GulDPI. uz | Rasmiy
4.49K subscribers
13.3K photos
1.58K videos
56 files
4.64K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023

📹
magistr.edu.uz platformasi orqali ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Eslatma: hujjatlarni qabul qilish 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

👉
Sertifikatlar ro‘yxati

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍2
#Qabul_2023
#Call_Center

📞 Qabul jarayoni bilan bog‘liq barcha savollarga tezkor javob berish maqsadida "CALL-Мarkaz" va "Maslahat markazi" tashkil etilgan.

🏢 Guliston davlat pedagogika institutining "CALL-CENTER" telefon raqamlari:

☎️
+99855-651-92-59

☎️ +99855-651-92-64

☎️ +99855-651-92-67

☎️ +99855-651-92-76


"CALL-Мarkaz" va "Maslahat markazi" larining ish vaqti:
Dushanba – Shanba, 09:00 dan 18:00

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#infografika

2023-yil 3-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, 129 863 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
📣📣📣 "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish – Наука и инновационное развитие – Science and Innovative Development" ilmiy jurnalining 2023-yil 4-soniga 3-iyuldan 10-iyulgacha soat 18:00 ga qadar maqolalar qabul qilinmoqda.

❗️Shu sondan boshlab maqolalar qoraqalpoq tilida ham qabul qilinadi.

📞 Mualliflar ilmiy maqolalarni ilm.fan@inbox.ru pochtasi yoki +998 99 373-90-35 telegram raqamiga yuborishlari mumkin.

✍️Ilmiy maqolalar jurnalga qo‘yilgan talablarga muvofiq yozilgan bo‘lishi lozim. Maqolalarni ko‘rib chiqish muddati ular qabul qilingan kundan boshlab 10 kun.

📌Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining TEXNIKA FANLARI bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

❗️Jurnalga faqat texnika fanlariga oid maqolalar qabul qilinadi.

❗️Jurnal avgust oyida nashr etiladi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Ichki_turizm

🕌 Guliston davlat pedagogika instituti professor-o'qituvchilari va xodimlari dam olish kunlarida mamlakatimizning tarixiy maskanlari va muqaddas qadamjolarida sayohatda bo‘lishdi.

🕍 Ya’ni, Samarqand shahridagi Xoʻja Doniyor, Imom Moturidiy, Hazrati Xizr, Amir Temur maqbarasi, Ulugʻbek rasadxonasi va Shohi Zinda yodgorlik majmuasi ziyoratgohlariga tashrif buyurdi. Shuningdek, ulkan mahobatli maqbaralarning tarixi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

🌲🌿 Shuningdek, institutning professor o'qituvchilari oila a'zolari bilan Jizzax viloyatining Zomin shahrida madaniy dam olishdi.

GulDPI axborot xizmati


🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍8
Forwarded from Edu.uz
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Sirdaryoda sayyor qabul oʻtkazadi.

Qabul jarayonlarini tashkil etish hamda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik bilan tanishish, olimlar va talablarning muammolarini o`rganish va ularga yechim topish hamda abituriyentlarga qabul jarayonlari to‘g‘risida ma’lumot berish maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdikulovaning 2023-yil 4-iyul seshanba kuni soat 11:00 da Sirdaryo Yoshlar texnoparkida sayyor qabul bo‘lib o‘tadi.

Barcha yoshlarni, olimlarni, talabalarni taklif qilib qolamiz.

Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Sirdaryo Yoshlar texnoparki
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#saylov

9-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi.

Kelajagingizga befarq boʻlmang!

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#Xalqaro_hamkorlik
#Professional_ta’lim

2023-yilning 3-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I. Abdurahmonov hamda Germaniyaning Leypsig dual taʼlim va malaka oshirish markazi direktori Hnizdo Yorg boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Unda professional taʼlim sohasidagi hamkorlikni tashkil etishning istiqbollari va imkoniyatlari, xususan, Germaniyaning dual taʼlim tizimini O‘zbekistonga joriy etish, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, professional taʼlim muassasalari pedagog xodimlari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari malakasini oshirish, shuningdek, taʼlim muassasalari bitiruvchilari va malaka oshirish kurslarini tamomlagan pedagog xodimlarni Leypsig Savdo-sanoat palatasi talablari asosida sertifikatlash masalalari muhokama qilindi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#infografika

2023-yil 3-iyul soat 21:00 holatiga ko‘ra, 149 ming 781 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi

Shundan 78 ming 235 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 71 ming 546 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

Batafsil infografikada (rasm)

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul_2023
#infografika

4-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, 154 ming 697 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 80 ming 845 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 73 ming 852 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

Batafsil infografikada👆

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

2024/2025-oʻquv yilidan OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi

“Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, oliy taʼlim dasturlari xalqaro reytingda yuqori 200 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturi asosida qayta ishlab chiqiladi.

Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi bekor qilinib, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimi joriy etiladi. Bunda:

kompleks davlat akkreditatsiyasi har 4-yilda taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida oʻtkaziladi;

litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida oʻqiyotgan talabalarga oʻqishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga koʻchirish huquqi beriladi.

Shuningdek, taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:

Vazirlik tomonidan tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 1 000 talikka kirgan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

Oliy taʼlim tashkilotlarining reytingi taʼlim tashkilotining faoliyati va taʼlim jarayoniga aralashmagan holda maʼlumotlarni axborot tizimi orqali olish yoʻli bilan yuritiladi.

2024-yil 1-yanvardan:

reyting davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari boʻyicha umumiy aniqlanadi;
soʻnggi 5-yil davomida reytingda birinchi 10 talik oʻrinni egallagan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

2025-yil 1-yanvardan:

nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha kvota ularning reytingdagi oʻrniga muvofiq ajratiladi;
oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yoʻlga qoʻyiladi.

2023/2024-oʻquv yilidan:

akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;

kollej va texnikumlarning taʼlim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari 2 baravarga oshiriladi;

abituriyentlarga “davlat granti” yoki “taʼlim yoʻnalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;

talabaning taʼlim yoʻnalishiga mos startap loyihasi hamda ratsionalizatorlik gʻoyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;

oliy taʼlim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq toʻlanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi.

2024/2025-oʻquv yilidan:

OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;

umumtaʼlim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Forwarded from Edu.uz
#o‘tish_ballari

⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

Sohalar kesimida o‘tish ballari ilovada (rasm)

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube