GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.1K photos
1.24K videos
49 files
3.82K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik
#ilmfan

🎓Xalqaro xamkorlik o'z samarasini bermoqda

2023 yil 10 dekabr kuni Guliston davlat pedagogika institutiga Qozog‘iston Respublikasining Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori Yerjanova Saule Baymurzayevna tashrif buyurdi.

Ushbu tashrif ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida tuzilgan memorandum doirasida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Yerjanova Saule Baymurzayevna Guliston davlat pedagogika institutining “Qozoq tili va adabiyoti”, “O‘zga tilli guruhlarda rus tili” ta’lim yo‘nalishlarining 1- va 2-bosqich talabalariga “Badiiy matn tahlili”, “Chet el adabiyoti tarixi” va “Rus adabiyoti tarixi” fanlaridan “mahorat darslari”ni olib bormoqda.

Bizni kuzating👇🏻
🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹
Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Sirdaryo viloyati Yoshlar texnoparki ekpertlari S.Isanturdiyev hamda S.Otayorovlar ishtirokida “InnoX” biznes-inkubator dasturining 3-mavsumi doirasida Guliston davlat pedagogika instituti magistr talabalari va yosh o'qituvchilar uchun seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Seminar-trening mashg‘uloti jarayonida startap loyihalarni shakllantirish, yosh startapchilarni qo‘llab-quvvatlash, taklif qilingan loyihalarni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha ekspertlar guruhi tomonidan qimmatli ma’lumotlarga boy taqdimotlar namoyish etildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Bizni kuzating👇🏻
🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹
🇺🇿 Oliy Majlis Senati a'zosi Guliston davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 14-dekabr kuni Oliy Majlis Senati a’zosi Farhod Boqiyev Guliston davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari bilan uchirashdi.

📎 Mazkur ma’naviy-ma'rifiy tadbirda senator talaba-yoshlarga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, O’zbeksiton Respublikasida bugungi kunda me’yoriy-huquqiy xujjatlarni tadbiq etilishi, jamiyatimiz kelajagi bo’lgan yoshlarni Ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni hayotda o’z o’rinilarini topishlari mavzularida suhbat o’tkazildi.

✔️Tadbir yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollariga javob oldilar.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Hurmatli GulDPI talabalari!

🔰Joriy yilning 15-dekabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Aziz Qalandarovning ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tadi.

Ma’ruza davomida "Ilmiy tadqiqotlar: tadqiqot, natija, nashr" borasida so'z yuritiladi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri hamda viloyat o‘lkashunoslik muzeyiga sayohat tashkil qilindi.

Guliston davlat pedagogika institut rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari tomonidan Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri hamda Guliston shahridagi viloyat o‘lkashunoslik muzeyiga sayohat tashkil qilindi.

Sayohat davomida o'tmishda yashab o'tganla hamda qadimiy ekspanatlar tarixi bilan yaqindan tanishdilar.

🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹 YouTube
Hurmatli GulDPI talabalari!

🔰Joriy yilning 16-dekabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Nurbek Ayaqulovning ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tadi.

Ma’ruza davomida "Startap loyihalarning ahamiyati" borasida so'z yuritiladi.

🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹 YouTube
Guliston davlat pedagogika instituti talabalari uchun "Muzeyga sayohat" tashkil etildi.

2023-2024  o‘quv yili davomida talabalarni davlat teatrlari, muzeylar va muzey qo‘riqxonalari hamda  uy muzeylariga tashriflari  bo'yicha "Moziyga sayohat" dasturi doirasida   joriy yilning 15-dekabr kuni  talaba-yoshlarni Guliston shahrida joylashgan  “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashriflari amalga oshirildi.

🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹 YouTube