GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.1K photos
1.23K videos
49 files
3.8K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Zakovat

👩‍🎓Bugun 22-sentabr kuni Guliston Davlat Pedagogika Instituti talabalari o‘rtasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida “Zakovat” intellektual o’yini o'tkazildi.

📍 Fakultet talabalari o‘rtasida tashkil etilgan intellektual o’yinda 6 ta guruh jamoalari ishtirok etdi.

🔗Mazkur “Zakovat” intellektual o’yini O‘zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi Mamatova Marg’uba tomonidan o‘tkazildi.

🏆Yakuniy o‘yin natijalariga ko‘ra:
🥇1-o‘rin Everest
🥈2-o‘rin Labirint
🥉3-o‘rin Adrenalin jamoalari g’olib bo‘ldi.

📚G’olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg’alar topshirildi.

GulDPI Axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#ProfTa’lim
#Qabul_2023

⚡️ Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari sanasi aniq bo‘ldi

📆 2023/2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2023-yil 26–29-sentabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

🔹 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
🔹 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
🔹 majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustoz_shogird

⚡️GulDPI Ijtimoiy fanlar va san'atshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi Rahimov Nurullo va o‘qituvchi Sattorov Alisher tomonidan Musiqa ta'limi yo‘nalishi 1-bosqich 33-23-guruh talabasi Rajabboyev Odiljonga An'anaviy xonandalik fanidan qo‘shimcha dars mashg'uloti olib borildi.

📩
GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#talabaga_yengillik

⚡️1-kursga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-oktabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 15-oktabri etib belgilandi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbarining buyrug‘i bilan uzaytirilishi mumkin.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Biznes_marafon

⚡️Joriy yilning 22-sentabr kuni Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida bir guruh taniqli va muvaffaqiyatli tadbirkorlar tomonidan "Biznes-marafon" tashkil etildi.

💥 Uchrashuvda Guliston davlat pedagogika instituti fakultet tyutorlari hamda talabalari ishtirok etdi.

🔥"Biznes-marafon" davomida talaba-yoshlarga biznes rejalarni tayyorlash hamda tadbirkorlikni boshlash uchun nimalar qilish kerakligi haqida tushunchalar berildi.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#Yotoqxona_qurilishi

Talabalar turar joylarini qurish ishlari qanday ketmoqda?

Talabalar uchun turar joy barpo etish boʻyicha 7 ta muhim fakt!

1. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturga koʻra, 2026-yilga qadar respublika boʻyicha 100 ming oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi quriladi.

2. Dastur qabul qilingandan buyon 26 171 oʻrinli 55 ta yotoqxona qurilib, foydalanishga topshirildi.

3. Birgina 2023-yilda respublika miqyosida 38 633 oʻrinli jami 85 ta talabalar turar joyini bunyod etish boʻyicha loyihalar amalga oshirilmoqda:
55 tasi (24 621 oʻrinli ) davlat-xususiy sheriklik;
30 tasi (14 012 oʻrinli) oliygoh va byudjet mablagʻlari, investitsiya dasturi asosida.

4. Joriy yil yakunigacha davlat dasturida belgilangan 18 ming oʻrinli talabalar turar joylari qurib bitkaziladi. Jumladan, o‘tgan 9 oy davomida jami 9 014 oʻrinli 21 ta talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. Shundan:
11 tasi (4 942 oʻrinli) davlat-xususiy sheriklik;
10 tasi (4 072 oʻrinli) oliy taʼlim muassasasi mablagʻlari hisobidan qurilgan.

5. Yil yakuniga qadar yana 9 469 oʻrinli 20 ta talabalar turar joyi qurib, foydalanishga topshiriladi. Xususan, ularning:

12 tasi (5 429 oʻrinli) davlat-xususiy sheriklik;
5 tasi (2 400 oʻrinli) oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari;
3 tasi (1 640 oʻrinli) investitsiya dasturi asosida.

6. Hozirda 25 569 oʻrinli 54 ta talabalar turar joyini qurish ishlari olib borilmoqda.

7. 115 ta davlat oliygohida jami 324 ta talabalar turar joyi mavjud boʻlib, ularning sigʻimi 117 646 oʻrinni tashkil etadi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube