GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.2K photos
1.25K videos
49 files
3.84K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
"Rektor va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi.

Bugun 19-dekabr Guliston davlat pedagogika instituti rektori Karshibayev Jahongir Hazratqulovich institut faollar zalida talaba-yoshlar bilan uchrashdi va ularni qiziqtirgan masalalar, taklif hamda murojaatlarni manzilli hal qilish maqsadida ochiq muloqot o'tkazildi.

Yoshlar forumi doirasida tashkil etilgan ochiq muloqotda institutda ta'lim sifatini oshirish, talabalar uchun qulay ilmiy va innovatsion muhit yaratish hamda ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ma'lumotlar berildi. Shuningdek, uchrashuvda turli ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar tomonidan taklif, murojaatlar bildirildi hamda tegishli vazifalar belgilab olindi.

Forum doirasida yil davomida turli sohalarda jonbozlik ko'rsatgan bir guruh iqtidorli talabalar hamda faol yoshlarga institut rektorining esdalik sovg'alari topshirildi.

🌐
Website  ✈️ Telegram 🌐 Facebook  📷 Instagram  📹 YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Grant

📣Vengriyada tahsil olish uchun grant dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda

Vengriya hukumati tomonidan eʼlon qilingan “Stipendium Hungaricum” grant dasturiga hujjat topshirishning soʻnggi muddati – 2024-yil 15-yanvar (shu kuni ham) soat 14:00 (Markaziy Yevropa vaqti).

➡️Ushbu stipendiya dasturi doirasida 2024/2025-o‘quv yilida bakalavriat, magistratura, doktorantura bo‘yicha 170 ta ta’lim granti taqdim etilmoqda.

🟣Hujjatlar https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ platformasi orqali topshiriladi.

Batafsil: 👉 https://edu.uz/uz/news/view/6304

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor
Tagayev Behzod Anvarovichning ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi.


💬 Ma'ruza davomida "Raqamli iqtisodiyotda yoshlar bandligini ta'minlashning samaradorlik ko'rsatkichlari" mavzusida so‘z bordi.

Xususan, raqamli tadbirkorlik muhiti va yosh tadbirkorlarning raqamli ko'nikmalarini takomillashtirish, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy kasblar va chet tillariga o'qitish, yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

🌐 Website  ✈️  Telegram 🌐 Facebook  📷 Instagram  📹 YouTube