GulDPI. uz | Rasmiy
4.51K subscribers
13.3K photos
1.56K videos
52 files
4.6K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Xalqaro_hamkorlik
#Professional_ta’lim

2023-yilning 3-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I. Abdurahmonov hamda Germaniyaning Leypsig dual taʼlim va malaka oshirish markazi direktori Hnizdo Yorg boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Unda professional taʼlim sohasidagi hamkorlikni tashkil etishning istiqbollari va imkoniyatlari, xususan, Germaniyaning dual taʼlim tizimini O‘zbekistonga joriy etish, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, professional taʼlim muassasalari pedagog xodimlari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari malakasini oshirish, shuningdek, taʼlim muassasalari bitiruvchilari va malaka oshirish kurslarini tamomlagan pedagog xodimlarni Leypsig Savdo-sanoat palatasi talablari asosida sertifikatlash masalalari muhokama qilindi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#infografika

2023-yil 3-iyul soat 21:00 holatiga ko‘ra, 149 ming 781 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi

Shundan 78 ming 235 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 71 ming 546 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

Batafsil infografikada (rasm)

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul_2023
#infografika

4-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, 154 ming 697 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 80 ming 845 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 73 ming 852 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

Batafsil infografikada👆

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

2024/2025-oʻquv yilidan OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi

“Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, oliy taʼlim dasturlari xalqaro reytingda yuqori 200 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturi asosida qayta ishlab chiqiladi.

Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi bekor qilinib, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimi joriy etiladi. Bunda:

kompleks davlat akkreditatsiyasi har 4-yilda taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida oʻtkaziladi;

litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida oʻqiyotgan talabalarga oʻqishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga koʻchirish huquqi beriladi.

Shuningdek, taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:

Vazirlik tomonidan tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 1 000 talikka kirgan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

Oliy taʼlim tashkilotlarining reytingi taʼlim tashkilotining faoliyati va taʼlim jarayoniga aralashmagan holda maʼlumotlarni axborot tizimi orqali olish yoʻli bilan yuritiladi.

2024-yil 1-yanvardan:

reyting davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari boʻyicha umumiy aniqlanadi;
soʻnggi 5-yil davomida reytingda birinchi 10 talik oʻrinni egallagan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

2025-yil 1-yanvardan:

nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha kvota ularning reytingdagi oʻrniga muvofiq ajratiladi;
oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yoʻlga qoʻyiladi.

2023/2024-oʻquv yilidan:

akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;

kollej va texnikumlarning taʼlim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari 2 baravarga oshiriladi;

abituriyentlarga “davlat granti” yoki “taʼlim yoʻnalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;

talabaning taʼlim yoʻnalishiga mos startap loyihasi hamda ratsionalizatorlik gʻoyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;

oliy taʼlim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq toʻlanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi.

2024/2025-oʻquv yilidan:

OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;

umumtaʼlim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Forwarded from Edu.uz
#o‘tish_ballari

⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

Sohalar kesimida o‘tish ballari ilovada (rasm)

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul_2023

O‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan bakalavriat va magistraturaning davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Kvota_Kunduzgi_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
942.9 KB
#qabul_2023
#kvota_kunduzgi

⚡️Bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot'da

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Kvota_Sirtqi_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
359.9 KB
#qabul_2023
#kvota_sirtqi

⚡️Bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining SIRTQI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Kvota_Kechki_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
220.5 KB
#qabul_2023
#kvota_kechki

⚡️Bakalavriatning kechki ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Forwarded from Edu.uz
Kvota_Masofaviy_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
191.1 KB
#qabul_2023
#kvota_masofaviy

⚡️Bakalavriatning masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Maqsadli_Kvota_SSV-2023 Lot.pdf
539.1 KB
#qabul_2023
#maqsadli_kvota
#tibbiyot

⚡️Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Pedagogika_maqsadli_qabul_2023.pdf
340.2 KB
#qabul2023
#maqsadli_kvota
#pedagogika

⚡️Olis, chekka va togʻli hududlarda joylashgan umumtaʼlim maktablari uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maktab ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (olis, chekka va tog‘li hududlarda joylashgan umumta’lim maktablari uchun).

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating:👉
@eduuz
👍1
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#maqsadli_kvota
#veterinariya

⚡️Veterinariya sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida veterinariya sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating:👉
@eduuz
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#maqsadli_kvota
#ijtimoiy_ish

⚡️Ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligining oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoji asosida hududlar kesimida maqsadli qabul parametrlari taqsimoti.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating:👉
@eduuz
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2023

⚡️Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

Unga ko‘ra:

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
📍 Andijon viloyati – 183;
📍 Buxoro viloyati – 112;
📍 Jizzax viloyati – 81;
📍 Qashqadaryo viloyati – 193;
📍 Navoiy viloyati – 60;
📍 Namangan viloyati – 165;
📍 Samarqand viloyati – 227;
📍 Surxondaryo viloyati – 155;
📍 Sirdaryo viloyati – 50;
📍 Toshkent viloyati – 177;
📍 Farg‘ona viloyati – 221;
📍 Xorazm viloyati – 110;
📍 Toshkent shahri – 155.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating:👉
@eduuz
Forwarded from Edu.uz
5yil_ish_stajiga_ega_xotinqizlar_uchun_kvota2023.pdf
148.9 KB
#qabul2023
#imtiyozli_kvota

⚡️Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimoti

📌 Davlat komissiyasining bayoni bilan kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating:👉
@eduuz