GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.9K photos
1.22K videos
49 files
3.75K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
⚡️Xabar berganimizdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi xodimlari va respublikamizning 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasasalari rektor, prorektor va mas’ul xodimlari Brussel shahrida “Oliy ta’limda tijoratlashtirish hamda universitetlarda tadbirkorlik muhitini yaratishning Yevropa tajribasi” mavzusida seminarda ishtirok etishmoqda.

💠Seminar davomida Guliston davlat pedagogika instituti hamda Belgiya ta'lim kengashi bilan kelgusida tegishli sohalar kesimida hamkorlik qilish bo'yicha memorandum imzolashga erishildi. Ushbu memorandum Guliston davlat pedagogika instituti va Belgiya OTMlarining ta'lim sohasidagi kelajakdagi hamkorliklariga zamin yaratadi.

🏢Memorandumni imzolash jarayoni O'zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Elchixonasi binosida bo'lib o'tdi.

🗣Xalqaro tashrif davom etmoqda....

🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥"Bir million dasturchi" loyihasini kengaytirish bo'yicha seminar-trening o'tkazildi.

🟢Yoshlar orasida "Axborot texnologiyalari"ni kengaytirish bo'yicha Guliston davlat pedagogika instituti va IT-Park Sirdaryo viloyati filiali xodimlari bilan birgalikda seminar-trening o'tkazildi. Tadbirning asosiy mavzusi yoshlarga masofaviy kurslarni tanishtirish bo'ldi. Tadbirda ITPark Sirdaryo viloyati filiali loyiha boʻyicha bosh menejer Suvonov Xurshid so'zga chiqdi va masofaviy kurslar haqida to'liq ma'lumot berib o'tdi.

Tadbir qatnashuvchilari va talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Mnemonika yoxud miyangiz qobiliyatlarini kashf eting" mavzusida seminar mashg'uloti bo'lib o'tdi.

22 - noyabr "Xalqaro psixologlar" kuni munosabati bilan Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi katta o'qituvchisi Gulzoda Tashmatova hamda institut psixologi Durdona Islamova tomonidan "Mnemonika yoxud miyangiz qobiliyatlarini kashf eting" mavzusida seminar mashg'uloti tashkil etildi.

Seminar mashg'ulotida institutning masull rahbarlari ham ishtirok etishdi. Seminar mashg'uloti guruhlarga bo'lingan holda qiziqarli savol-javoblarga, mnemonikaga oid treninglarga boy bo'ldi.

Seminar yakunida g'olib guruh a'zolari hamda faol talabalar sertifikat va maxsus sovg'alar bilan taqdirlandi.

🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿“Hamdoʻstlik maydonida madaniyatlararo kommunikatsiyalar avlodlar almashinuvi kontekstida asosiy tendentsiyalar” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi.

🖋Joriy yilining 22 noyabr kuni Toshkentdagi O‘zbekiston Respublikasidagi Rossiya hamkorlik tashkilotida “Hamdoʻstlik maydonida madaniyatlararo kommunikatsiyalar avlodlar almashinuvi kontekstida asosiy tendentsiyalar” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi.

Tadbir “Север-Юг” siyosatshunoslik Markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasidagi Rossiya vakolatxonasi, A.S. Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti va MDHga a‘zo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo‘yicha Davlatlararo jamg‘armasi ko'magida tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Guliston davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va tillarni oʻqitish kafedrasi dotsenti Olga Ivanovna Gizatulina qatnashib ta'limda yaratlilayotgan sharoyitlar hamda ulardagi yutuqlar bo'yicha fikr mulohazalar aytib o'tildi.

Tadbir davomida “Hamdoʻstlik maydoni: rus tili kasbiy muvaffaqiyat vositasi sifatida” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda rus tilining butun Markaziy Osiyo makonida amal qilishi, uning zamonaviy sharoitda mutaxassis raqobatbardoshligini aniqlashdagi ahamiyati muhokama qilindi. mehnat bozori, shuningdek, MDH mamlakatlaridagi ommaviy axborot vositalaridagi rus tilidagi kontentning ahamiyati masalalari muhokama etildi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Konstitutsiya bilmdoni” ko’rik tanlovining saralash bosqichi bo'lib o’tdi.

Guliston davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litseyida yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirish,ularni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida "Adolat" SDP ning "Vatan kelajagi yoshlar qo'lida" loyihasi doirasida "KONSTITUTSIYA BILIMDONI" ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi.

Tanlovda akademik litseyning barcha bosqich talabalari ishtirok etishdi. Yakuniy natijalarga Ijtimoiy gumanitar fanlari 1 bosqich talabasi Davletov Sarvar faxrli 1-o’rinni egallab viloyat bosqichiga yo’llanmani qo'lga kiritdi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️GulDPI Kunduzgi boshlang’ich ta‘lim yo‘nalishi 11-23 guruh talabalari ishtirokida Boshlang'ich ta'limda tarbiya fanidan ochiq dars mashg’uloti bo‘lib o‘tdi.

Yosh, malakali o‘qituvchi  Jamshid Ro'zimatov  “1-sinf "Tarbiya" darslarini tashkil etish” mavzularida o‘tkazilgan amaliy mashg’ulotda talabalarning  darsga tayyorgarligi, yangi didaktik o'yinlar tashkil etish mahoratlariga alohida e’tibor qaratib baholadi.

🔷 Dars jarayonida talabalar mavzuni bahs-munozara, tezkor savol-javob qilish orqali mustahkamladi va interaktiv metodlardan intensiv tarzda foydalanildi.

📌 Albatta, bu kabi  ochiq  darslar talabalarning  o‘zaro fikr  almashishlarida   muhim  ahamiyatga  ega.                                                                        
🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM