GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.7K photos
1.21K videos
49 files
3.69K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
⚡️Kasb bayramingiz muborak bo’lsin, aziz ustozlar!

❇️Ma’lumki, ta’lim va tarbiya mamlakat taraqqiyoti va uning kelajagi kafolati ekani isbot talab qilmaydigan haqiqat. Mamlakatimizning etuk davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi avvalo ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining rivoji, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘la olishimiz bilan uzviy bog‘liq, desak, ayni mutdaodir. Shunday ekan hozirgi davrda, xususan yoshlarning ta’lim olishida ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyosdir.

❇️Shu bois, joriy yilning 30-sentabr kuni, Guliston davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida «1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan, konsert dasturi tashkil etildi. Tadbir boshida GulDPI rektori Jaxongir Karshibayev so‘zga chiqib, mazkur dargohda faoliyat yuritayotgan ustozlarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbot etdi. Dastur davomida musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalarining ba’diy chiqishlari namoyish etildi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
⚡️GulDPIda sport musobaqalari tashkil etildi

Xabaringiz bor, “1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan, mamlakatimiz bo‘ylab madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi. Shu o‘rinda Guliston davlat pedagogika institutida ham bir qator sport tadbirlari tashkil etildi. Xususan, xodimlar va talabalar o‘rtasida mini-futbol, stol tennisi va ayollar o‘rtasida voleybol sport turlari bo‘ycha musobaqa o‘yinlari o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, jamoalar quydagi o‘rinlarni egallashdi:

⚽️Mini-futbol:

🥇Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi jamoasi
🥈Rektorat jamoasi
🥉Aniq fanlar jamoasi

🏐Voleybol:

🥇
Ijtimoiy gumanitar fakulteti jamoasi
🥈Pedagogika fakulteti jamoasi

Albatta, bunday tadbirlar har birimizni avvalo jismonan tetik va sog‘lom bo‘lishimizga sababchi bo‘laoladi. Musobaqa yakunida ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sog‘alari bilan taqdirlandi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
⚡️ «1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan, Guliston davlat pedagogika istituti rektori Jaxongir Karshibayevning bayram tabrigi

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_xabarnoma

⚡️O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri ertaga Gulistonda katta konsert dasturi namoyish etadi

🔰2-oktabr kuni soat 19:00 da Guliston shahridagi "Amfiteatr" maydonida O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi tasarrufidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining konserti bo‘lib o‘tadi.

🎺Orkestr badiiy rahbari va bosh dirijyori - Alibek Kabdurahmonov boshchiligida tashkillashtiriladigan, o‘zbek va jahon klassik durdona asarlari jonli ijroda namoyish qilinadigan ushbu shou-konsert dasturiga barcha sirdaryoliklar va viloyatimiz mehmonlarini taklif etilamiz.

Konsertga kirish bepul.

Barcha tashkilotlar rahbarlari va xodimlari oilasi bn birga kelishi so‘ladi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Tavallud_kun

Bugun, 3-oktabr Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Tagayev Behzod Anvarovich tavallud topgan kun.

Humatli Behzod Anvarovich!

Sizni bugungi shukrona kuningiz bilan samimiy muborakbod etib, Sizga sog‘lik-salomatlik, oilaviy хotirjamlik, xonadoningizga fayzu-baraka va kelgusi ishlaringizda zafarlar tilab qolamiz. Barcha ezgu maqsadlaringiz hamisha Sizga yor bo‘lsin. Hayot yo‘llarida omad va shijoat doimo hamroxingiz bo‘lsin. Oliy ta’lim sohasi rivoji yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli va sharafli ishlaringizda kuch-g‘ayrat hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Hurmat bilan,
Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#zakovat

⚡️Talabalar o‘rtasida Zakovat turniri o‘tkazildi

Joriy yilning 3-oktabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari tomonidan 2-bosqich talabalari o‘rtasida Zakovat intellektual turnir o‘tkazildi. Unda "Geograflar", "Targ‘ibot", "Space" va "Huquqshunos qizlar" jamoalardan iborat 24 nafar talaba ishtirok etishdi.

Turnir jarayonida ishtirokchilarga turli mavzudagi mantiqiy savollar berildi. Olib borilgan bellashuv va muzokaralardan so‘ng, "Geograflar" jamoasi deyarli barcha savolga to‘g‘ri javob berib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook