GulDPI. uz | Rasmiy
4.52K subscribers
13.3K photos
1.55K videos
52 files
4.59K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#huquqiy_savodxonlik_oyligi

⚡️2023-yil 22-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-sentabrdagi 02/02-02/2-98-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida, “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” ” mavzusiga bag‘ishlangan darslar tashkil etildi.

🔗 Pedagogika fakulteti dekani hamda professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida davra suhbatlari o’tkazildi.

GulDPI Axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
September 22, 2023
#biz_korrupsiyaga_qarshimiz

2023- yilning 22-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun institutning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🧩 Mazkur tadbirda institutning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshlig‘i Sh.Saidov sohalarda korrupsiyaning oldini olishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berdi.

📌Institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, korrupsiogen holatlarni barvaqt aniqlash, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish dolzarb masala ekanligi ta’kidlandi.

🖇Ma’lumot o‘rnida, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etganlik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi.

GulDPI Axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
September 22, 2023
#Zakovat

👩‍🎓Bugun 22-sentabr kuni Guliston Davlat Pedagogika Instituti talabalari o‘rtasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida “Zakovat” intellektual o’yini o'tkazildi.

📍 Fakultet talabalari o‘rtasida tashkil etilgan intellektual o’yinda 6 ta guruh jamoalari ishtirok etdi.

🔗Mazkur “Zakovat” intellektual o’yini O‘zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi Mamatova Marg’uba tomonidan o‘tkazildi.

🏆Yakuniy o‘yin natijalariga ko‘ra:
🥇1-o‘rin Everest
🥈2-o‘rin Labirint
🥉3-o‘rin Adrenalin jamoalari g’olib bo‘ldi.

📚G’olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg’alar topshirildi.

GulDPI Axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
September 22, 2023
Forwarded from Edu.uz
#ProfTa’lim
#Qabul_2023

⚡️ Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari sanasi aniq bo‘ldi

📆 2023/2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2023-yil 26–29-sentabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

🔹 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
🔹 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
🔹 majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
September 22, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustoz_shogird

⚡️GulDPI Ijtimoiy fanlar va san'atshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi Rahimov Nurullo va o‘qituvchi Sattorov Alisher tomonidan Musiqa ta'limi yo‘nalishi 1-bosqich 33-23-guruh talabasi Rajabboyev Odiljonga An'anaviy xonandalik fanidan qo‘shimcha dars mashg'uloti olib borildi.

📩
GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
September 22, 2023
Forwarded from Edu.uz
September 22, 2023