GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.1K photos
1.24K videos
49 files
3.82K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
📣 DIQQAT E’LON!

Hurmatli GulDPI talabalari!

🔰 Joriy
yilning 18-dekabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Tagayev Behzod Anvarovichning ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tadi.

Ma’ruza davomida "Raqamli iqtisodiyotda yoshlar bandligini ta'minlashning samaradorlik ko'rsatkichlari" yuzasidan talaba-yoshlar o'rtasida mavzuga oid savol-javoblar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹 YouTube
📣 DIQQAT E’LON!

Hurmatli GulDPI talabalari!

🔰 Joriy
yilning 18-dekabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti rektori, Biologiya fanlari doktori Karshibayev Jahongir Hazratqulovichning ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tadi.

Ma’ruza davomida "Yashil energetika va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish" mavzusida so‘z yuritiladi.

🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹 YouTube
Guliston davlat pedagogika instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
Aziz Qalandarovning ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi.



💬 Ma’ruza davomida "Ilmiy tadqiqotlar: tadqiqot, natija, nashr" mavzusida so‘z bordi.

➡️ Xususan, ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shart-sharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan tahlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni tahlil etish va umumlashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

🌐 Website  ✈️ Telegram 🌐 Facebook  📷 Instagram  📹 YouTube
#o'zmaqsadlaringnibil

#Yangi_yil_shukuhi

🎄 "Yangi yilda, yangicha kulgu" nomli bayram dasturi o'tkazildi.

Guliston davlat pedagogika institutida Yangi yil bayrami munosabati bilan "Quvnoqlar va zukkolar" chiqishlari bo'lib o'tdi.

⚡️ Institutning "Jo'ralar" jamoasi tomonidan tayyorlangan qaynoq hazillar talaba-yoshlarga bayram kayfiyatini ulashdi.

🌐 Website  ✈️ Telegram 🌐 Facebook  📷 Instagram  📹 YouTube
#Koordinatorlar_faoliyati
#Qalqon
#Ichki_turizm

📌 Guliston davlat pedagogika instituti boshlangʻich tashkiloti koordinatorlari, "Qalqon" jamoatchilik guruhi hamda faol talabalar ishtirokida "Turizim va talabalar" loyihasi amalga oshirildi.

📍 Loyha doirasida, Guliston shahrida joylashgan "Musiqali dramma teatriga" hamda "Alekseevning sobiq uy-joyi" Arxitektura yodgorligiga  sayohat amalga oshirildi.
  
➡️ Sayohat davomida talabalar Sirdaryoning uzoq o'tmishi haqida ko'plab ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Shu bilan birgalikda ularning bo'sh vaqti mazmunli tashkil etildi.

🌐 Website  ✈️ Telegram 🌐 Facebook  📷 Instagram  📹 YouTube
"Rektor va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi.

Bugun 19-dekabr Guliston davlat pedagogika instituti rektori Karshibayev Jahongir Hazratqulovich institut faollar zalida talaba-yoshlar bilan uchrashdi va ularni qiziqtirgan masalalar, taklif hamda murojaatlarni manzilli hal qilish maqsadida ochiq muloqot o'tkazildi.

Yoshlar forumi doirasida tashkil etilgan ochiq muloqotda institutda ta'lim sifatini oshirish, talabalar uchun qulay ilmiy va innovatsion muhit yaratish hamda ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ma'lumotlar berildi. Shuningdek, uchrashuvda turli ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar tomonidan taklif, murojaatlar bildirildi hamda tegishli vazifalar belgilab olindi.

Forum doirasida yil davomida turli sohalarda jonbozlik ko'rsatgan bir guruh iqtidorli talabalar hamda faol yoshlarga institut rektorining esdalik sovg'alari topshirildi.

🌐
Website  ✈️ Telegram 🌐 Facebook  📷 Instagram  📹 YouTube