GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.7K photos
1.21K videos
49 files
3.69K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#diqqat_elon

📣Yosh shahmatchilar festivali!

   Aziz Sirdaryolik yoshlar!

👑 Sizlarni 2023-yil 27-sentyabr kuni soat16:00da Sirdaryo viloyati Yoshlar markazi binosida bo‘lib o‘tadigan "Yosh shaxmatchilar" festivali Sirdaryo-2023ga taklif etamiz.

💸 Sizlar uchun festival doirasida 5 karra O'zbekiston chempioni, 2 karra Osiyo chempioni, Jahon olimpiadasida O'zbekiston jamoaviy tarkibida 2-o'rin sovrindori va "Mard o'g'lon" Davlat mukofoti sohibi Sardobalik Bahrom Bahrullayev ishtirokida motivatsion uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, festival doirasida qizlar va o'g'il bolalar uchun tashkil etiladigan shaxmat musobaqasi va viloyatimizning taniqli xonandalari ishtirok etadigan gala konsert dasturi sizlarga hush kayfiyat ulashadi!

👍 Aziz shaxmat ixlosmandlari, bunday imkoniyatni o‘tkazib yubormang!

📣 Barcha yaqinlaringizga ulashing.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_elon

📣Yosh shahmatchilar festivali!

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#xalqaro_hamkorlik
#GulDPI_olimlari

Ayni vaqtda, Turkiyaning QS EECA xalqaro reytingida 351-o‘rinda, Europe University Rankings bo‘yicha xalqaro reytinglar bazasida 58-o‘rindan joy olgan Balikesir universitetida 2 nafar professor-o‘qituvchilarimiz, Pedagogika kafedrasi dotsenti D.Elmuratova va Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik kafedrasi dotsenti U.Mirzaliyevlarning ilmiy stajirovkada bo'lib turishibdi.

🤝 Professorlarimizni Boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani Prof.Dr.Mehmet Basturkning o‘zi xushmuomalalik bilan kutib oldi.

💡Balikesir universiteti professor-o‘qituvchilari tashrif buyurgan professorlarimiz bilan o‘zlarining innovatsion o‘qitish uslublari bilan o‘rtoqlashdilar.

🤝 Ta’lim muassasalari o'rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi hamda yaqin kelajakda maqolalar va darsliklarni birgalikda nashr etishga kelishib olindi.

🌐 Hamkorlikdagi onlayn konferentsiyalar va o'quv seminarlari tashkil qilinishi rejalashtirildi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#ochiq_dars

⚡️GulDPIda ochiq ma’ruza darsi o‘tkazidi

Joriy yilning 27-sentyabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida biologiya yo‘nalishi 1-bosqich 6-23BI guruh talabalariga Guliston davlat pedagogika instituti rektori, Biologiya fanlari doktori Karshibayev Jahongir Hazratqulovichning ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ma’ruza davomida “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasining maqsad va vazifalari to‘g‘risida so‘z yuritildi. Dars jarayonida jamoatchilik vakillari ham ishtirok etib, strategiyaning har bir yo‘nalishi haqida batafsil tushuntirildi. Shuningdek, mavzu yuzasidan talabalarning fikr va mulohazalari tinglandi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#amaliyot_2023_2024

⚡️ Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti talabalari maktablarda malakaviy pedagogik amaliyot o'tashmoqda.

🔗 2-bosqichning amaliyotchi talabalari Guliston shahrida joylashgan 1-2-3-5-7-8-9-16-17-18 -sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amaliyotda faol ishtirok etishmoqda.

📍Amaliyotchi talabalarning dars jarayonlari GulDPI Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig’i S. Qo‘ldoshev, bosh mutaxassis N.Botirova va marketolog D.Abduraxmonova tomonidan kuzatib borilmoqda.

✔️GulDPI professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan amaliyotchi talabalar dars tahlil jarayonlarida muntazam ravishda ishtirok etib, pedagogik mahoratini oshirmoqda.

Talabalar amaliyoti davom etadi.

➡️Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#GulDPI
#tashrif
#kuz_qish_mavsumi

⚡️GulDPIda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni qanday o’tmoqda?

Joriy yilning 27-sentabr sanasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining Texnik ta’minot va ekspluatatsiya bo‘yicha bosh mutaxassisi O‘.Odiljonov Guliston Davlat Pedagogika Istitutiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog’ida GulDPI Ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.Urazbakov O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 25-avgustdagi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari hamda tizim tashkilotlarida 2023/2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 385-son buyrug‘iga asosan, institut xududida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari yuzasidan ma’lumot berdi.

Xususan, yotxonada talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va ularga mo’ljallangan qulayliklar ko’zdan kechirildi. Shuningdek talaba yoshlar bilan aloxida suxbat qurilib, ularning ta’surotlari borasida so’z yuritildi.

➡️Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
📣DIQQAT E’LON!

Hurmatli GulDPI talabalari!

🔰Joriy yilning 4-oktabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Tagayev Behzod Anvarovichning ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tadi.

Ma’ruza davomida "Jamiyatni innovatsion rivojlantirishda inson kapitalining o‘rni" borasida so‘z yuritiladi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#men_donorman

Guliston davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023 yil 9-avgustdagi “Talaba yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 351-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida 2023/2024 o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan tadbirlar” KALENDAR-REJASIni 42-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Joriy yilning 28-sentabr kuni talaba-yoshlar ishtirokida “Men donorman” aksiyasini o‘tkazish uchun ishtirokchilar po‘yxati shakllantirildi. Joriy yilning 29-sentabr kuni institut hamshirasi M.Xasanboyeva boshchiligida talaba-yoshlar ishtirokida “Men donorman” aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya doirasida donorlik to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook