GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.2K photos
1.25K videos
49 files
3.84K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Uch_avlod_uchrashuvi

⚡️Bugun 21-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o’tdi.

📍Tadbirda Sirdaryo viloyati Guliston shahri Baxt mahallasi faoli, nuroniy A.To‘rayev hamda ko'p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan, yoshlarga ta’lim-tarbiya bergan faxriy o‘qituvchi X. Mavlonqulovlar ishtirok etdi.

🔗Uchrashuvda institutning pedagog-xodimlari va talabalari nuroniylarning katta hayotiy tajribalari va kerakli tavsiyalaridan bahramand bo‘ldi.

📌Ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuvda talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#huquqiy_savodxonlik_oyligi

📌 Joriy yilning 21-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar va san'atshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida fakultet talabalariga ma’ruza darslari bo‘lib o‘tmoqda.

🔗 Darslar davomida bugungi kunda mamlakatimizda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar yuzasidan ma’lumotlar berilmoqda.

🔥 Ma'ruza darslari bahs-munozara shaklida tashkil etilgan.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#ELON

💻 Guliston davlat pedagogika instituti va "Institut yoshlar akademiyasi" tashabbusi bilan talaba yoshlar uchun
KOMPYUTER SAVODXONLIGI VA DASTURLASH ASOSLARI
kurslariga qabul e'lon qiladi.

📕 Kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga diplom beriladi.

🤔 Sizni ish yoki o'qish faoliyatingizda kompyuter bilan ishlashda muammolar mavjudmi yoki kompyuterda erkin ishlashni xohlaysizmi unda ushbu kurslarga a'zo bo'ling.

Kurslarga ro'yxatdan o'tish uchun link ustiga bosing.

👉 https://forms.gle/QNtDwy1NZrNFLtvg9
#seminar_trening

🔸 Joriy yilning 21-sentabr kuni GulDPIning talabalar turar joyidagi yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilmiy seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi mutaxassislari tomonidan yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, ilmiy-ishlarni tashkillashtirish va yo‘naltirish to'g'risida ma'lumotlar berildi.

✔️ Shuningdek, Sirdaryo yoshlar texnoparki direktori Baxodir Kushiyev texnopark faoliyati, yo‘nalishlari haqida to‘xtalib o‘tdi va talabalarni hamkorlikka chorladi. Tadbir davomida iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi faoliyati, GulDPI yoshlar akademiyasi liderlari tanishtirildi va ularning faoliyati haqida tushuntirishlar berildi.

📘 Institutda tashkil etilgan “Informatika” va “Ingliz tili” kurslari haqida taqdimotlar namoyish etildi va ma'lumotlar berildi. Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu

Guliston davlat pedagogika instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi o‘rganilib, jamoatchilik orasida keng targ‘ib qilinmoqda.

Nurbek Ayaqulov,
GulDPI Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#huquqiy_savodxonlik_oyligi

📌 Joriy yilning 22-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekani va professor-o‘qituvchilari tomonidan “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida fakultet talabalariga ma’ruza darslari bo‘lib o‘tmoqda.

🔗 Darslar davomida bugungi kunda mamlakatimizda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar yuzasidan ma’lumotlar berilmoqda.

🔥 Ma'ruza darslari bahs-munozara shaklida tashkil etilgan.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website