GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.6K photos
1.21K videos
49 files
3.68K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Besh_tashabbus_Olimpiada

📢GulDPI talabalari diqqatiga!

❇️Guliston davlat pedagogika institutining fakultetlar o‘rtasida “Besh tashabbus Olimpiada”si sport musobaqalari davom etmoqda.

Shu bois, yuqorida ko‘rsatilgan ilovaga asosan, belgilangan tartibda sport musobaqalari tashkil etiladi.

❗️Musobaqa shartlari: Ishtirok etish uchun, belgilangan sport turlari bo‘yicha institut fakultetetlari o’z terma jamoalarini shakllantirilishi lozim.

🏆Muvaffaqiyatli qatnashgan g’olib jamoalar institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadi.

📲 Murojaat uchun telefon: +998 90 312 14 06
https://t.me/Dadaxon9191

📲Raimov Davlatnur — +998 94 912 42 02
https://t.me/Davlatnur1994

🔰Hurmatli talabalar! “Besh tashabbus Olimpiada”si sport musobaqalarida faol ishtirok etishinga chorlaymiz.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
⚡️Talabalar bilan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati otkazildi

Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning turli joylarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli jamiyat tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shunday ekan, bugungi yoshlar ongida ona Vatanga bo‘lgan muhabbat va o‘z dinimizga sadoqat tuyg‘ularini yanada shakillantirishda kelajak avlod ongi va qalbida ma’naviy immunitetni kuchaytirish muhim o‘rin tutmoqda.

Shu bois, joriy yilning 4-oktabr sanasida Guliston davlat pedagogiga instituti faollar zalida va “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi raisi I.Latipov, viloyat hokimining o‘rinbosari I.Muminov, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Sirdaryo viloyati boshqaruvi raisi H.Yunusov, GulDPI rektori J.Karshibayev, prorektorlar, institut faollari va 200 dan ortiq talabalar ishtirok etishdi.

Shuningdek, talabalar tadbir doirasida tashkil etilgan rasimlar ko‘rgazmasi bilan tanishishdi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#futbol

2023-yilning 29-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyining Yo’nalishlar fakultetlari o‘rtasida “Besh tashabbus Olimpiadasi doirasida futbol bo’yicha saralash bosqichi o’tkazildi.

Olib borilgan qizg’in bellashuvdan so’ng, jamoalar quyidagi natijalarni qo’lga kiritishdi:

🥇Ijtimoiy fanlar yo’nalishi
🥈Xorijiy fanlar
🥉Aniq fanlar yo’nalishi
4️⃣Tabiy fanlar yo’nalishi

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Forwarded from Worker
📣Guliston davlat pedagogika instituti “TOP 10 Innovator” reytingiga tanlov boshlanganini e’lon qiladi

🗣 Tanlovda ishtirok etishni xohlagan talabalar erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjarlarni (diplom, sertifikat, faxriy yorliq, tashakkurnoma, rasm) 20-oktyabr qadar telegram orqali +998933213144 raqamiga taqdim etilishi lozim.

🏆 Gʻoliblarga diplom va esdalik sovgʻalari beriladi.

🔝 “TOP 10 Innovator” reytingi g‘oliblari Yoshlar akademiyasi a’zoligiga qabul qilinadi.

"TOP 10 Innovator" tanlovi to'g'risida batafsil ma'lumot
Forwarded from Worker
Guliston davlat pedagogika institutida talabalarining loyihalarini rivojlantirish va rag‘batlantirish maqsadida “Ideaton-Uzbekistan 2030" g'oyalar tanlovi start olmoqda!

🎁Tanlov yakunida g'olib deb topilgan talabalar qimmatbaho sovg'alar bilan rag'batlantiriladi.
🌐 Innovatsion g'oyalarni ro'yxatga olish 2023-yil 20-oktyabr soat 12-00 ga qadar davom etadi.
🏃‍♂️Ideaton-Uzbekistan 2030” g'oyalar tanlovida  ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar telegram orqali +998 93 321 31 44 raqamiga o'z malumotlarni jo'natishi kerak.

Loyiha 10 yildagi mavjud bo'lgan aniq muammoga yechim bo'la olishi;
- G'oya yoki loyihaning ilmiy va innovatsion yangiligi;
- G'oya yoki loyihaning aniq bir muammoning yechimiga yo'naltirilganligi;
- Biznes modeli va monetizatsiyasi;
- G'oyaning amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar;
- Loyiha pasporti, biznes-rejasi va xarajatlar smetasi hujjatlari to'ldirilganligi

"Ideaton-Uzbekistan 2030" tanlovi to'g'risida batafsil ma'lumot
⚡️Innovatsion rivojlantirishda inson kapitalining o‘rni qanchalik muhim?

Ushbu keng qamrovli savolga javob berish maqsadida, bugun, 4-oktabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Tagayev Behzod Anvarovichning "Jamiyatni innovatsion rivojlantirishda inson kapitalining o‘rni" mavzusida ochiq ma’ruza darsi o‘tkazildi.

Unda inson o‘z kapitalini yaratishda bitta nuqtai nazardan emas, balki keng qamrovli fikr bilan yondoshish kerakligi ta’kidlab o‘tildi. Hayotda ma’lum bir maqsadga erishish uchun, butun bir mexanizmni qo‘llash joiz ekanligi alohida qayd etildi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook