GulDPI. uz | Rasmiy
4.44K subscribers
13.4K photos
1.6K videos
57 files
4.67K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Zakovat #GulDPI

Guliston davlat pedagogika institutida “Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, talabalar media guruhi faol a’zolari hamda intellektual loyihalar koordinatori hamkorligida yoshlarning sevimli mashg’uloti sifatida muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Zakovat” intellektual o‘yinining FINAL bosqichi bo‘lib o‘tdi.

💥 Qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazilgan intellektual o‘yinda 1-o‘rinni “GEOGRAFIYA” jamoasi, 2-o‘rinni “TARG‘IBOT” jamoasi, 3-o‘rinni “HUQUQSHUNOS QIZLAR” hamda “SPACE” jamoasi egalladi.

G’olib jamoalarga diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
4👍1
Forwarded from Edu.uz
Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi 2023-yilning 10-20-iyun kunlari oralig‘ida tashkil etiladi.

Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi.

➡️ G‘oliblar ikki bosqichda saralab olinadi:

1️⃣ nazariy topshiriqlar – 50 ta test, maksimal 50 ball;
2️⃣ amaliy topshiriqlar – tegishli fan bo‘yicha 1 ta topshiriq, maksimal 50 ball.

👉 Ishtirok etish uchun olimpiada.edu.uz platformasida onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi.

Eslatma o‘rnida, olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilish imtiyoziga ham ega bo‘ladi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#xorijiy #til #kursi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 19.05.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida хorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5117-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston davlat pedagogika instituti hamda Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bilan hamkorlikda chet tilini o‘rganishga layoqati va xorijga chiqish istagi bor bo‘lgan bir guruh yoshlar uchun xorijiy til kursini tashkil etdi.

⚡️Mazkur til kursi 30 nafar o‘quvchilardan iborat 2 ta guruhdan tashkil topgan bo‘lib, asosan 9-10-11-sinflarda tahsil olayotgan sportchi yoshlarni qamrab olgan.

👩‍🎓GulDPI o‘qituvchisi Charos Abdullayeva
dars o‘tish davomida o‘quvchilarning har biriga individual yondashib, samarali usullardan foydalangan holda til o‘rganish ko‘nikmasini rivojlantirib bormoqda. Dastlab, o‘quvchilarning chet tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida test o‘tkazildi. Hozirgi kunda beginner, elementary va pre-intermediate bilim darajasiga mos ravishda darslar tashkil etilgan.

📝 Ushbu kurs 6 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda o‘quvchilar tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini turli mashg’ulotlar orqali rivojlantirmoqda.

💫 Kurs yakunida albatta, ingliz tilini puxta o‘zlashtirgan o‘quvchilar imtixon asosida til bilish sertifikatiga ega bo‘lishi rejalashtirilgan.

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👏2
#xorijiy #til #kursi

📚✏️ Mazkur til kursida tahsil olayotgan o‘quvchilarning dars jarayonidan lavha.

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from IT Park Sirdaryo
#vacancy

Guliston shahrida yangi "Call-markaz" ishga taklif qiladi

⚡️ Agar siz Sirdaryo viloyati Guliston shahrida istiqomat qilsangiz, UniCall kompaniyasi barcha rus tilini biladiganlar uchun yangi loyihani boshlanganini mamnuniyat bilan e'lon qiladi.

❗️ Tajribangiz bo'lmasa barchasini o'zimiz o'rgatamiz!

Talablar:
- Rus tilini mukammal bilish, nutq no'qsonlarisiz ravon so'zlashish;
- Kompyuterdan foydalana olish (tajribali foydalanuvchi);
- Grammatik xatolarsiz chiroyli nutq.

💰 Maosh:
3.500.000 dan 4.500.000 gacha

🤗 Va eng muhimi, biz sizdan ish tajribasini talab qilmaymiz, balki o'zimiz hammasini o'rgatamiz! Agar siz bizning jamoamizga qo'shilishga tayyor bo'lsangiz, biz sizni kutmoqdamiz!

📥 Ariza qoldirish: https://forms.gle/6GtAi5iRBJHKRFFW6
🔵 @UnicallAdministration
______

Приглашаем на работу в “Сall center” в городе Гулистан

⚡️ Если ты проживаешь в Сырдарьинской области, город Гулистан, компания UniCall с радостью сообщает о запуске нового проекта, для всех со знанием русского языка.

❗️Опыт работы не обязателен - всему обучем!

Требования:
- Идеальное знание русского языка, отсутствие акцента, дефектов речи;
- Умение пользоваться компьютером (опытный пользователь);
⁃ Грамотная и красивая устная речь.

💰 Заработанная плата:
От 3.500.000 до 4.500.000

🤗 И главное мы не требуем от вас опыта работы, а обучим всему сами! Если вы готовы присоединиться к нашей команде, то мы ждём вас!

📥 Оставить заявку: https://forms.gle/6GtAi5iRBJHKRFFW6
🔵 @UnicallAdministration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#AMALIY #DARS

💫 Guliston davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetida  O‘zbek adabiyoti  fanidan  amaliy dars bo‘lib o‘tdi.

👩‍🏫 "Yassaviy va uning hikmatlar to‘plami" mavzusida o‘tkazilgan amaliy darsda O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 36-22- guruh talabalari  faol ishtirok etdi.

👩‍💻 O‘qituvchi Feruza Nodirova tomonidan talabalarni darsga yanada jalb qilish maqsadida amaliy dars davomida  an’anaviy, noan’anaviy va zamonaviy usullarda foydalanildi.

🖊 Dars yakunida faol talabalarning bilim darajasi ijobiy baholandi.

🔰Bo‘lajak pedagoglar uchun bu kabi amaliy darslar katta maktab bo‘lib xizmat qiladi, albatta.

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🤩42🔥2👍1