GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.7K photos
1.21K videos
49 files
3.7K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#o'zmaqsadlaringnibil
#TALABALAR_OQSHOMI

⚡️Joriy yilning 24-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti TTJ hovlisida talaba-yoshlar uchun “Talabalar oqshomi” konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

🧩Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan ko'ngilochar bayram dasturida iqtidorli talaba - yoshlar o‘zlari tayyorlagan kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirok etdi.

📌 Tadbir davomida institutning faol talabalari tomonidan qiziqarli va interaktiv o'yinlar o‘tkazildi. Konsert dasturi talaba-yoshlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#talaba
#ijara

⚡️Joriy yilning 25-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi muhandisi D.Saloxiddinov, Guliston shahar FVB P va NB inspektori katta leytenant Z. Navruzov hamda fakultet tyutori O.Xayitovlar talabalarning ijara xonadonlariga tashrif buyurdi.

🧩Institut talabalari istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarining texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinganligi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

📌Shuningdek, mas’ullar tomonidan xonadon egalariga gaz, elektr va boshqa yoqilg‘ida ishlovchi isitish moslamalarini ishlatishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur ekanligi hamda talabalarga foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Хalqaro_hamkorlik
#GulDPI_olimlari

Ayni kunlarda Guliston davlat pedagogika institutining ilmiy salohiyatli professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya Turkiyaning Belikesir shahrida joylashgan Belikesir universitetida stajirovka o‘tamoqda.

🖇 Mazkur universitet QS EECA xalqaro reytingida 351-o‘rinda, Europe University Rankings bo‘yicha xalqaro reytinglar bazasida 58-o‘rindan joy olgan.

📌Stajirovkada GulDPI Pedagogika kafedrasi dotsenti D.Elmuratova va Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik kafedrasi dotsenti U.Mirzaliyevlarni Belikesir universiteti rektori PROF. DR. YÜCEL OĞURLU qabul qildi va universitet faoliyati to‘g’risida ma’lumotlar bilan tanishtirdi.

🔗Stajirovka davom etmoqda….

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#GulDPI_rektor | #Beshbuloqdagi_yoshlar

Bugun 25-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.Karshibayev o‘ziga biriktirilgan Guliston tumani “Beshbuloq” mahallasida istiqomat qiluvchi 30 nafar yoshlar holidan xabar olish maqsadida xonadonlarga tashrif buyurdi.

Uchrashuv mobaynida yoshlarga moddiy va ma'naviy ko'mak ko'rsatilib, ularning muammo va takliflari tinglandi.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#ELON!

⚽️Joriy yilning 27-28-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida sog’lom-turmush tarzini rivojlantirish va salomatligini mustahkamlash maqsadida l-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

🤾 Ishtirokchilar 27-sentabr kuniga qadar fakultet dekanining imzosi bilan tasdiqlangan ro'yxat bo‘yicha “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” kafedrasi o‘qituvchilari xonasida (sport zal) qabul qilinadi.

🏓 Qura tashlash marosimi 2023 - yil 27-sentabr kuni soat 10-00 da o‘tkaziladi.

🏆G'olib jamoalar diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website