GulDPI. uz | Rasmiy
4.64K subscribers
12.2K photos
1.37K videos
49 files
4.14K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#foydali
#eslatma

Ertaga test imtihonlari boshlanadi. Test materillaridan foydalanishda nimalarga e’tibor berish kerak?

Avvalo:
- Javoblar varaqasi o‘ziga tegishli ekanligini (ism sharifiga mosligi);
- Test topshiriqlari kitobidagi fanlar majmuasi abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan fanlar bilan mosligini;
- Test topshiriqlari kitobini nuqsonsizligini tekshirishlari lozim.

Kamchiliklar aniqlanganda darhol guruh nazoratchisiga xabar berish shart.

📹 Batafsil videoyo‘riqnomada

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Hurmatli abituriyentlar!

Ertadan respublikamizning barcha hududlarida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanadi — necha yillar davomida olgan bilimlaringiz sinovdan o‘tadi.

Albatta, bu hayotingizdagi eng hayajonli damlar, shunday bo‘lsa-da, imkon qadar xotirjamlikni saqlang: bor imkoniyatingiz, kuchingizni ishga solib, bilimingizni namoyon qiling, o‘zingizga ishonchni yo‘qotmang! Siz hayotda muvaffaqiyat qozonish uchun yaratilgansiz, unutmang!

Sizning iqtidoringiz, ko‘zlagan maqsadingiz sari intilishingiz, mehnatingiz zo‘r natijalarga olib kelishiga ishonaman! Sizga imtihonlarda omad va muvaffaqiyatlar tilayman.

Ibrohim Abdurahmonov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik

—————

Уважаемые абитуриенты!

С завтрашнего дня во всех регионах нашей республики начнутся вступительные экзамены в высшие образовательные учреждения – будут испытаны полученные за эти годы знания.

Конечно, это самые волнующие моменты в вашей жизни, но используйте все возможности, свои силы, покажите свои знания, не теряйте уверенности в себе! Не забывайте - вы созданы для того, чтобы преуспеть в жизни!

Я верю, что ваш талант, стремление к цели и трудолюбие принесут отличные результаты! Желаю удачи и успехов на вступительных экзаменах.

Иброхим Абдурахмонов,
Министр высшего образования, науки и инноваций, академик

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bugun, 1-avgustdan, 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi. Test sinovlari 13-avgust kuniga qadar davom etadi.

⚡️Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev OTMga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tayotgan joyga borib, barcha abituriyentlarga omad tiladi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilishi belgilangan:

1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar.

Ayni damda Sirdaryo viloyatida 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasining 2 ta binosida o‘tkazilmoqda.


GulDPI axborot xizmati

🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#1_avgust
#Test_sinovlari

🔹 2023/2024-o‘quv yili qabulida oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarining 1-smenasi o‘z yakuniga yetdi.

⚡️Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi tomonidan ota-onalar va abituriyentlar yaqinlarining fikrlari va takliflari o'rganildi.

Eslatib o‘tamiz, 2-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

🎥 Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan, jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin.

GulDPI axborot xizmati

🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#apellyatsiya

Akademik litseylarga qabul test natijalari yuzasidan apellyatsiya uchun arizalar qabul qilinmoqda

Ma’lumki, 2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilingan edi.

Ushbu kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali apellyatsiya shikoyatini 3-avgustga qadar (shu kuni ham) yuborishlari mumkin.

Arizalar faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

Apellyatsiya shikoyati vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi Apellyatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, abituriyentga Apellyatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida javob xati yuboriladi.

Apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

🔹apellyatsiya belgilangan Nizom talablari buzilgan holda taqdim etilgan bo‘lsa yoki ko‘rsatilgan dalillar o‘z tasdig‘ini topmasa test sinovi natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyati qondirilishini rad etish;
🔸shikoyatda ko‘rsatilgan dalillar o‘z tasdig‘ini topsa test sinovlari natijalarini o‘zgartirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish.

Takroriy apellyatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺"Diyor Yangiliklari"
🎥Test sinovlari
🗺Guliston shahri
💿LAVHA (01.08.2023)

📡Sirdaryo telekanali
#Qabul_2023

Oliy o'quv yurtlariga kirish test imtihonlari davom etmoqda.

Sirdaryo viloyatida abituriyentlarning ota-onalariga Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida Guliston davlat pedagogika instituti ko'ngilli yoshlaridan tashkil topgan volontyorlar jamoasi xizmat ko'rsatishda davom etmoqda.

Xususan ota-onalar uchun salqin xonalar tashkil etilib, ijodiy guruhlar tomonidan ko‘ngilochar dasturlar, stol tennisi, shaxmat va shashka o'yinlarini tashkil etib berilmoqda.

Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida online translyatsiya qilingan holda o‘tkazilmoqda va abituriyentlar hamda ularning ota-onalari https://test2023.uz/ orqali test sinovlarini kuzatib borishlari mumkin.

🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Test_sinovlari
#2_avgust

⚡️ Bugun 2-avgust 2023/2024-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.

🔹Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul vakillari abituriyentlarning ota-onalari uchun test jarayonini onlayn kuzatishda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatida 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasining 2 ta binosida o‘tkazilmoqda.

👩‍🎓 Ayni damda test sinovlarining 1-smenasi — 08:00 da boshlangan bo‘lib, soat 11:00 ga qadar davom etadi.

🎥 Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan, jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin.

GulDPI axborot xizmati

🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website