GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.1K photos
1.23K videos
49 files
3.8K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#seminar_trening

🔸 Joriy yilning 21-sentabr kuni GulDPIning talabalar turar joyidagi yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilmiy seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi mutaxassislari tomonidan yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, ilmiy-ishlarni tashkillashtirish va yo‘naltirish to'g'risida ma'lumotlar berildi.

✔️ Shuningdek, Sirdaryo yoshlar texnoparki direktori Baxodir Kushiyev texnopark faoliyati, yo‘nalishlari haqida to‘xtalib o‘tdi va talabalarni hamkorlikka chorladi. Tadbir davomida iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi faoliyati, GulDPI yoshlar akademiyasi liderlari tanishtirildi va ularning faoliyati haqida tushuntirishlar berildi.

📘 Institutda tashkil etilgan “Informatika” va “Ingliz tili” kurslari haqida taqdimotlar namoyish etildi va ma'lumotlar berildi. Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu

Guliston davlat pedagogika instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi o‘rganilib, jamoatchilik orasida keng targ‘ib qilinmoqda.

Nurbek Ayaqulov,
GulDPI Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#huquqiy_savodxonlik_oyligi

📌 Joriy yilning 22-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekani va professor-o‘qituvchilari tomonidan “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida fakultet talabalariga ma’ruza darslari bo‘lib o‘tmoqda.

🔗 Darslar davomida bugungi kunda mamlakatimizda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar yuzasidan ma’lumotlar berilmoqda.

🔥 Ma'ruza darslari bahs-munozara shaklida tashkil etilgan.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#huquqiy_savodxonlik_oyligi

⚡️2023-yil 22-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-sentabrdagi 02/02-02/2-98-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida, “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” ” mavzusiga bag‘ishlangan darslar tashkil etildi.

🔗 Pedagogika fakulteti dekani hamda professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida davra suhbatlari o’tkazildi.

GulDPI Axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#biz_korrupsiyaga_qarshimiz

2023- yilning 22-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun institutning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🧩 Mazkur tadbirda institutning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshlig‘i Sh.Saidov sohalarda korrupsiyaning oldini olishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berdi.

📌Institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, korrupsiogen holatlarni barvaqt aniqlash, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish dolzarb masala ekanligi ta’kidlandi.

🖇Ma’lumot o‘rnida, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etganlik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi.

GulDPI Axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website