GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.9K photos
1.22K videos
49 files
3.74K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#guldpi_yoshlari
#koordinator_faoliyati

"Nodirai davronlar" respublika ko'rik tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichi bo'lib o'tdi. Unda ko‘plab qizlarimiz o‘z faoliyatlarini namoyish etishdi. Tadbirda ayniqsa Guliston davlat pedagogika pedagogika instituti talaba qizlari o‘z faolliklari bilan alohida ajralib turishdi.

Tadbir yakuniga ko‘ra:
1-o‘rin Xolmatova Ozoda
2-o‘rin Ashirova O'g'iloy
3-o‘rin Sharifova Adiba g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

G'oliblar tadbir so‘nggida esdalik sovg'alari hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkilotining Intelektual loyihalar koordinatori-Sharifova Adiba Farxod qizi ham ushbu tadbirda faol ishtirok etib faxrli III-o‘rinni qo‘lga kiritganliklari bilan institut ma'muriyati hamda boshlangʻich tashkilot koordinatorlari nomidan tabriklaymiz. Kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz. Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin deb qolamiz!

🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇧🇪Joriy yil 20–25-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi va Belgiya Ta’lim kengashi bilan hamkorlikda Brussel shahrida “Oliy ta’limda tijoratlashtirish hamda universitetlarda tadbirkorlik muhitini yaratishning Yevropa tajribasi” mavzusida seminar o’tkazilmoqda.

🌐Unda 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi rektor, prorektor va mas’ul xodimlari bilan bir qatorda Guliston davlat pedagogika instituti prorektori Qalandarov Aziz Abduqayumovich ham ishtirok etmoqda.

Seminarning birinchi kunida ilmiy tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish, texnologik muammolarga innovatsion yechimlar, fan va texnologiya doirasida hamkorlik mavzulari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Xalqaro ekspert Aleksiya Verkruis (Belgiya) tomonidan Yevropa Ittifoqi universitetlarining o‘zaro hamkorlikda xalqaro loyihalarni amalga oshirishning afzalliklari bo‘yicha ma’ruzasi tinglandi.

🤝Tashrif doirasida, Guliston davlat pedagogika instituti hamda Belgiya ta'lim kengashi hamda qator tashkilotlar o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumlari imzolanishi rejalashtirilgan.

🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 22-noyabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida “Iqtidorli talabalarning qobiliyatini aniqlash” mavzusida seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

➡️Unda iqtidorli talabalar bilan ishlash, ulardagi iste’dod va qobiliyatlarini o‘rganish va shu asosda iste’dodli talabalar ro‘yxatini shakllantirishda maxsus savolnomalardan foydalanish zarurligi aytib o‘tildi.

📌 Seminar ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga psixologlar tomonidan atroflicha javob berdilar.

🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"XALQARO  PSIXOLOGLAR" kuni munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universitetida ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 21-22 noyabr-"XALQARO  PSIXOLOGLAR"kuni munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universitetida ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi. Unda Guliston davlat pedagogika intstituti psixoligi Sabrina  Hamidova ishtirok etdi.

Tadbirning ochilish marosimida Yoshlar masalalari va ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Eldor Tangirov so'zga chiqib "Talabalar o'rtasidagi jinoyatchilik,o'z joniga qasd qilish holatlari tahlili,tizimida mavjud muammolar va uni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar haqida  maruzalari tinglandi.

🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💫Talabalar turar-joyida kuz-qish mavsumida favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo'yicha masullar tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda

🖋Guliston davlat pedagogika institutida o'qib ijarada yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari hamda ijara uylarining qishki mavsumda isitish tizimlarinig tayyorligi yuzasidan o'rganishlar olib borildi.

➡️ O‘rganish davomida asosan xonalarning isitilishi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga alohida etibor qaratildi. Jarayonda aniqlangan kamchiliklarning ayrimlari joyida bartaraf etishga erishildi, qolganlari yuzasidan xonadon egalariga bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda......

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2-mavsumini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 7-dekabrga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴Said Ahmadning “Jimjitlik” asari
🔴Jeyms Klirning “Atom odatlar” asari

Tanlov g‘olib va sovrindorlar quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Samsung smartfon;
🔵5-o‘rin (10 nafar) – RedMi smartfon;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM