-35 yosh oraligʻidagi ishtirokchilar qatnashishi mumkin)

📱 Platformadan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha yoʻriqnoma (video👆)

🌐 https://sirdaryotexnopark.uz/innox

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Sayyor qabul o'tkazildi

Joriy yilning 23-dekabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti mas’ul rahbari B.Tagayev tomonidan Sirdaryo viloyati Xovos tumani, Gulbahor MFY yoshlari bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

✔️Mazkur uchrashuvda Guliston davlat pedagogika instituti to‘g‘risida mahalla yoshlariga to‘liq ma’lumotlar taqdim etilib, yoshlarni kelgusida oliygohga jalb etish yuzasidan hamda ularni qiziqishlaridan kelib chiqqan holda yaqindan suhbatlar tashkil etildi.

Bizni kuzating👇🏻
🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹